Loyixaning biznes rejasi Rezyume


Download 34.84 Kb.
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi34.84 Kb.
#1150285
  1   2   3   4
Bog'liq
Бизнес режа


Loyixaning biznes rejasi
Rezyume (Biznes gʻoyaning asosiy mohiyati –startap loyiha innovatsion gʻoyasining sifatli va aniq tavsifi (500 dan ortmagan soʻz), startap loyiha isteʼmolchilari muammolari yechimining mohiyati nimada, yaʼni isteʼmolchi nima uchun pul toʻlaydi (yoki toʻlamoqda), Rezyume startap loyihaning asosiy natijalari va istiqbolli xulosalarini oʻz ichiga olganligi sababli, bisnes reja ishlab chiqishning eng oxirida tuziladi).
Hozirgi vaqtda Respublikamizda donli ekinlardan bо‘shagan maydonlarda oziq-ovqat maxsulotlarining tezpishar navlarini takroriy ekin sifatida ekish va yetishtirilgan xosilni qisqa muddatlarda sifatli yig‘ishtirib olishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Bu tarmoqni rivojlantirish nafaqat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, balki uning atrofida yangi tarmoqlarni shakllantirish, insonlar turmush darajasini о‘sishini ta’minlaydigan yangi ish о‘rinlarini yaratishni ham о‘z ichiga oladi.
Donli ekinlardan bо‘shagan maydonlarda oziq-ovqat maxsulotlarining tezpishar navlarini takroriy ekin sifatida ekishda asosiy bо‘g‘in - tuproqqa ishlov berish sanaladi. Buning uchun tuproqqa о‘z muddatida sifatli ishlov berishda, mashinalar konstruksiyalarining mukammalliligi muvaffaqiyat garovidir. Sо‘nggi yillarda qishloq xо‘jaligi traktorlarining quvvati va imkoniyati sezilarli darajada oshdi, ammo tuproqqa ishlov berish usullari kо‘p hollarda agronomik jihatdan asoslanmagan ravishda amaldagi eski holatida qoldi.
Traktor va agregatlarning daladan kо‘p marta о‘tishi natijasida ularning yurish qismlari ta’sirida tuproqni haddan tashqari zichlanishi ekinlar hosildorligini pasayishiga olib keladi. Bunday tuproqqa ishlov berish tizimi uni himoya qilmaydi va zamonaviy talablarga javob bermaydi. Shuning uchun qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida tuproqni ishlov berishning yangi, ilg‘or texnologiyalari va texnik vositalarini joriy etish zarur.
Mavjud an’anaviy texnologiyalar va texnik vositalar tuproqni qisqa muddatlarda takroriy ekinlar ekish uchun tayyorlash va ekishga imkon bermaydi, natijada takroriy ekinlardan olinadigan hosildorligi kam bо‘ladi.
Takroriy ekinlar ekish uchun xam tuproqni ekishga tayyorlash asosan, bitta texnologik operatsiyani bajaradigan mashina va agregatlarni dala yuzasidan bir necha marta navbatma-navbat о‘tishi hisobiga amalga oshiriladi. Bitta texnologik operatsiyani navbatma-navbat bajarib, tuproqni ekishga tayyorlash texnologiyasida, shudgorlash, tekislash, boronalash, ariq ochish kabi agrotexnik tadbirlar orqali tuproq ekishga tayyorlanadi. Keyin takroriy ekinlarni ekish ishlari olib boriladi.
Shunday qilib, an’anaviy texnologiya agronomik va iqtisodiy jihatdan о‘zini oqlamaydi, chunki unda ish unumdorligi pasayadi, mehnat va moddiy sarf-xarajatlar oshadi, tuproq ortiqcha zichlanadi, tuproqni ekishga tayyorlash muddati chо‘zilib ketadi, tuproq namligini intensiv yо‘qolishiga olib keladi, natijada ekinlarni hosildorligi kamayishiga sabab bо‘ladi.
Takroriy ekinlarni ekish uchun tuproqni qisqa muddatlarda sifatli ekishga tayyorlash, tuproqni haddan tashqari zichlanishidan himoya qilish zaruriyati bir о‘tishda bir nechta texnologik jarayonlarni bajarish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan mashinalarni yaratishni taqazo qiladi.
Biz taklif qilayotgan mashina takroriy ekinlarni ekish uchun tuproqni bir о‘tishda qisqa muddatlarda sifatli ekishga tayyorlaydi va ekishgacha bо‘lgan vaqt sezilarli darajada qisqaradi.


Download 34.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling