Mahobatli rang tasvir yo'nalishi magistranti Qarshiyev Behzodning “Xalq o'yinlari”


Download 13.37 Kb.
Sana30.10.2020
Hajmi13.37 Kb.
#138627
Bog'liq
Nutq madanyati Qarshiyev.B E.


Mahobatli rang tasvir yo'nalishi magistranti Qarshiyev Behzodning “Xalq o'yinlari.mavzusidagi magistirlik dissertatsiyasi haqida nutqi

O’zbekiston respublikasi mustaqillikga, erishganiga 29 yil bo’libdi shu mustaqillik yillari davomida, milliy qadiryatlarimiz an’analariz hamda milliy xalq o’yinlarimizga bo’gan qiziqish yanayam ordi. Chunki sobiq sho’ro xukumati davrida tasfiriy sanatning mahobatli rang tasfir yo’nalishida ilmiy va ijodiy ishlarga, etibor juda kam qaratilgan. Xar bir taraqqiy etgan, madaniyatli xalqning o’z tili, urf-odati, adabiyoti, asori-atiqalari, an'anaviy moddiy va ma'naviy boyliklari bo’ladi. O’zbеk xalqi xam dunyodagi eng qadimiy madaniyatga ega bo’lgan xalqlardan biri sifatida o’zining ma'naviy va moddiy xazinasiga ega. Ajdodlarimizdan bizga qadimiy urf-odatlar, tantanalar, xalqona mеros avloddan-avlodga o’tib kеlgan. Bu bilan biz xaqli ravishda faxrlansak arziydi. Xar bir xalq ana shu udumlar, urf-odat, o’tmishga chuqur tomir otib kеtgan o’q ildizlari bilan jahon madaniyatida o’ziga xos o’rin tutadi. O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros sifatida o‘tib kelayotgan, ma'naviy boyligimiz, qadriyatlarimizdan sanaladi. Xalq o‘yinlari azaldan ajdodlarimiz madaniy hayotining ajralmas qismi sifatida e’zozlanadi. Aksariyat o‘yinlarning ildizlari juda qadimiy bo‘lib, ular asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini boyitishga, ongu tafakkuri va his-tuyg‘ularini teranlashtirishga xizmat qilgan. O‘yinlarda xalqning turmush tarzi, mehnati, yutuqlari o‘z aksini topadi. Shu bois ular yosh avlodlarni tarbiyalashda “hayot maktabi” vazifasini o‘tagan.

O‘yin – turli ifodali vositalar bilan ma’lum qoida yoki oldindan kelishilgan shartlar asosidagi jismoniy musobaqalar, bellashuvlar, tafakkur bahslari va ijrochilik talablaridan vujudga kelgan milliy qadriyat hisoblanadi.

Ibn Sino “Tib qonunlari” asarida kurash va jismoniy mashqlarning kishi badantarbiyasidagi o‘rni, o‘yinning shifobaxsh xususiyatlari haqida to‘xtalgan, chavgon, nard, shaxmat, tirandozlik, qilichbozlik, chavandozlik kabi yuzlab o‘yinlar xususida yozib qoldirgan. Alisher Navoiy asarlarida bayramlar, tantanalar, to‘ylar munosabati bilan tashkil etilgan o‘yinlar haqida ko‘pgina ma’lumotlar bor. Ularda o‘yinlarning uyushtirilishi, ijrochilari, o‘tkazish qoidalari bayon etilgan.

“Alpomish” dostoni xalq o‘yinlarini o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Unda kurash, ot, poyga, uloq, nayza sanchish, kamondan o‘q otish, qilichbozlik, merganlik kabi o‘yinlar negizida mardlik, jangovarlik, oriyat, matonat, ma’naviy va jismoniy komillik kabi fazilatlar o‘z ifodasini topgan.

Doimiy o‘tkaziladigan o‘yinlar bilan birga har bir faslga xos o‘yinlar ham mavjud. Masalan, bahorda daraxtlar uyg‘onib, tollar kurtak chiqarganda – “tol bargak”, dala gullari ochilganda – “gul o‘yini”, pishiqchilik paytida danak, yong‘oq o‘yinlari, arg‘imchoq uchishlar sevib o‘ynalgan. Kech kuz, qishda yog‘ingarchilik boshlanib, yer yumshaganda qoziq, oshiq, tosh o‘yinlar odat tusiga kirgan. Qor yoqqanda “qorxat”, “qorbo‘ron”, yomg‘ir yoqqanda “yomg‘ir yog‘aloq”, kuchli shamol esganda “bo‘ron-bo‘ron”, sovuq o‘z kuchini ko‘rsatganda barcha sandal atrofida yig‘ilib, “topishmoq top”, “tez aytish”, “kim aytdi” kabilar o‘ynalgan. Kech kuzdan to bahorgacha “uloq-ko‘pkari” musobaqalari o‘tkazilgan.

Qadimdan yurtimizda to‘y-tomoshalar, bayramlar xalq o‘yinlari bilan yanada fayzli, ko‘tarinki ruhda o‘tgan. Xususan, eng ommaviy bo‘lgan milliy o‘yinlardan uloq-ko‘pkari va kurash to‘y va bayramlarning sevimli tomoshasiga aylangan.

Xalq orasida kurash tushuvchi kuchli odamlar juda hurmat qilingan, atrofdagilar ularga havas bilan qaragan. Shuning uchun belini bog‘lab kurash tushadigan polvonlar xalq shodiyonalarining ardoqli mehmoni sanalgan.



Hozirgi kunga kelib kurash yanada takomillashtirildi. Shu bois unga qiziquvchilar tobora ko‘paymoqda. Kurash bayramlarda, xalq sayillarida muntazam o‘tkazilmoqda.

Shu boisdan men o'z dissertatsiya ishim uchun xalq o’yinlari mavzusini tanladim,yani bu ilmiy va ijodiy ishim bilan bugungi kun va kelajak avlod uchun bir namuna sifatida qoldirishni maqsad qildim va bu bilan milliy an’analarimizni qadriyatlarimizni unutmasligimizga bir kichik hissamni qo’shmoqchiman.
Download 13.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling