Luqmon Bõrixonning «Sirli muallim» asarida milliylikning aks etishi


Download 13.84 Kb.
Sana01.06.2020
Hajmi13.84 Kb.
#112739
Bog'liq
milliylik xususiyatlari.


Luqmon Bõrixonning «Sirli muallim» asarida milliylikning aks etishi.

Bu asar hammani hayratga solgan, õzining tutishi,fikrlashi, yurish-turishi, kõz qarashi-yu boshidan oyoĝigacha barcha muallimlardan ajralib turuvchi Najot Ĝaybulla haqida. Bu qahramon asar boshida anchagina kamchiliklardan holi va mukammal darajadagi inson sifatida tasvirlangan. Uning yangilikka intiluvchanligi ham e'tiborga loyiqdir. Biz asarni õqiy boshlaganimizda qaniydi barcha muallimlar mana shunday jonkuyar va fidoiy bõlsa deya hayolimizdan õtkazamiz. Unga ergashgimiz, uning kabi bõlgimiz, bolalar qalbidan joy olgimiz keladi. Dastavval uning barchani hayratga solgan hislatlari haqida aytib õtamiz. Aynan hozirgi kunda ham har bir õquvchi õqituvchining dastavval yurish turishiga e'tibor qaratadi. Õqituvchi juda bashang kiyinishi õqituvchiida unga nisbatan dastlabki tasavvur uyĝotadi. Najot Ĝaybullaning barchani hayratga solishi ham shundan boshlangan. Uning har bir harakati õrnak bõlsa arziydigan darajada. Dars õtishi ham barcha qorakõz bolalarni sayohatga chorlaydi. Qolgan õqotuvchilarga õrnak bõladi. Hammasi yaxshi, biroq bu yerda eng katta hatolik mavjuddir. Bu qahramonimizniing yolĝon ishlatganidadir. Bu esa uning hislatlarini taroziga qõyishimizga majbur etadi. Qaysi biri aslida tõĝri? Najot Ĝaybulla kabi istak yõlida yolĝon ishlatishmi? Orzulardan kechib haqiqat yõlida davom etishmi? Menimcha esa har ikkisi ham notõĝri. Inson õzi sevgan kasbdagina halovat topadi. Shunday ekan haqiqatni qurbon etmasdan, maqsadga erishguncha mehmat qilmoq darkor. Har bir mehnatning mevasi bõladi.



Asarning boshqa qahramonlari tõĝrisida ham sõz yuritaylik. Ularni qanday baholash mumkin? Biz ularni aslo yomon deya olmaymiz. Õz navbatida yaxshi deyishimizga ham monelik qilguvchi sabablarimiz yetarli. Mustaqillik davri adabiyotining ham õziga hosligi shundadir. Bu adabiyotlarda, hikoya, qissa, romanlarda qahramonlar aynan hozirgi zamon insonlari kabi kamchilik va nuqsonlardan ajralmagan holda tasvirlanadi. Shu sabab ham õquvchini õyga chõmdiradi. Qahramonning õrnida õzini bemalol tasavvur eta oladi. Boshqa maktab õqituvchilarini olaylik. Har biri ham oila tashvishlari bilan, ham maktab bilan bõlgan insonlardir. Faqat õquvchilarni õylab Najot Ĝaybulla singari bõlishni istashsada, oilaviy muammolar bunga yõl bermaydi.

Qahramonlardagi milliylik ham aynan shundadir. Bizning xalqimiz jonkuyar, fidoiy va sabrlidir. Asardagi muallimlar ham mehnatsevardirlar,ular farzand va oilasi uchun, obrõ- e'tiboriga qaramasdan qora mehnatdan qochishmaydi. Õzlarini õylashmasada faqat farzand deya yashashadi. Man shu bizning, xalqimizning jonkuyarligidir. Albatta, Najot Ĝaybulla singari ustozlarni kõpayishini istasakda, qolganlarni qoralay olmaymiz. Har bir zimmamizga yuklatilgan vazifani mas'uliyat bilan bajarish bizning burchimizdir. Oila tashvishlarini deb yosh avlodni, ilmga chanqoq kõzlarni bebaxra qoldirmaslik kerak. Hozir biz mustaqillik davrida yashamoqdamiz. Prezidentimiz tomonidan ham õqituvchilar uchun katta e'tibor qaratilgan ekan,biz yurtboshimizning va xalqimizning ishonchini oqlamoĝimiz darkor.
Download 13.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling