M. Kushjonovning fikricha, Kumushbibining ulimi "O'tgan kunlar" romanining kul'minatsiyasidir" Bu fikrning tug'riligiga shak keltirib bulmaydi. Biroq shu romanning uzida, xuddi "Qutlug' qon" romanidagi singari, yana b


Download 20.31 Kb.
Sana22.06.2023
Hajmi20.31 Kb.
#1646393
Bog'liq
Atabek latin


M.Kushjonovning fikricha, Kumushbibining ulimi "O'tgan kunlar" romanining kul'minatsiyasidir" Bu fikrning tug'riligiga shak keltirib bulmaydi. Biroq shu romanning uzida, xuddi "Qutlug' qon” romanidagi singari, yana bitta juda kuchli kul'minatsiya bulib, u romandagi ikkinchi asosiy syujet liniyasidan shakllanadi. Ma'lumki,"O'tgan kunlar" romanida, bizningcha, ikki bir-biriga bog'langan mavzu, ikki bir-biri bilan yonmayon problema, ikki bir-biriga parallel' syujet liniyasi va shu qushaloq liniya taqozosi bilan paydo bulgan ikki tugun, ikki kul'minatsiya va ikkita yechim mavjuddir. Ana shu ikki parallel' syujet liniyasini keltirib chiqargan mavzular ijtimoiy idora usuli hamda oilaviy baxt masalalaridir. Romanning asosiy g'oyasi ham ikkita mustaqil mavzu va ikkita parallel' syujet liniyasining mavjudligi bilan uzviy bog'liq bo'lib, buni hisobga olmaslik asarning asl goyaviy mazmunini tula ochishga tusqinlik qiladi. Romanning tanqidchilik tomonidan ta'kidlanayotgan bir qator kamchiliklari ham ana shu ikki mavzu, ikki mustaqil syujet liniyasining mavjudligini yetarli darajada hisobga olmaslik oqibatidir. Zotan ota-ona orzusi kabi odatdan qutulgan taqdirda ham despotik tuzum mavjud ekan, shu sharoitda oilada haqiqiy baxtga erishib bulmaydi, degan g'oya romanning mohiyatidan kelib chiqadi. Shunday qilib, "O'tgan kunlar" romanida Kumushbibining zaharlanishidan tashqari ikkinchi kuchli kul'minatsiya ham bulib, bu Toshkent qirg'ini va Azizbek rejimining qulatilishiga olib kelgan isyondir. Bu orqali adib despotik idora usulining halokatli oqibatlarini kursatadi. Shu kul'minatsiya vositasida toshkentlik taraqqiyparvar kishilarning Azizbek tuzumidan noroziliklari, mehnatkash xalqning sungsiz og'ir soliqlar yukidan qaddi bukilganligi va xuddi shu narsa Azizbek rejimining qulashi hamda Toshkentning Kuqon xonligiga qushilishiga olib kelganligi kursatilgan. Biroq bu faqat Toshkent begining idora usulinigina emas, balki butun Sharq siyosiy sistemasini inkor etib, unga rus davlat idora usulini qarshi quygan bosh qahramonning avtorning o'zi uchun ham yakin va ezgu bulgan siyosiy ideallariga zid kelib qolmaydimi? Aftidan unday bulmaydi. Сhunki Azizbekning qulatilishi hamda Toshkentning kuqon xonligi tasarrufiga utishi bilan romanda quyilgan barchak siyosiy muammolar hal etilmaydi. Ularning hal etilishi romanning epilogida rus qushinning kirib kelishi bilan bog'liq bulib qoladi. Demak "O'tgan kunlar"da ikkita kuchli kul'minatsiyaning mavjudligi romanda bir-biri bilan uzviy bog'liq bulgan oilaviy-maishiy hamda sotsial-siyosiy syujet liniyalarining mavjudligi bilan bog'liqdir.O'zaro bog'langan va mustaqil rivojlanuvchi bunday ikki liniyaning mavjudligi romanning boshlarida ikki kuchli tugunning mavjudligi bilan izohlanadi...
Tugun syujetning juda muhim elementlaridan bulib, uning kөyingi rivojlanishiga kuchli turtki beradi. Tugun uz tabiatiga kura jumboqdir. Ana shu jumboq qanchalik kuchli bulsa, qanchalik yashirin bulsa, syujetning rivojlanishi ham shuncha shiddatli kechadi. L.Tolstoyning dramaga nisbatan aytilgan quyidagi suzlari syujet tugunini juda yaxshi xarakterlaydi. "Drama, A.Gol'denveyzer bilan suhbatda, degan edi buyuk adib 1902 yili insonning butun hayotini bizga suzlab berish urniga, uni shunday holatga solib quysinki, shunday tugun hosil qilsinki, ana shu tugunning yechilishi jarayonida u butun tulaligi bilan namoyon bulsin". O. Yoqubovning "Ulug'bek xazinasi" romanining syujet tuguni tug'risida shuni aytish mumkin. Saroyga,sulton huzuriga bosh qahramon Ali qushchining shoshilinch chaqirilishi bunday shoshilinch taklifning sabab hamda oqibatlarini tasavvur ham eta olmagan personajning o'zidagina emas, balki asarning ilk sahifalaridanoq birdan shu qadar tashvishli dramatik voqealar girdobiga tushib qolgan kitobxonni ham hayajonga solib quyadi. Shunday qilib, romanning dastlabki epizodlaridanoq murakkab va kuchli syujet tuguni hosil bulishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Romanda poytaxt hayoti hamda saroy sharoitlari saltanatga, sulton huzuriga shoshilinch ravishda borayotgan Ali kushchi kuzi bilan tasvirlanadi. Ali kushchining kuzi ungida namoyon bulgan voqealar, narsa va predmetlar uning nigohi orqali, shaxsiy munosabati nuqtai nazaridan tasvirlanadi. Buning ustiga, Alining kuz ungida jonlangan barcha narsa nadiki, bu ham vaziyatning tahlikaliligini yanada kuchaytiradi va hodisalar uning tasavvurlari prizmasidan utkazib tahlil qilinadiki, bu ham vaziyatning tahlikaliligini yanada kuchaytiradi va, ayni paytda, romanning umumiy tugunining kuchayishiga olib keladi. Syujet tugunining shakllanishiga saltanatdagi Alining kuziga tashlangan voqealar va holatlar kuchli ta'sir kursatadi. Buning ta'sirida romandagi asosiy syujet liniyalarini shakllantiruvchi va ularning rivojlanishiga quvvat beruvchi boshqa qator yordamchi tugunlar ham shakllanadi. Nima uchun chaqirilganligi hali hozircha noma'lum bulib qolayotgan harbiy kengash, suhbat davomida tasodifan yuzaga qalqib chiqqan mavlono Muhiddinning qalandar qarnokiyga qizi Xurshida bonuni bermaganligi to'g'risidagi xabar, har nima qilib bo'lmasin, saltanat xazinasini saqlab qolish masalasi va boshqalar ana shunday tugunlar sirasini tashkil etadi. Tugunlarning tarixiy, psixologik hamda badiiy asoslanganligi asar g'oyaviy mazmunning chuqurroq ochlishi, undagi voqealar dramatizmini ta'minlaydi. Asarning syujet yunalishlarini belgilar ekan, yozuvchi uning bundan keyingi rivojlanishini ta'minlashga harakat qiladi va shu jarayonda personajlarning harakterlari hamda mazkur syujet chizig'i bilan aloqador bulgan personajlarning taqdirlari hamda ularning asardagi asosiy voqealar oqimidagi rolini chuqurroq ocha boradi. Asardagi asosiy va yordamchi syujet yunalishlarini tayyorlashda Ali Qushchi nigohi bilan berilgan tabiat manzaralari, sodir bulayotgan jarayonlarning hali hozircha ayon bulmagan sabab va oqibatlari, Ulug'bek, Amir Joңdor, mavlono Muhiddin, Xurshida bonu, Kalandar qarnoqiy, Abdulaziz, Nizomiddin Xomush va shu singari boshqa nomi tilga olingan personajlar taqdirining jumboq bo'lib qolayotganligi, ishtirok etuvchilarning dramatik buyoqlarda chizilgan fojiaviy portretlari syujet tugunlarining shakllanishini keyinga sura boradiki, bu asar syujet tugunlarining yana ham kuchayishiga olib keladi. Yozuvchi voqealar yechimiga yaqinlashish urniga, ularni yanada kuchaytira boradi, borgan sari murakkablashtirishga harakat qiladi. Shogirdi Ali qushchini xazinaga yetaklab kirar ekan, Ulug'bek "Senga aytadurgan yana bir suzim bor!"deydi. Xuddi shu yerda avtor tasvirga nuqta qo'yib, bobni tugatadi. Bu esa tugun oldidagi tahlikali gumonlarni benihoyat kuchaytirib, syujet tugunining yanada murakkablashishiga sababchi bo'ladi. Umuman aytganda, O.Yoqubov har bir bobning oxirida usha bobda tasvirlan gan voqealarning oqibatlarini, yechimini beribgina qolmasdan, yangi bobdagi voqealarning tugunini ham beradiki, bu asardagi voqealar dramatizmini kuchaytiradi, kelgusi bobdagi voqealar rivoji uchun jiddiy turtki buladi. Bunday xususiyat O.Yoqubovning mazkur "Ulug'bek xazinasi" romani uchungina emas, balki uning boshqa asarlari uchun ham xarakterli bulib, adib badiiy manerasi, umuman ijodiy uslubi uchun xarakterli bulgan xususiyatlardan biri deb belgilashga asos beradi.
Xar kanday asardan ham bir xil xarakterdagi va tartibdagi syujet tugunlari bulishini talab qilaverish to'g'ri emas. Tugunning qaңday bulishi, qay tartibda shakllanishi va joylashuvi avtorning badiiy niyatiga bog'liqdir. Tadqiqotchi M.M.Kedrovaning ta'kidlashicha, I.S.Turgenevning "Otalar va bolalar" romani Bazarovning boshqa qahramonlar bilan tuqnashuvlarining uzluksiz silsilasidan iborat bulib, asarda biz odatda kunikib qolgan tugun yuq. Tug'rirog'i,romanda Bazarovning barcha tuqnashuvlarining kelib chiqishiga sabab buladigan voqeaning uzi yuq. Romandagi syujet rivojining asosiy yunalishi sotsial konfliktni chuqurlashtirish hamda kengaytirishga qaratilgan. Bu shunda kurinadiki, qahramonning har bir yangi tuqnashuvidan keyin, birinchidan, Bazarov baxslashadigan shaxslar doirasi kupaya boradi, ikkinchidan, uz musohiblari bilan bahslarda Bazarov qushilmaydigan yangi va yangi fikrlar kupayaveradi".
A.Kodiriy romanlari, xususan, "Utgan kunlar" romanining tuguni uzida zur kuchni mujassamlaydi va adibning asar oxirlarigacha syujet iplarini tarang darajada tortib turishi uchun imkoniyat yaratadi. Pomanning ilk sahifalaridayoq bosh qahramon Otabek Marg'ilondagi karvonsaroyda Homid va Rahmatlar bilan oila va baxt hususida bahslashadi. Ana shu munozarada Homid baxtli oila qurish uchun xotinning erga yoqishining uzi kifoya bulib, erning esa xotinga muvofiq bulishi shart emas degan fikrni aytgan bulsa, Otabek unga qarshi chiqib,ikki tomonlama erkin muhabbat singari gumanistik oilaviy turmush g'oyasini olg'a suradi."Oladigan xotiningiz sizga muvofiq bulishi barobarida, deydi Otabek, er ham xotinga muvofiqattab' bulsin".
Romanda oila va oilaviy baxt kontseptsiyasi asosiy urin egallaydi. Romandagi oilaviy-maishiy syujet yunalishining asosiy tuguni mana shu yerda yaqqol kuzga tashlanadi. Asarda, buңdan tashqari, ikkinchi bir problema ham bulib, uning ahamiyati ham birinchisinikidan kam emas. U ham bulsa, asarning boshlang'ich sahifalaridayoq kuyilan va ikkinchi syujet yunalishining rivojlanishini belgilab, unga quvvat berib turuvchi boshqa bir tugun ham bulib, bu tugun Otabekning bulajak raqiblari bilan munozaralarda rus idora usulining Sharq despotik tuzumidan ustunligi tug'risidagi fikrida mujassamlandi. "Men, deydi Otabek bu munozarada, urusning idora ishlarini kurib, uz idoramizning xuddi bir uyinchoq bulganligini iqror etishga majbur buldim". Bosh qahramon bilan mavjud siyosiy tuzum urtasidagi konflikt xuddi mana shu yerdan boshlanadi. Otabekning mavjud tartiblar hamda mahalliy amaldorlar bilan jiddiy tuqnashuvlarini uzida mujassamlovchi ikkinchi syujet yunalishining tuguni mana shu yerda yuzaga keladi. Bu syujet asosida yotgan konflikt asar voqealarining rivojlanishida va qahramonlar taqdirida hal qiluvchi rol' uynaydi. Shunday qilib, A.Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanida boshdanoq yozuvchi tomonidan ikkita muhim hayotiy problema quyilgan bulib, asarda tasvirlangan ikkita asosiy syujet liniyasi shu problemalar bilan bog'liqdir. Bu ikki syujet yunalishi asar boshida belgilangan ikkita tugundan quvvat oladi. Romanni tahlil qilishda asar qahramonlarining taqdiri bir emas, ana shu ikki syujet yunalishi bilan bog'liqligini e'tibordan soqit qilmaslik zarurdir. Xuddi ana shu ikki problema, uning ta'sirida shakllangan ikkita syujet tuguni, undan quvvat olib rivojlanuvchi ikki yirik syujet yunalishini hisobga olmaslik adabiyotshunoslikda tez-tez uchrab turadigan holat bulib, masalaga bunday munosabat, syujet yunalishining har ikkisi ham teng darajada va yetakchi ekanligini hisobga olmaslik bizning mazkur roman tug'risidagi fikrlarimizning bir yoqlama bulib chiqishiga olib keladi. Shuning uchun ham mazkur romanni tahlil qilishga kirishishdan oldin uning janr xususiyatini aniqlash, sotsial romanmi yoki oilaviy-maishiy romanmi ekanligini aniq belgilab olish juda muhimdir. Сhunki A.Qodiriy romanining ba'zi bir kamchiliklari asosan syujetning sotsial yunalishi bilan bog'liq bo'lib, bu yozuvchi siyosiy qarashlaridagi ba'zi bir yetishmovchiliklar hamda chalkashliklar bilan izohlanadi. Roman syujetining sotsial yunalishi bilan bog'liq bulgan Azizbekning qulatilishi va Toshkent qirg'ini voqeasida asarning birinchi kul'minatsiyasi namoyon bulib, u boshda quyilgan ikkinchi tugun bilan bog'liqdir. Ma'lumki, bu tugun despotik tuzum asar qahramonlari va xalq boshiga qanday kulfatlar solarkin? Ana shunday despotik tuzum bilan kelisha olmagan qahramonning taqdiri nima kecharkin? Shunday siyosiy tuzum sharoitida oilaviy baxtga erishib buladimi? degan savollar tarzida quyiladi. Bu savollar esa uz-uzidan oilaviy baxtning uzi nima? Oilaviy baxt tug'risidagi yuksak gumanistik ideallarni mavjud urf-odatlar bilan uyg'un holda ruyobga chiqarib buladimi? degan savollarni keltirib chiqaradi.
Romandagi asar voqealarining boshlanishida ikkinchi bulib kelgan sotsial-siyosiy muammolarning tuguni bilan bog'liq syujet yunalishining kul'minatsiyasi asar oxirida birinchi bulib kelsa, voqealarning boshlanishida birinchi bulib kelgan oilaviy-maishiy syujet yunalishi ning kul'minatsiyasi esa ikkinchi bulib keladiki, bu Kumushning ulimidan sung Otabekning telbalanishi bilan bog'liq bulib, u Kumushbibining ulimida: namoyon buladigan oldingi kul'minatsiyaga nisbatan kuchsizroqdir. Сhunki undan asar qahramoni ham, kitobxon ham asar boshlarida quyilgan savollarga oldingi asosiy kul'minatsiyadan ma'lum darajada javob topganday buladi. Unday bulsa, M.ushjonov kursatib utgan kul'minatsiyaning tuguni qaerda? M.Kushjonovning aytishicha, Kumushbibining zaharlanishi asarning asosiy kul'minatsiyasidir. Shu bilan birga, bu romandagi muhabbat yunalishining kul'minatsiyasi hamdir. Demak romanda ikkita emas, uchta syujet yunalishi bulib, bular: muhabbat, oilaviy-maishiy, sotsial-siyosiy yunalishlardir. Syujet yunalishlaridan keyingi ikkitasi oldingisi uchun yordamchilik funktsiyasini bajaradi. Romandagi muhabbat mavzui bilan bog'liq asosiy syujet yunalishining tuguni esa birinchi va ikkinchi liniyalarning tuguni urtasida joylashgan bulib, bu tugun shundan iboratki, Otabek bilan suhbat davomida Rahmat kutilmaganda Marg'ilonning eng kuxlik, eng guzal qizi bulmish Kumushbibi haqida gap ochib qoladi. Shunda Raxmatning bu gapini eshitgan Homidning kayfiyati uzgaradi va bu haqda nourin gap ochgan jiyaniga "bir turli vaziyatda yer osti-dan" humrayib qaraydi. Bu romandagi asosiy syujet yunalishining tuguni bulib, xalq ertaklari hamda sevgi-sarguzasht romanlari tuguniga juda ham yaqin turadi. Shunday qilib,"O'tgan kunlar" romanida uchta kul'minatsiyaning mavjudligi asar voqealari boshlanishidagi uchta tugunning borligi bilan bog'liq bulib, ulardan biri xuddi "Qutlug' qon" romanidagi singari, asar voqealarining asosiy kul'minatsiyasiga zamin hozirlasa, ikkinchisi asosiy kul'minatsiyaning aks-sadosi day kuchsizroq namoyon bulib, ayni paytda yechim funktsiyasini ham bajarib keladi. Shundan kelib chiqib, "utlug' qon" romanida asosiy kul'minatsiyadan oldin keladigan avvalgi kul'minatsiyaning ham mavjudligini Oybek uslubiga xos bulgan xususiyat deb aytish mumkin. Asosiy kul'minatsiyadan oldinroq keladigan avvalgi kul'minatsiyaning uchrashi hamda undan keyin keladigan ikkinchi tulqin aks-sado kul'minatsiyaning ham mavjud bulishi roman singari yirik epik janr uchungina xos bulib, bu janrning kup planliligi taqozosi hamda natijasidir. Bu romanda asosiy syujet yunalishi bilan teng darajada keng urin egallaydigan yoyinki unga yondashib keladigan boshqa syujet yunalishlarining ham bulishi bilan izohlanadi. Ana shu asosiy yunalish bilan yondosh keladigan boshqa har bir syujet liniyasi ham o'zining ekspozitsiya, tugun, kul'minatsiya va yechim singari elementlariga ega bulishi sababli yordamchi yunalishlarning bunday elementlari asosiy syujet yunalishiga yondosh holda kelib, uning tularoq ruyobga chiqishi, asar g'oyaviy mazmunining chuqurroq ochilishiga imkon yaratadi.
Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling