Ijro yig‘imini undirish to‘G‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘G‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


II. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorni chiqarish va ijro etish tartibi


Download 106.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.06.2023
Hajmi106.47 Kb.
#1519984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1741-сон 24.11.2007. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

II. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorni chiqarish va ijro etish tartibi
6. Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarishda qarzdorga ijro
hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddat belgilab,
agar ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro hujjatidagi talablar bajarilmagan
taqdirda, qarzdordan undirilayotgan summaning yoki mol-mulk qiymatining 1 foizi (jismoniy
shaxsdan) yoxud 2 foizi (yuridik shaxsdan) miqdorida, agar mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro
hujjatlari ijro etilmagan taqdirda esa, jismoniy shaxsdan eng kam ish haqining 5 baravari, yuridik
shaxsdan eng kam ish haqining 10 baravari miqdorida ijro yig‘imi undirilishi to‘g‘risida qarzdorga
majburiy ravishda tushuntirishi shart.
Ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilanganda, ushbu muddatning o‘tishi ijro ishi
yurituvi qo‘zg‘atilgan kundan keyingi kundan boshlanishini nazarda tutish lozim.
Sud ijrochisi ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun muddat belgilashda ijro
hujjati talablari mohiyatini hisobga olishi va qonunda nazarda tutilgan doirada yetarli muddat
belgilashi lozim.
7. Sud ijrochisi tomonidan ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda ijro
hujjatida belgilangan talablar qarzdor tomonidan bajarilmasligi, qarzdorga nisbatan majburiy ijro
etish choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.
Ayni paytda sud ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Mazkur Yo‘riqnomaning 13-bandi 
oltinchi xatboshisida
nazarda tutilgan holatlar mavjud
bo‘lganda, ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror chiqarilmaydi.
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror, qarzdorning xarajatlar smetasini ro‘yxatga olgan
moliya organining tegishlicha rasmiylashtirilgan va qarzdorni budjet tashkiloti deb topilishini
tasdiqlovchi xati qarzdor — yuridik shaxs tomonidan qaror chiqarilguniga qadar sud ijrochisiga
taqdim etilgan taqdirda ham chiqarilmaydi.
8. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risida qaror ixtiyoriy ravishda ijro etish muddati tugagandan
keyingi kundan kechiktirmasdan sud ijrochisi tomonidan mazkur Yo‘riqnomaning 
1-ilovasiga
muvofiq shaklda chiqariladi.
9. Sud ijrochisining ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarori katta sud ijrochisi tomonidan
tasdiqlanishi lozim. Sud departamenti yoki uning hududiy boshqarmasining sud ijrochisi


