Lug'at va uning turlari


Download 36 Kb.
Sana18.02.2023
Hajmi36 Kb.
#1211660
Bog'liq
Lug\'at va uning turlari


______ viloyati _________ tuman ___ maktabning ona tili va adabiyot o'qituvchisi _______ ___________ ning " Lug'at va uning turlari " nomli metodik tavsiyasi
Lug'at - so‘z xazinasi, undan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish inson bilimini kengaytirish, lug'at boyligini oshirishda hamda fikrni to‘g'ri va ravon ifodalashda muhim omildir. Xususan, 5-sinf o'quvchilariga lug'at, uning turlari va undan qanday foydalanishni o'rgatish juda muhim jarayon bo'lib, bu orqali o'quvchilarning so'z boyliklari rivojlanishi bilan birga ular lug'atlar bilan ishlashni o'rganadilar, sinonimlik, antonimlik, paronimlik kabi xususiyatlarni farqlaydilar . Umuman lug'atlar bilan ishlash jarayonida o'quvchining chaqqonligi ortadi, diqqati va e'tibori rivojlanadi. Ushbu metodik tavsiyada shu maqsadlarga erishish maqsadida lug'atlar, ularning turlari va ahamiyati haqida so'z boradi.
Lugʻat — 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud boʻlgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan soʻzlar yigʻindisi, leksika; 2) soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob. Lug'atlar juda kadim davrlarda paydo boʻlgan ; hozirgi davrda maʼlumot axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir kancha farqli xususiyatlariga koʻra, lug'atlarni asosan 2 turga: ensiklopedik va lingvistik (filologik), lugʻatlarga ajratish mumkin. Ensiklopedik lugʻat soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi. Lingvistik lug'atlarning asosiy maqsadi esa til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Lingvistik lug'atlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi:
1. Soʻzlarning maʼnolari, qullanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini koʻrsatib beruvchi izohli lugʻat (S. I. Ojegov. Tolkoviy slovar russkogo yazika, 20-ye izd., M., 1988; Oʻzbek tilining izohli lugʻati. 1—2-j.lar, M., 1982).
Izohli lug'at tildagi so'zlar (va frazeologik birliklar) ma'nolarini ushbu tilning o'zi orqali izohlash vazifasini bajaradigan lug'atlardir. Izoh konseptual ma'noning mantiqiy ta'rifi bilan berilgan (masalan. yarqiramoq - juda yuqori haroratgacha qizdiring; rekord egasi - rekord o'rnatgan sportchi) sinonimlarni tanlash orqali (zerikarli - zerikarli, bezovtalanuvchi) yoki boshqa so'zga grammatik aloqani ko'rsatadigan shaklda (qoplash -fe'lni anglatuvchi harakat qoplamoq va orqada yashiring).Ba'zi izohli lug'atlarda, zarurat tug'ilganda, raqamlar yordamida so'zlarning ma'nolari ochib beriladi. Hissiy, ekspressiv va stilistik qo'shimchalar maxsus belgilar yordamida ("tasdiqlash", "nafratlanish", "hazillashish", "elektronik", "kitob", "ochiq" va boshqalar) ko'rsatiladi. Zarur bo'lganda va mumkin bo'lganda alohida ma'nolarni misollar yordamida ifodalash mumkin - bu so'z qatnashgan tipik birikmalar (masalan, temir chaqnadi, atmosfera yarqiradi - bu erda fe'l allaqachon majoziy ma'noda paydo bo'lgan: "u keskinlashdi") yoki (ayniqsa katta lug'atlarda) nufuzli yozuvchilarning iqtiboslari bilan.
2. Muayyan tilga uzlashgan, lekin oʻzlashmaligi sezilib turgan boshqa til soʻz va terminlarini tushuntirib beruvchi xorijiy so'zlar lug'ati
3. Bir tilga oid lugʻaviy birliklarni boshqa tilga oʻgirib izohlab beruvchi tarjima lug'atlar — oʻzbek leksikografiyasida keng tarqalgan, qadimdan maʼlum lugʻat turi, 19-asrgacha arab-oʻzbek, fors-oʻzbek, turk-oʻzbek ikki tilliligiga asoslanib yoki aksincha tartibda tuzilgan tarjima L.lari mavjud bulgan bulsa, 20-asrda ular katoriga mazkur tillar bilan birga ingliz, nemis, is-pan, hind, yapon tillari ishtirokida tuzilgan ikki tilli lug'atlar ham qoʻshildi [Nemischa-oʻzbekcha lugʻat, 196, 1973; Inglizcha-oʻzbekcha lugʻat, 1968; Oʻzbekcha-inglizcha lugʻat, 1969; Arabcha-oʻzbekcha lugʻat 1986; ),
4. Soʻzlarning qachondan boshlab shu tilda qoʻllana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini koʻrsatib beruvchi tarixiy L. (oʻzbek tilida haqiqiy maʼnodagi tarixiy L. tuzilmagan, lekin E. Fozilovning "Starooʻzbekskiy yazik: Xorezmskiye pamyatniki XIV veka" (ch. 1-2, T., 1966, 1971) asarini maʼlum maʼnoda tarixiy L. deyish mumkin).
5. Tilning laxja va shevalariga xos boʻlgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi soʻzlardan farq qiladigan soʻzlarni koʻrsatuvchi dialektal (sheva) lugʻat (Oʻzbek xalq shevalari lugʻati, 1971).
6. Soʻzning kelib chiqishini koʻrsatib beruvchi etimologik lugʻat (Sh. Rahmatullayev. Oʻzbek tilining etimologik lugʻati, 2000).
7. Bir oilaga mansub tillardagi soʻz boyligini solishtirib, ulardagi tafovut qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida tuziluvchi qiyosiy lug'atlar (L. Budagov. Sravnitelniy slovar turetsko-tatarskix narechiy, ch. 1—2, S.-Pb., 1869; V. V. Radlov. Opit slovarya tyurs-kix narechiy: 1—4. S—Pb., 1888—1911).
8. Soʻzlarning mavjud imlo qoidalariga binoan toʻgʻri yozilish shakllarini qayd etuvchi imlo lugʻati(1929 yildan hozirgacha oʻzbek tilining turli hajmli 20 dan ortiq imlo lugʻati tuzilgan; 6500 soʻz va soʻz shaklini kamrab olgan eng mukammal imlo lugʻati 1975 yil nashr etilgan).
9. Soʻzlarning adabiy talaffuzi qayd etiladigan talaffuz (orfoepik) L.i (Oʻzbek tilining orfoepik lugʻati — M. Sodiqova, Oʻ. Usmonova, 1977; Oʻzbek adabiy talaffuzi lugʻati, 1984;
10. Soʻzlarning morfem tuzilishini koʻrsatuvchi morfem L. (A. Gʻulomov va boshqa Oʻzbek tilining morfem lugʻati, 1977).
11. Soʻzligi frazeologik birliklardan iborat boʻlgan frazeologik L
Lug'atlarning turi yuqoridagilari bilan cheklanmaydi. Tematik, differensial, yangi so‘zlar, qisqartma so‘zlar, chastota, qofiya lug"atlari ham mavjud. O'quvchilarning yoshi katta bo'lgan sari ularga tanishtiriladigan lug'atlar ham o'zgarib boraveradi. Lug'atlar maʼnaviy madaniyat sohasida muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug'atlar bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi; uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtirada; tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi.
Download 36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling