Ijro yig‘imini undirish to‘G‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘G‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


Bir qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjatlarini ijro etishda ijro yig‘imini undirish bo‘yicha


Download 106.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi106.47 Kb.
#1519984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1741-сон 24.11.2007. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

Bir qarzdorga nisbatan bir nechta ijro hujjatlarini ijro etishda ijro yig‘imini undirish bo‘yicha
misollar
1-Misol.
Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsdan turli navbatdagi
qarzdorlikni undirish to‘g‘risida 3 ta ijro hujjati kelib tushgan: soliq bo‘yicha 100 000 so‘m
boqimanda qarzdorlik undirish to‘g‘risida (birinchi navbatdagi talab); xo‘jalik yurituvchi subyektlar
o‘rtasida shartnomaviy munosabatlardan yuzaga kelgan 60 000 so‘m qarzdorlikni undirish
to‘g‘risida (oltinchi navbatdagi talab); garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan 50 000 so‘m bank
kreditini undirish to‘g‘risida (to‘rtinchi navbatdagi talab). Biroq, qarzdor tomonidan ko‘rsatilgan
ijro hujjatlari bo‘yicha ijro hujjati talablari ixtiyoriy ravishda bajarilmagan. Shu sababli, sud ijrochisi
ko‘rsatilgan har bir ijro hujjati bo‘yicha undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida ijro yig‘imi
undirish to‘g‘risida alohida qarorlar chiqargan.
Majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish jarayonida qarzdorning mol-mulkini
realizatsiya qilishdan sud ijrochilari bo‘limining depozit hisob raqamiga faqatgina 150 000 so‘m
kelib tushdi. Ushbu holatda depozit hisob raqamiga kelib tushgan summadan birinchi navbatda
soliqlar bo‘yicha boqimanda qarzdorlik va u bo‘yicha ijro yig‘imi (100 000 so‘m (boqimanda) +
2000 (yig‘im) = 102000 so‘m) undiriladi. Ayni paytda, mazkur ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi
tamomlanadi. Qolgan 48 000 so‘m hisobidan mutanosib ravishda keyingi navbatdagi talab va u
bo‘yicha tegishli yig‘im (47 040 so‘m (kredit bo‘yicha qarzdorlik) + 960 (yig‘im) = 48 000 so‘m)
qanoatlantiriladi.
2-Misol.
Sud ijrochisining ish yurituviga qarzdor — yuridik shaxsdan bir xil navbatdagi
qarzdorlikni undirish to‘g‘risida 3 ta ijro hujjati kelib tushgan: soliqlar bo‘yicha 190 000 so‘m
boqimanda qarzdorlikni undirish to‘g‘risida (birinchi navbatdagi talab); ish haqi bo‘yicha 60 000
so‘m qarzdorlikni undirish to‘g‘risida (birinchi navbatdagi talab); mualliflik shartnomasi bo‘yicha
50 000 so‘m mukofotni undirish to‘g‘risida (birinchi navbatdagi talab). Biroq, qarzdor ko‘rsatilgan
ijro hujjatlari bo‘yicha ijro hujjati talablarini ixtiyoriy ravishda bajarmagan. Shu sababli, sud
ijrochisi ko‘rsatilgan har bir ijro hujjati bo‘yicha undirilayotgan summaning 2 foizi miqdorida ijro
yig‘imi undirish to‘g‘risida alohida qarorlar chiqargan.
Majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish jarayonida qarzdorning mulkini realizatsiya
qilishdan sud ijrochilari bo‘limining depozit hisob raqamiga faqatgina 150 000 so‘m kelib tushdi.
Ushbu holatda, dastlab, barcha talablarga to‘g‘ri keladigan summalar mutanosib ravishda
aniqlab olinadi (natija = 95000/30000/25000). So‘ngra, bu summalardan tegishli talab va u
bo‘yicha ijro yig‘imi mutanosib ravishda quyidagi tartibda qanoatlantiriladi:
1) 93 100 so‘m (boqimanda) +1 900 so‘m (yig‘im) = 95 000
2) 29 400 so‘m (ish haqi) + 600 so‘m (yig‘im) = 30 000
3) 24 500 so‘m (mukofot) + 500 so‘m (yig‘im) = 25 000
Depozit hisob raqamga kelib tushgan mablag‘lardan 147 000 so‘mi ijro hujjatlari talablarini
qanoatlantirishga, qolgan 3000 so‘m ijro yig‘imini undirishga yo‘naltiriladi.

Download 106.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling