O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I
IJRO YIG‘IMINI UNDIRISH TO‘G‘RISIDAGI SUD IJROCHILARI QARORLARINI HISOBINI YURITISH
VA ULARNING UNDIRILISHINI NAZORAT QILISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMANI
TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 24-noyabrda 1741-son bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-son
qarori bilan
tasdiqlangan Ijro yig‘imini undirish va foydalanish tartibi to‘g‘risida
nizomning
7-bandi
ijrosini
ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-
1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomning
12-bandiga muvofiq buyuraman:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 6-oktabrdagi 234-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 1741-1, 6.10.2011-y.) tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 40-son, 443-modda)
1. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini
yuritish va ularning
undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi
yo‘riqnoma
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilansinki, sud ijrochilari ijrosiga kelib tushgan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro yig‘imi 2007-
yilning 1-dekabridan boshlab undiriladi.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy
hujjatlarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (S. Sattarov) O‘zbekiston
Respublikasi vazirliklari, davlat
qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) ushbu
normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye
zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n
kundan keyin kuchga
kiradi.
5. Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash
departamenti 10 kun muddat ichida ushbu normativ-huquqiy
hujjatni manfaatdor shaxslar
e’tiboriga yetkazilishini ta’minlasin.
6. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari Z.
Xudoyqulov zimmasiga
yuklatilsin.