maqomiga ega inspektorlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, tegishlicha Sud departamentining
Sud qarorlarini ijro etish boshqarmasi boshlig‘i yoki hududiy boshqarmalarning Sud qarorlarini ijro
etish bo‘limi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
10. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorning nusxasi uni chiqargan kunning ertasidan
kechiktirmasdan qarzdorga shaxsan taqdim etiladi yoki topshirilganligi ma’lum qilinadigan
buyurtma xat bilan pochta aloqasi orqali yuboriladi.
11. Ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ish yurituvi alohida ijro ish yurituvi qo‘zg‘atilmasdan amalga
oshiriladi.
Ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ish yurituvi ijro yig‘imi qo‘llashga asos bo‘lgan ijro hujjati
(keyingi o‘rinlarda matnda asosiy ijro hujjati deb yuritiladi) bilan birgalikda yuritiladi. Bunda ijro
yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorga asosiy ijro hujjatining ro‘yxat raqami beriladi.
12. Ijro hujjatlari bo‘yicha majburiy ijro etish choralarini amalga oshirishda undiruv mol-mulk
va pul mablag‘lariga asosiy ijro hujjati bo‘yicha qarzni, ijro yig‘imi va ijro xarajatlarini qoplash uchun
yetarli bo‘lgan miqdor va hajmda qaratiladi.
Ijro yig‘imi Qonunning 
52
 va 
69-moddalariga
muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan
pul summalari va mol-mulkdan undirilmaydi.
13. Ijro yig‘imi:
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha — qarzdordan undirilgan pul
summasiga mutanosib ravishda;
mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha — majburiy ijro etish bo‘yicha
choralar qo‘llashga kirishilishi bilan undiriladi.
Ijro yig‘imi quyidagi undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha undirilmaydi:
budjet tashkilotlaridan, shu jumladan davlatdan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkni
undirish. Bunda, tashkilotning budjet tashkiloti deb topilishini tasdiqlovchi hujjat qarzdor
tomonidan sud ijrochisiga taqdim qilinadigan mazkur tashkilotning xarajatlar smetasini ro‘yxatga
olgan tegishli moliya organining xati hisoblanadi.
Davriy to‘lovlarni (aliment undirish haqidagi, mayib bo‘lish yoki sog‘liqqa boshqacha shikast
yetganligi, boquvchining o‘limi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi va boshqa
ishlar bo‘yicha) undirish.
14. Solidar tartibda bir necha qarzdordan undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo‘yicha ijro
yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror har bir qarzdorga nisbatan chiqariladi. Ushbu holatlarda
qarorlarni rasmiylashtirish, ijro yig‘imini undirish va undirilgan summalar hisobini yuritish solidar
qarzdorlar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish tartibida amalga oshiriladi. Bunda, barcha
qarzdorlardan undirilgan ijro yig‘imining umumiy summasi asosiy ijro hujjati bo‘yicha jami undiruv
summasidan kelib chiqqan holda hisoblanadigan yig‘im summasidan oshib ketmasligi lozim.
15. Bir qarzdorga nisbatan bir necha ijro hujjatini ijro etishda, ijro yig‘imi har bir ijro hujjati
bo‘yicha alohida undiriladi.
Bir nechta talablar (ijro hujjatlari) bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro yig‘imlari Qonunning
80-moddasida
belgilangan tartibda tegishli talabning qanoatlantirish navbatiga ko‘ra undiriladi.
Bunda, mulkiy xaraktyerga ega bo‘lmagan ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdordan undiriladigan ijro
yig‘imlari, shuningdek mulkiy xaraktyerga ega bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha qonunda belgilangan
muddatda realizatsiya qilinmagan mol-mulkni undiruvchiga topshirish holatlari birinchi navbatda
qanoatlantiriladigan talablarga tenglashtiriladi. Mazkur xatboshi bilan belgilangan qoidalar
qarzdorning bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini hisobdan chiqarish navbatlarini belgilash
vaqtida ham tatbiq etiladi.
Mazkur qoidani qo‘llash misollari ushbu Yo‘riqnomaning 
2-ilovasida
keltirilgan.
16. Ijro ishi yurituvi qarzdorning sotilmagan mol-mulkini undiruvchiga berilishi munosabati
bilan tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi berilgan mol-mulk qiymatidan kelib chiqqan holda
tegishli miqdorlarda undiriladi. Bunda, ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorning ijrosi umumiy
belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Ijro ishi yurituvi qarzdorni sotilmagan mol-mulkini qabul qilishni undiruvchi rad etishi
munosabati bilan tamomlangan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati
bo‘yicha undirilgan summaga mutanosib ravishda undiriladi, ijro yig‘imining sotilmagan mol-
mulkka to‘g‘ri keladigan qolgan qismi bo‘yicha ish yurituvi sud ijrochisining tegishli qarori bilan
tugatiladi.
17. Asosiy ijro hujjati Qonunning 
62-moddasiga
muvofiq, tugatish komissiyasi (tugatuvchi)ga
yuborilgan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha undirilgan
summaga (mol-mulk qiymatiga) mutanosib ravishda undiriladi. Ijro yig‘imining qolgan qismi
bo‘yicha ish yurituvi sud ijrochisining tegishli qarori bilan tamomlanadi.
18. Qarzdor ijro ishi yurituvidan taraf sifatida chiqib ketgan taqdirda (qarzdor shaxsning vafot
etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz kechilishi,
qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) sud ijrochisi Qonunning 
12-moddasiga
muvofiq,
o‘zining qarori bilan qarzdorni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda
almashtirishi shart. Mazkur qarorda yig‘imni to‘lash majburiyati ushbu huquqiy vorisga o‘tishi
haqida ham ko‘rsatiladi.
19. Asosiy ijro hujjati Sud departamentining boshqa bo‘linmasiga yuborilgan taqdirda, ijro
yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror ham Qonunning 
25-moddasida
belgilangan tartibda yuborilishi
lozim.
20. Asosiy ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yurituvi Qonunning 37-moddasi 
1—5
va 
7-bandlariga
asosan tugatilgan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha
undirilgan summaga (mol-mulk qiymatiga) mutanosib ravishda undiriladi, ijro yig‘imining qolgan
qismi bo‘yicha ish yurituvi sud ijrochisining tegishli qarori bilan tamomlanadi.
21. Asosiy ijro hujjati Qonunning 40-moddasi 
1

3—6-bandlariga
asosan undiruvchiga
qaytarilgan taqdirda, ijro yig‘imi sud ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjati bo‘yicha undirilgan
summaga (mol-mulk qiymatiga) mutanosib ravishda undiriladi, ijro yig‘imining qolgan qismi
bo‘yicha ish yurituvi sud ijrochisining tegishli qarori bilan tamomlanadi.
22. Undiruv qarzdorning ish haqi yoki unga tenglashtirilgan to‘lovlariga qaratilgan taqdirda,
sud ijrochisi Qonunning 
64-moddasida
belgilangan tartibda asosiy ijro hujjati bilan birga ijro
yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorni ham tegishli tashkilotga yuboradi.
23. Asosiy ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ
tomonidan to‘xtatib turilgan taqdirda, ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ish yurituvi ham asosiy ijro
hujjati bo‘yicha ish yurituvi tiklangunga qadar to‘xtatib turiladi. Ushbu holatda ijro yig‘imini undirish
bo‘yicha ish yurituvini to‘xtatish haqida alohida qaror qabul qilish talab qilinmaydi.
Sud ijrochisi tomonidan asosiy ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlarini keyinga qoldirish
to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, mazkur qarorda ijro yig‘imini undirish bo‘yicha ijro harakatlarini
ham keyinga qoldirish haqida ko‘rsatib o‘tiladi.

Download 106.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling