25. Undirilgan ijro yig‘imi miqdorini qaytarish uchun ijro yig‘imini to‘lagan shaxs majburiy ijro
harakati kim tomonidan amalga
oshirilganidan kelib chiqib, Sud departamentining markaziy
apparatiga yoki tegishli hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda, ijro yig‘imini
undirish bo‘yicha ijro harakatlari turli hududlarda amalga oshirilgan bo‘lsa,
ariza arizachining
xohishiga ko‘ra ijro yig‘imini undirgan Sud departamentining istalgan bo‘limiga taqdim etilishi
mumkin.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
sud hujjati yoki boshqa organ hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish
haqidagi hujjatning
tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi mazkur Yo‘riqnoma 24-bandining
ikkinchi
va
uchinchi
xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda;
ijro yig‘imi miqdori noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hisob-kitob hujjati yoki
boshqa hujjat — ijro yig‘imi mazkur Yo‘riqnoma 24-bandining
to‘rtinchi xatboshisida
nazarda
tutilgan asos bo‘yicha qaytarilganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan qarorining tasdiqlangan nusxasi — ijro yig‘imi
mazkur
Yo‘riqnomaning 24-bandi
beshinchi xatboshisida
nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha qaytarilganda.
26. Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi ariza Sud departamentining tegishli hududiy
boshqarmasi yoki markaziy apparati tomonidan ko‘rib chiqiladi va ariza berilgan kundan e’tiboran
besh kunlik muddat ichida ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul
qilinadi, qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganidan boshlab uzog‘i
bilan ikki kun
ichida qaytarish uchun Sud va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasining Ijro etuvchi
direksiyasiga yuboriladi. Ijro yig‘imini qaytarish Ijro etuvchi direksiya
tomonidan qaror olingan
kundan boshlab besh bank kuni davomida amalga oshiriladi.
27. Ijro yig‘imini qaytarish yoki qaytarishni rad etish to‘g‘risida qaror ustidan belgilangan
tartibda sudga murojaat qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: