M3: Kriptografik tizimlarning nazariy va amaliy bardoshligi. Reja


Download 155.43 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi155.43 Kb.
#1107552
Bog'liq
M 3



M3: 
Kriptografik tizimlarning nazariy va amaliy bardoshligi. 
Reja: 
1. Kriptografik bardoshlilik. 
2. Shennon tamoilida kriptografik tizimlarning bardoshliligi. 
1. Kriptografik bardoshlilik 
Kriptobardoshlilik (bardoshlilik) deb - kriptotizimning hujumlarga qarshi 
tura olish qobiliyatiga aytiladi. Miqdoriy jihatdan kriptobardoshlilik yetarli 
ehtimollik bilan kriptotahlilchini muvaffaqiyatga eltadigan eng yaxshi kriptotahlil 
algoritmining murakkabligi bilan o‘lchanadi. 
Kriptoalgoritmlar ular xavfsizligining isbotlana oluvchanlik darajasi bilan 
farqlanadilar. 
So‘zsiz bardoshli, isbotlanarli bardoshli va faraz bo‘yicha bardoshli 
kriptoalgoritmlar mavjud. So‘zsiz bardoshli kriptoalgoritmlarning xavfsizligi kalitni 
ochish mumkin emasligini isbotlovchi teoremalarga asoslanadi. Masalan, Vernam 
shifri (bir marta foydalaniladigan kalitli) so‘zsiz bardoshlidir. 
Isbotlanarli bardoshli kriptotizimlarning bardoshliligi barcha tomonidan 
murakkabligi tan olingan va ko‘plab matematiklar yechishga urinib yecha olmagan 
yaxshi ma’lum matematika masalasi (muammo)ning yechish murakkabligi bilan 
aniqlanadi. Masalan, Diffi-Xellman yoki Rayvest-Shamir-Adleman (RSA) 
algoritmlari shu sinfga oid. Bularning bardoshliligi diskret logarifmlash va butun 
sonni tub ko‘paytuvchilarga ajratish masalalarining murakkabligi bilan belgilanadi. 
Faraz bo‘yicha bardoshli kriptoalgoritmlar bir yoki bir necha kishi urinib 
ko‘rgan va yaxshi o‘rganilgan masalalarga keltirilmaydigan xususiy matematika 
masalalariga asoslanadi. Lekin, ularga katta epchillik xos bo‘lib, 
kriptoalgoritmlardan bo‘sh joylar payqalganda ulardan voz kechmay buni hisobga 
olib yana qo‘shimcha ishlash ko‘p vaqtni olmaydi. Masalan, DES, GOST 28147-89, 
FEAL, IDEA va boshqalar. Afsuski, so‘zsiz bardoshli kriptotizimlar amaliyotda 
noqulaydir.


Isbotlanarli bardoshli kriptoalgoritmlarning xavfsizligi ular asosiga olingan 
masalalarning yaxshi o‘rganilganligidadir. Kamchiligi zarurat tug‘ilganda 
kriptoalgoritmni tezkor tarzda qayta qurish imkoniyati yo‘qligidadir. Ular "qattiq" 
tizimlar bo‘lib, ularning bardoshliligini oshirishga matematika masalasi 
o‘lchamlarini oshirish yoki almashtirish orqali erishiladi. Bu albatta, shifrlangan 
apparatdagina emas, balki unga qo‘shni jihozlarda ham o‘zgarishlar zanjirini yuzaga 
keltiradi. 
Faraz bo‘yicha bardoshli kriptoalgoritmlar tegishli matematika 
masalalarining nisbatan kam o‘rganilganligi bilan xarakterlanadi.
Kalit bardoshliligi, kalitsiz o‘qishga bardoshlilik, imitobardoshlilik (taqlidga 
bardoshlilik) va yolg‘on axborotni tiqishtirish tushunchalarini farqlash lozim. 
Kalit bardoshliligi - bu eng yaxshi ma’lum algoritm bilan kalitni topish 
murakkabligidir. 
Imitobardoshlilik - bu eng yaxshi ma’lum algoritm yordamida yolg‘on 
axborotni ro‘kach qilishdir. 
Shunga o‘xshash, kriptoalgoritmning o‘z bardoshliligi, protokol 
bardoshliligi, kalitlar hosil qilish algoritmi va tarqatish bardoshliligi farqlanadi. 
Bardoshlilik sathi kriptotahlilchining imkoniyatlariga va foydalanuvchiga 
bog‘liq. 
2. Shennon tamoilida kriptografik tizimlarning bardoshliligi 
Shennon kriptografik tizimlarning (sistemalarning) bardoshliligi masalasiga 
ikki xil nuqtai nazar bilan qaradi. Birinchidan, nazariy bardoshlilik masalasini 
ko‘rdi: «Raqib kriptoanalitigi kriptografik sistemaning kriptoanalizi uchun yetali 
darajadagi texnik va boshqa kerakli vositalarga ega bo‘lsa hamda kriptotahlil
muddati chegaralanmagan bo‘lsa, ushbu kriptografik tizimning bardoshliligi 
qanday?». Kriptografik tizimning nazariy bardoshliligi tushunchasi kriptografik 
tizimlarni baholashga aniqlik kiritadi, lekin bardoshliligi yuqori bo‘lgan 
kriptotizimlarning yaratilishi nuqtai nazardan tushkunlikka olib keladi. Amalda 


ko‘plab hollarda nazariy bardoshli kriptotizimlarning yaratilishi mahfiy kalit 
hajmining cheksiz katta bo‘lib ketishi masalasi bilan bog‘liq.
Shuning uchun Shennon kriptotizimlarning amaliy bardoshliligi masalasini 
ham ko‘rdi, agar raqib kriptoanalitigi kriptotahlil uchun yetarli darajadagi vositalar 
bilan ta’minlanmagan bo‘lsa va analiz muddati cheklangan bo‘lsa kriptotizimning 
bardoshliligi qanday? Shu yerda alohida ta’kidlab o‘tamizki, ochiq kalitli 
kriptotizimlar amaliy bardoshli bo‘lib, nazariy bardoshli bo‘lishlari shart emas. 
 
Nazariy savollar 
1. So‘zsiz bardoshlilik tushunchasi. 
2. Faraz bo‘yicha bardoshlilik tushunchasi. 
3. Isbotlanarli bardoshlilik tushunchasi. 
4. Kalit bardoshliligi. 
5. Amaliy va nazariy bardoshlilik. 

Download 155.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling