М undarij a


Download 1.02 Mb.
bet1/50
Sana19.08.2020
Hajmi1.02 Mb.
#126944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN USLUBIY QO’LLANMA


1b. “YOQILG'I, YONISH NAZARIYASI ASOSLARI VA MOSLAMALARI” AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN USLUBIY QO’LLANMA

М U N D A R I J A







Kirish……………………………………………………………….





1

Yoqilg’ining keltirilgan massalariga qayta hisoblash.……








2

Yonish mahsulotlari va havo hajmini hisoblash………………





3

Yonish mahsulotlari entalpiyasini hisoblash………………….





4

Yoqilg‘ining yonish issiqligi……………………………………..





5

Havo va yonish mahsulotlarining hajmini aniqlash…………..





6

Qozonning gaz yo’li bo’yicha havo va yonish mahsulotlarining entalpiyasni hisoblash……………………………………………………..





7

Qozonning issiqlik balansi……………………………………





8

Qattiq yoqilg’i yonishidagi yo’qotishlarni hisoblash…………





9

Konvektiv qizdirish yuzalarini hisoblash uchun asosiy tenglamalar…







FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………….....







KIRISH

Organik yoqilg‘ilardan foydalanish uchun eng avvalo ularning fizik xususiyatlarini yaxshi anglab olish zarur. Fizik xususiyatlarning eng asosiysi organik yoqilg‘ining yonishida ajralib chiqayotgan quyi va yuqori yonish issiqligi bo‘lib bu ko‘rsatkich yoqilg‘i tarkibiga kiruvchi birikma va elementlarning miqdoriy ko‘rsatkichlariga bog‘liq. Organik yoqilg‘ilardan sanoat miqyosida foydalanishda albatta, ularni qazib olish, tashish va yonishga tayyorlash bosqichlariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shu jumladan, issiqlik elektr stansiyalarining loyihalanishi va ekspluatasiya qilinishida asosiy e‘tibor asosiy qurilma – bug’ qozoni va yoqilg'i xo'jaligi ishini tashkil etilishiga qaratiladi. Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanib borishi energetik tizimda ishlatilayotgan yoqilg'i turlari to'g'risida chuqur bilim olish zarurligini talab qiladi.

5310100 – “Energetika: Issiqlik energetikasi” bakalavr yo’nalishida “Yoqilg’i, yonish nazariyasi asoslari va moslamalari” fanining o’qitilishi talabalarga issiqlik elektr stansiyalaridagi yoqilg'i xo'jaligi, yoqilg'ilarning turlari, ularni tashish, yonishga tayyorlash va saqlash texnologiyalari to'g'risida batafsil ma‘lumot beradi.

Kurs davomida o’tiladigan amaliy, mustaqil ta‘lim, mustaqil ish mashg’ulotlarida talabalardan fanni mukammal egallab olish talab etiladi va kurs davomida mustaqil ravishda yoqilg'ilarning murakkablashib boruvchi hisobiy jarayonlarini o’zlashtirib olishlari lozim bo’ladi.

Dars mashg’ulotlari kerakli materiallar, uslubiy ko’rsatmalar, ma‘ruza matni va ko’rgazmali qurollar bilan to’la ta‘minlangan holda o’tilishi lozim.

Shu maqsadda mazkur uslubiy qo’llanma tuzilib o'qituvchilar va talabalar e‘tiboriga havola etilmoqda. Uslubiy qo’llanma amaliy mashg'ulotlar davomida talabalarga issiqlik elektr stansiyasida asosiy energetik yoqilg'ilardan ko'mir, slanes, tabiiy gaz va mazut yoqilg'ilarining tarkibini, yonish jarayonini hamda yonish mahsuli bilan birga ajralib chiqadigan gazlar tarkibini chuqur va tahliliy o'rganishlariga imkoniyat yaratadi.

1-Amaliy mashg’ulot. Yoqilg’i tarkibi, qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg’i.

Qattiq va suyuq yoqilg’ilar quyida keltirilgan yonuvchi:

Uglerod – C;

Vodorod – N;

Uchuvchan oltingugurt – Such = Sor + Sk;

va yonmaydigan:

azot – N;

kislorod – O elementlaridan, hamda:

kul – A;

namlik – W dan iborat ballast qismlardan tarkib topadi.

Gazsimon yoqilg’ilar esa CO, N2, CH4, CmHn kabi yonuvchi, N2, O2, SO2 kabi yonmaydigan va kam miqdordagi suv bug’idan (H2O) tarkib topgan bo’ladi.

Qattiq va suyuq yoqilg’ilarning asosiy tavsifnomalari va tarkibini o’rganishda ishchi, yonuvchi hamda quruq massalarga ajratiladi. Ishchi, yonuvchi va quruq massalarning tarkibi mos ravishda “i”, “yo”, “q” indekslar bilan belgilanadi va quyidagi tengliklar bilan ifodalanadi:



(1), (2) va (3) formulalardagi elementlar tarkibi 1 kg yoqilg’iga nisbatan foizlarda berilgan. Yoqilg’i tarkibini bir massadan boshqasiga o’tkazish uchun qayta hisoblash koeffisiyentlari 1 – jadvalda keltirilgan.



Quyidagi ishchi tarkibga ega bo’lgan slaneslar uchun ishchi massadan yonuvchi massaga qayta hisoblash koeffisiyenti sifatida:



Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling