Kiritiladigan masalalar
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
2022-yil birinchi chorak
- Bu sahifa navigatsiya:
- I-chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida HISOBOT I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGIGA KIRITILADIGAN MASALALAR
A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil rejasiga asosan I-chorakda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida HISOBOT I. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGIGA KIRITILADIGAN MASALALAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4963-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom” tasdiqlandi. Nizom bilan xalq ta’limi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi belgilandi. Nizomga muvofiq, endilikda xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish faoliyati bilan shug‘ullanadigan nodavlat ta’lim tashkilotlari reestri shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-4963- son qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi, xalq ta’limi sohasidagi muammolarni tahlil qilish va ularga amaliy yechim izlab topish mexanizmini yo‘lga qo‘yish va sohani bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan 128 betlik hisobot tayyorlanib nashr qilindi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining tegishli bandlari ijrosi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-avgustdagi “Respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari va xo‘jalik birlashmalarida hujjatlar (O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmon, Qaror, Farmoyishlari, Hukumat Qaror va Farmoyishlari) bilan ishlash va ularning ijrosini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 11-10-sonli tartibi ijrosi bo‘yicha har oyning 5 sanasiga qadar (2022-yil 4-fevraldagi 01/09- 133-son), (2022-yil 4-martdagi 01/09-254/1-son), xatlar bilan hisobotlar tasdiqlanib, Xalq ta’limi vazirligining Ijro intizomi va yig‘ma axborot tahlil boshqarmasiga taqdim etildi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling