M illiy universiteti jizzax filiali


Download 49.39 Kb.
bet1/4
Sana15.11.2023
Hajmi49.39 Kb.
#1776006
  1   2   3   4
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT 1-M


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
M ILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

“PSIXOLOGIYA fakulteti
“IQTISODIYOT VA TURIZM” kafedrasi
“IQTISODIYOT yo`nalishi “_________________________________________
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Mavzu: __________________________________________ ________________________________________________

BAJARDI: 431-22 guruh talabasi _______________.
QABUL QILDI: __________________.
Jizzax_2023

Ishlab chiqarish masshtabi samarasiga ko‘ra firmaning optimal ko‘lamini aniqlash
Reja:

  1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati

  2. Ishlab chiqarish samaradorligining mezonlari va ko‘rsatkichlari.

  3. Ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy, absolyut va qiyosiy, iqtisodiy samaradorligi.



Ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi
Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.
Shu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. hozirgi paytda ko‘pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. Shuning uchun mavjud resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
“Samaradorlik” so‘zi natija degan ma’noni beradi. Korxonalar iqtisodiyotiga bag‘ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina iqtisodiy samaradorligi haqida so‘z ketadi. holbuki, mamlakatda ro‘y berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishni va ularga baho berishni zaruriyat qilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy ham ijtimoiy samaradorligini o‘rganish o‘ta muhimdir. Ular o‘zaro uzviy bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan kategoriyalardir.
Samaradorlikning umumiy holati, jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan resurslardan oqilona foydalangan holda erishilgan, aholining ijtimoiy iqtisodiy iste’mol darajasini yuksaltirishdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, moddiy va ijtimoiy farovonligining o‘sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan rivojlanishida ko‘rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu qadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikga erishgan bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi uning pirovard maqsad natijasida o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik tarkibida iqtisodiy samaradorlik alohida e’tiborga ega.
Iqtisodiy samara ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan iqtisodiy ne’matlar hajmi bilan ifodalanadi. Iqtisodiy samaradorlikning mezoni xarajatlar bilan erishilgan iqtisodiy ne’matlar munosabatidir. Ishlab chiqarish jarayonida omillar (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) xarajat qilinadi va uning natijasida ma’lum miqdordagi ne’matlar yaratiladi. Xarajat bilan natijani taqqoslash orqali iqtisodiy samaradorlik ifodalanadi.
Ishlab chiqarishning natijasi ijtimoiy samaradorlik orqali ham ifodalanadi. Korxonaning ijtimoiy samaradorligi mezoni iste’molchilarni ehtiyojlarini qondirilish darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy samaradorlikning ko‘rsatkichlari aholining daromadlar miqdori, ish bilan bandligi, salomatligini saqlash, mehnat malakasini yuksaltirish, madaniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlari kabilarni aniqlash bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi - murakkab kategoriyadir. Unda ishlab chiqarish natijalariga hamda, xarajatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mujassamlangandir. Unda ishlab chiqarish natijalarining o‘sishi, mahsulot sifatining yaxshilanishi hamda mahsulot assortimenti tuzilishining ijtimoiy ehtiyojlar tuzilishiga to‘g‘ri kelishida o‘zining aksini topadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi o‘sishining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

  • Mahsulot sifati va tarkibining yaxshilanishi;

  • Jonli mehnat unumdorligining o‘sishi;

  • Material sarfining kamayishi;

  • Fond samarasining oshishi.

Yuqoridagilardan shuni anglash lozimki, ishlab chiqarish samardorligini o‘lchash uchun ko‘rsatkichlar tizimi zarur.
Bu ko‘rsatkichlardan eng muhimi ijtimoiy mehnat unumdorligidir. U vaqtni tejash qonunining amal qilishini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichni quyidagi usulda aniqlash mumkin:

Download 49.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling