Ijro yig‘imini undirish to‘G‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘G‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida


IV. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror hisobini yuritish


Download 106.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi106.47 Kb.
#1519984
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1741-сон 24.11.2007. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi sud ijrochilari qarorlarini hisobini yuritish va ularning undirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida

IV. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror hisobini yuritish
28. Sud departamentida, hududiy boshqarmalarda va sud ijrochilarining tuman (shahar)
bo‘limlarida mazkur Yo‘riqnomaning 
3-ilovasiga 
muvofiq shaklda ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
qarorlarni hisobga olish kitobi yuritiladi.
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qarorlarni hisobga olish kitobi raqamlanib, tikiladi va
tegishlicha Sud departamenti yoki uning hududiy boshqarmasining asosiy muhri bilan
tasdiqlanadi.
29. Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kunda ro‘yxatga olinadi va tegishli
asosiy ijro hujjatining majburiy ijrosini amalga oshirayotgan sud ijrochisiga imzo qo‘ydirgan holda
beriladi.
30. Ijro yig‘imi summalari tegishli bank muassasasida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga
o‘tkaziladi.
Sud departamenti, hududiy boshqarmalar va sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari har
oyda tegishli bank muassasalari bilan ijro yig‘imi summalarining tushumini belgilangan shaklda
solishtirib boradilar.
31. Sud departamentining hududiy boshqarmalari har chorakda kamida bir marta sud
ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan mazkur Yo‘riqnoma talablariga rioya qilinishini,
shu jumladan ijro yig‘imi summalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida undirilishi va o‘tkazilishini tekshirib
boradilar.
V. Yakuniy qoidalar
32. Mazkur Yo‘riqnomaning bajarilishini nazorat qilish Sud departamenti tomonidan amalga
oshiriladi.
Ijro yig‘imining hisobini yuritish va undirishning belgilangan tartibi ustidan doimiy nazoratni
amalga oshirish Sud departamentining hududiy boshqarmasi boshlig‘iga yuklatiladi.
33. Mazkur Yo‘riqnoma talablarining buzilishi qonunda belgilangan javobgarlikni keltirib
chiqaradi.


Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
sud ijrochilari qarorlarini hisobini
yuritish va ularning undirilishini
nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
yo‘riqnomaga
1-ILOVA
Ijro yig‘imini undirish to‘g‘risidagi
sud ijrochilari qarorlarini hisobini
yuritish va ularning undirilishini
nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
yo‘riqnomaga
2-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
_______________________________
_______________________________
_______________________________
“____” __________ 200___ y.

Download 106.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling