Madaniyat yoki saviya?


Download 14.88 Kb.
Sana10.11.2023
Hajmi14.88 Kb.
#1765067
Bog'liq
MADANIYAT YOKI SAVIYA


MADANIYAT YOKI SAVIYA?...
Yurtimizda shunday holat borki, bu holat meni uzoq vaqtdan beri savollarga ko`mib keladi. Balki bu holat nafaqat bizda balki boshqa davlatlarda ham kuzatilsa kerak. Biz “Yangi O`zbekiston” yaratish yo`lida katta qadamlar bilan harakat qilayotgan bu davrda bu muammoni hal qilmasdan, ko`z yumib o`tib ketishimiz juda katta hato deb o`ylayman.
Ko`chada yurganimizda, do`konlarda, yoki boshqa aholi gavjum joylarda kuzatiladigan bu holat chetdan qaraganda juda hunuk, tartibsizlar mamlakatida yurgandek tuyiladi. Avtobus, metro bekatlaridagi tartibsizlik hammamizga ma`lum. Hamma bir birini turtgan, vagon yoki avtobus salonidan yo`lovchilar tushib ulgurmasidan, bekatdagi insonlar to`da bo`lib eshik oldida turib olishini desammi, do`konlardagi navbat talashib, bir birini turgan haridorlar ham yo`q emas.
O`zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida Sayyohlar keladigan yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Biz O`zbekiston vatandoshlari birinchi navbatda qanday davlatga kelgan ekanligining tasavvurini uyg`otamiz. Va bu tashqaridan qaraganda juda hunuk holat. Tasavvur qiling uyingizga mehmon kelgan va siz esa o`zingizni o`ta odobsiz shaklda tutyabsiz. Men O`zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman. Lekin o`zimizning qo`limizda bo`lgan oddiy holatlarda bunchalar o`zimizni tartibsiz tutishimiz juda achinarli holat.
Bunday holatlar juda ko`p davlatlarda kuzatiladi. Keling bu masalaga yechim topa olgan va qiynalayotgan ikkia rivojlangan davlatlar misolida ko`rib chiqaylik.
Birinchi davlat Yaponiya, men u yerda bo`lganim uchun ulardagi yechimni bevosita ko`rib guvohi bo`lganman. Yaponiyaning poytaxti Tokio shahrida bo`lganimda, u yerdagi insonlar ko`pligini ko`rib hayratlanganman. Lekin shunga qaramay shahar juda tartibli va toza. Piyodalar uchun mo`ljallangan yo`llarda odamlar juda ko`p va hamma huddi avtomobil yo`llarida yurgandek qarama – qarshi harakatlanadi. Avtobus, metro va poyezdlarda yo`lovchilar maxsus kutish joylarida bir birining ortida turib navbatma-navbat, avval tushadigan yo`lovchilarni o`tkazib yuborib keyingina vagon yoki avtobuslarga minishadi. Hattoki taksi kutadigan joylarda ham insonlar navbat bilan kelgan taksilarga minishadi. Va men bularni kuzatganimda bunday tartib intizom insonlarning o`zlaridami yoki bunga majbur qilishganmi degan savol tug`ildi. Va bir nechta insonlar bilan suhbatlashganimda, Yaponiyadagi maktablarning 1 sinfiga o`qishga borganida birinchi o`rganadigan mavzusi bu ekanligi, bolalarga nafaqat bular haqida balki, uyiga qanday borib kelishi, har qanday joyga borsa ham qanday qaytib kelishlari o`rgatilar ekan.
Download 14.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling