Majusizm miloddan avvalgi 7-6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi. Asoschisi


Download 141 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi141 Kb.
#1151574
Bog'liq
Zardushtiylik


Zardushtiylik, majusizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan majusiylar oqimi.Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan edi. Qad. paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida tanilgan. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik oqimida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtiylik oqimida murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu oqim jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi oqimga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.
Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo’lib, bu din er.avval VII-VI asrlarda dastavval O’rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo’lgan. Uning payg’ambari Zardusht tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi yakka xudolik dinini ijod etgan.
Zardushtiylik paydo bo’lgan davr birinchi sinfiy jamiyat, ya’ni quldorlik davri endi paydo bo’layotgan davr edi. U urug’-qabilachilik tuzumi emirilib aholi qullar va quldorlarga, zolim va mazlumlarga bo’linayotgan davr bo’lgan. Bu din eng avval O’rta Osiyo, so’ng Eron, Ozarbayjonda qaror topgan edi.
Zardushtiylik dinining paydo bo'lishi. Butun O’rta Osiyo moddiy va ma’naviy madaniyatining beshigi Xorazm vohasi va u erda yashagan turkiy elatlar bo’lgan, shulardan o’zbek elati tashkil topgan.
Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo’lgan din sifatida undan oldingi urug’ qabilachilik dinlari negizida paydo bo’lgan yakka xudolik dini bo’lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so’ng o’rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o’rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda.
Vujudga kelishi. Zardushtiylik mil. av. III-II ming yilliklarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan dindir. Zardushtiylik vahy orqali e’lon qilingan jahon dinlarining eng qadimiysidir. U insoniyatga boshqa barcha dinlarga nisbatan bevosita va bilvosita eng ko’p ta’sir o’tkazgan dindir. Insoniyat tarixida har bir kishi uqidan ilohiy hukm amalga oshirilishi, jannat va jahannam, qiyomat-qoyim, unda tanalarning qayta tirilishi, tana va ruh qayta birlashib mangu yashashi haqida birinchi bor shu din doirasida fikr yuritildi. Keyingi asrlarda bu g’oyalar yahudiylik, xristianlik va boshqa dinlar tarafidan o’zlashtirildi. Aytib o’tish joizki, ushbu din paydo bo’lgan davr va uning vatani – hali fanda oxirigacha to’liq echilgan masalalar emas. Zardushtiylik dini payg’ambar Zardusht nomiga nisbat berilib, shartli ravishda shunday atab kelinadi. Aslida esa u mazkur dinning muqaddas kitobi hisoblanmish Avestoda «Mazdayasna» dini deb atalgan. Bu so’zni «Mazdaga sig’inmoq» deb tarjima qilish mumkin. «Mazda» so’zi «donish, donishmand, oqil» kabi talqin etiladi. Zardushtiylik yana «Behdin», ya’ni «Eng yaxshi din» deb ham ulug’langan. Uning ta’limotiga ko’ra, barcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan. «Mazda» so’zi oldiga ulug’lash ma’nosini anglatuvchi «Axura» qo’shilib, zardushtiylikning ilohiyati – Axura-Mazda nomi paydo bo’lgan. Bu – «Janob Mazda» yoki «Iloh» demakdir. Zardusht nomi tadqiqotlarda Zaratushtra, Zarduts, Zoroatsr ko’rinishlarida ham ishlatiladi. Tadqiqotchilar o’rtasida Zardushtning tarixda bo’lgan yoki bo’lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Ba’zilar uni tarixiy shaxs deb bilsalar, boshqalar afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u taxminan mil. av. 1200-570 yillar orasida yashagan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Tadqiqotchi M. Boys ta’kidlashicha, u mil. av. 1500-1200 yillar orasida yashagan. Zardusht Markaziy Osiyo hududida mavjud bo’lgan ko’pxudolikka negizlangan qadimiy diniy tasavvur va e’tiqodlarni isloh qilib, yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug’ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi xususida ikki xil qarash bor. Birinchisi – «G’arb nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra Midiya (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili shuki, birinchidan, zardushtiylikning qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo’lsa, ikkinchidan, zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoga keyin yozilgan sharhlarning qadimiy Eron-pahlaviy tilida bo’lganligidir. E’tibordan chiqarmaslik kerakki, zardushtiylik uch buyuk Eron imperiyasi – Ahamoniylar, Arshakiylar va Sosoniylar davrlarida, ya’ni mil. av. XI asrdan to mil. XII asrigacha ketma-ket aynan Yaqin va O’rta Sharqda davlat dini maqomida bo’lgan. Ikkinchisi, «Sharq nazariyasi» bo’lib, unga ko’ra, Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi. Ko’pchilik manbashunoslar ikkinchi nazariya tarafdorlaridirlar. Xorazm zardushtiylikning muqaddas olovi Ozarxurra birinchi bor yoqilgan va eng buyuk xudo – Axura-Mazdaning Zardusht bilan bog’langan joyi hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «Airyanem-Vaeja» (ba’zi manbalarda – «Eran-vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vaeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to’g’ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo’lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vaeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo’l» Sug’d (So’g’d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko’tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.
Zardushtiylik ta’limoti. Zardushtiylik ta’limoti Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bo’lgan tabiat kuchlarini ilohiylashtiruvchi e’tiqodlarga (Markaziy Osiyo qadimgi aholisining «eski dini»ga) nisbatan monoteitsik ta’limotdir. U behuda qon to’kuvchi qurbonliklar, harbiy to’qnashuvlar, bosqinchilik urushlarini qoralab, o’troq, osoyishta hayot kechirishga, mehnatga, dehqonchilik, chorvachilik bilan shug’ullanishga da’vat etadi. Moddiy hayotni yaxshilashga urinishni yovuzlikka qarshi kurash deb hisoblaydi. Zardushtiylik dinida qo’riq er ochib, uni bog’u rog’ga aylantirgan odam ilohiyot rahmatiga uchraydi. Aksincha, bog’lar, ekinzorlarni, sug’orish inshootlarini buzganlar katta gunohga qoladilar. Zardusht insonlarga tinch-totuv yashashni, halol mehnat qilishni o’rgatmoqchi bo’ladi. Bunga ko’ra insonning bu dunyodagi hayotiga yarasha narigi dunyodagi taqdiri ham bo’lajak, har bir inson o’lgandan so’ng o’zining bu dunyodagi qilmishiga yarasha abadiy rohat – jannatga, yoki yomon ishlari ko’p bo’lsa na xursandlik va na xafalik ko’rmaydigan arosat joy – misvongatuga tushadi. Zardushtiylik negizida olamning qarama-qarshiliklar kurashi asosiga qurilgani turadi: yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, hayot va o’lim o’rtasida abadiy kurash davom etadi. Barcha yaxshiliklarni Axura-Mazda va barcha yomonliklarni Anxramaynyu (yoki Axriman) ifodalaydi. Axura-Mazda insonlarga ezgu ishlarni bayon etib ularga amal qilishni buyuradi, yomon ishlardan saqlanishga chaqiradi. Zardushtiylikda imon uchta narsaga asoslanadi: fikrlar sofligi, so’zning sobitligi, amallarning insoniyligi. Har bir zardushtiy kuniga besh marta yuvinib, poklanib, quyoshga qarab, uni olqishlab, sig’inishi shart. Zardushtiylik ibodatxonalarida doimiy ravishda olov yonib turadi. Ularda dunyodagi to’rt unsur – suv, olov, er va havo ulug’lanadi. Zardushtiylik dafn marosimi o’ziga xos bo’lib, o’lganlar bir necha pats, baland «sukut minoralari» – daxmalarga solinadi, u erda murdalarning go’shtlarini qushlar eb, suyaklarini tozalaydi. Go’shtdan tozalangan suyaklar maxsus sopol idishlarga solinib minora o’rtasidagi quduqqa sochib yuboriladi. Bunda poklik bilan nopoklikning bir-biriga yaqinlashmasligiga erishiladi. Zardushtiylik dini dunyodagi eng qadimiy dinlardan biri hisoblanib, mil. av. XII-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Kichik Osiyo xalqlari unga e’tiqod qilganlar. Eronda Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida uning muqaddas kitobi Avesto ruhoniylar tomonidan og’zaki rivoyatdan yig’ilib, birinchi marta kitob shakliga keltirilgan. Ayrim qismlariga, ayniqsa «Videvdat» bo’limiga o’zgartirishlar kiritilib, qayta ishlangan. VII asrda O’rta Osiyoga islom dini kirib kelib, keng tarqalguniga qadar zardushtiylik mahalliy xalqlarning asosiy dini hisoblangan. Buni, jumladan, arxeologik tadqiqotlar isbotlaydi. Hozirgi kunda zardushtiylikka e’tiqod qiluvchi diniy jamoalar mavjud. Ular Hinditsonning Mumbay (Bombey, G’ujarot shtatlarida; 115 ming kishiga yaqin), Pokitson, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, Kanada, AQSh, Avsraliya va Eronning (Tehronda 19 ming kishidan ortiq) ba’zi chekka viloyatlarida saqlanib qolgan. Eron Islom Respublikasida zardushtiylik diniga e’tiqod qilish qonun tomonidan ruxsat etilgan. Mumbayda zardushtiylarning madaniy markazi Koma nomidagi insitut faoliyat olib boradi. Undan tashqari Mumbayda homiy Dxalla raisligida dunyo zardushtiylari madaniyati fondi ishlab turibdi. 1960 yilda zardushtiylarning I umumjahon kongressi Tehronda o’tkazildi. Keyingi kongresslar Bombeyda o’tkazildi.

Zardushtiylik, zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din.Asoschisi — Zardusht deli. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan. Qadimda paxlaviy tilida "Zardusht" soʻzi "Magupta" deb atalgan. Paxlaviy tilidagi yodgorliklarni arab tiliga tarjima qilgan olimlar uni "majus" shaklida qoʻllagan. Natijada oʻrta asrlardan beri "Zardusht" "majus", "zardushtiylik" esa "majusiylik" sifatida qoʻllanib kelingan. Zardushtiylikda "otash" va "quyosh" tangri Ahuramazdanmng oʻgʻli deb hisoblangan. "Hyp", "otash" Zardushtiylikning ramzi, timsolidir. Zardushtiylikda Ahuramazda oliy xudo hisoblanganligi uchun Zardusht — mazdaizm yoki mazdaiylik deb ham atalgan. Zardushtiylik taʼlimoti uning muqaddas kitobi — Avestoda bayon etilgan. Zardushtiylik taʼlimoti dunyodagi hamma tartiblar yaxshilik va yomonlik, yorugʻlik va qorongʻulik, hayot va oʻlim oʻrtasidagi kurashga bog'liq, deb tushuntiradi. Olamdagi hamma yaxshiliklarni Ahuramazda, yomonliklarni Anxramaynu ifodalaydi. Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi kurashadi, lekin uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi kurash olam dagi jarayonlar mazmunini tashkil etadi. Odam bu kurashda tanlash erkinligiga ega boʻlgan, oʻz faolligi bilan dunyoda adolat tantanasiga taʼsir eta oladigan shaxsdir. Avestoda koʻchmanchilik va dehqonchilik hayot tarzi oʻrtasidagi qaramaqarshilik bayon etiladi, koʻchmanchilikka hamma yovuzliklarni keltirib chiqaradigan hayot tarzi deb qaraladi va u qoralanadi, dehqonchilik esa yaxshilik belgisi sifatida ragʻbatlantiriladi. Zardushtlik dinida olov gunoxlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaraladi. Zardushtlikning axloqiy taʼlimoti "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" dan iborat muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topgan. Zardushtning talabiga koʻra, har bir inson tangrining yakkayu yagonaligini eʼtirof etishi, xoh erkak, xoh ayol boʻlsin ilm oʻrganishi, turli kasblarni egallashi, chorvachilik, dehqonchilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanishi, kanal qazishi, yer ochishi lozim. Eng asosiysi — Zardushtlikda eʼtiqod erkinligi mavjud boʻlgan. Zardusht insonlarni tenglikka, hamjihatlikka, birbiriga yaxshilik qilishga, yer yuzida tinch-totuv hayotni taʼminlash uchun kurashga chorlagan, unda maʼrifat zulmatga, adolat zulmga qaramaqarshi qoʻyilgan. Zardushtlikda har bir inson butun kuchini oʻzini kamolatga yetkazish yoʻliga sarf etmogʻi lozim. Zardushtlik murdani tuproqqa koʻmish yoki kuydirishni taqiqlaydi. Bu din jonning oʻlmasligini, uning abadiyligini tan oladi, jannat va doʻzaxni ham eʼtirof etadi. Otashkada zardushtiylarning ibodatxonasi hisoblanadi. Zardushtlik ruhoniylari alohida tabaqa sifatida ajratilib, ularga maxsus imtiyozlar berilgan. Zardushtlik arshakiylar va sosoniylar podsholigi davrida hukmron dinga aylangan. Zardushtlik 13 yuzyillik davomida ajam mamlakatlarida asosiy din boʻlib kelgan. Arablar 7-asr oʻrtalari — 8-asr boshlarida Eron va Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin islom dini hukmron dinga aylangach, zardushtiylar quvgʻin qilindilar. Zardushtiylar Hindiston va Eronda hozir ham mavjud. Eronning Yazd va Gilon viloyatlarida ularning soni 100 mingdan, Hindistonning Maharashtra, Gujarot shtatlarida 115 mingdan ziyodni tashkil qiladi.
Tadqiqotchilar o'rtasida Zardushtning tarixda bo'lgan yoki bo'lmaganligi borasida turli fikrlar mavjud. Baʼzilar uni tarixiy shaxs deb bilishsa, yana boshqalar uni afsonaviy shaxs deb hisoblaydilar. Manbalarning xabar berishicha, u eramizdan avvalgi, taxminan, 570 yillarda tug'ilgan ilohiyotchi, faylasuf, shoirdir. Zardusht O'rta Osiyodagi ko'pxudolikka asoslangan qadimiy diniy tasavvur va eʼtiqodlarni isloh qilib yangi dinga asos soldi. Zardushtning tug‘ilgan va ilk diniy faoliyatini boshlagan joyi to'g'risida ikki fikr mavjud: birinchisi «G'arb teoriyasi» bo'lib, unga ko'ra Media (hozirgi Eron hududida) Zardushtning vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi hisoblanadi. Bu fikr tarafdorlarining dalili — birinchidan zardushtiylikning Qadimiy Eron hududlarida keng tarqalganligi bo‘lsa, ikkinchidan zardushtiylikning muqaddas kitobi sanalmish Avestoning bizgacha yetib kelgan nusxasi qadimiy eron-pahlaviy tilida yozilganligidir.
Yana bir boshqa fikr «Sharq teoriya»si bo‘lib, bunga ko'ra Zardusht vatani va zardushtiylikning ilk tarqalgan joyi Xorazm hisoblanadi va ko'pchilik manbashunoslar shu teoriya tarafdoridirlar. Xorazm birinchi bo'lib Zardushtiylik muqaddas olovi «Atar — xurra» yoqilgan va Axuramazda Zardusht bilan bog'langan joy hisoblanadi. Zardushtiylikning asosiy manbasi hisoblangan Avestoda: "birinchi bor muqaddas olov «Atarxurra» «Eran-vej» (baʼzi manbalarda «Ayrian vedja»)da yoqildi" deyiladi.
«Eran-vej»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to'g'ri keladi.
Avestoda Axuramazda tomonidan berilgan «Barokot va najot» sohibi bo‘lgan bir qator mamlakatlarni zikr etiladi va ularning eng birinchisi deb, «dunyoda hech narsa uning chiroyiga teng kela olmas Eran-vej», keyin «odamlar va chorva podalariga mo'l» Sogd (Sug'd), «Qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «Baland ko'tarilgan bayroqlar mamlakati» Batxi (Baktriya) zikr etiladi.
Avestoda, shuningdek, Zardusht tug'ilgan va o'z faoliyatini boshlagan yurt haqida ham maʼlumot beriladi. Aytilishicha, «Shunday mamlakatni ko'p sonli lashkarlarni botir sarkardalar boshqaradilar, baland tog'lari bor, yaylov va suvlari bilan go'zal, chorvachilik bu uchun barcha narsa muhayyo, chuqur, suvga mo'l ko'llari bor, keng qirg'oqli va kema yurar daryolari o'z to'lqilarini Iskata (Skifiya), Pauruta, Mouru (Marv), Xareva (Ariya) Bava (Sug'd hududida), Xivayrizima (Xorazm) mamlakatlari tomon elituvchi daryolari bor».
Shubhasiz, «Keng qirg'oqli, kema yurar daryolar» bu Amu va Sirdaryo bo‘lib, Avesto tasvirlagan mazkur shaharlar O'rta Osiyo shaharlarining bu ikki daryo qirg'oqlarida joylashganlaridir.
Shunga asoslanib, biz Zardushtning vatani, Zardushtiylikning ilk makoni va Avestoning kelib chiqish joyi deb Xorazm, Sug'd, Farg'ona yoki Baktriyani ayta olamiz.
Avestoning «yasht» qismida bayon etilishicha, Zardushtning vatandoshlari unga ishonmaydilar va uning taʼlimotini qabul qilmaydilar. Zardusht vatanni tark etib, qo'shni davlatga ketadi, u yerning malikasi Xutoasa va Shoh Vishtaspaning xayrixohligiga erishadi, ular Zardusht taʼlimotini qabul qiladilar. Natijada qo'shni davlat bilan urush boshlanib, Vishtaspa g'alaba qozonadi. Shundan so'ng bu taʼlimot xalqlar o'rtasida keng tarqala boshlagan.
Shoh Vishtaspa farmoniga binoan Zardushtning 1200 bobdan iborat pandnomasi Avestoning qadimiy qismi «Gotni» yozib shohning otashkadasiga topshirgan.

Avesto» – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Avesto (parfiyoncha: apastak – matn; koʻpincha "Zend-Avesto", ya’ni "tafsir qilingan matn" deb ataladi) – Zardusht dinining Muqaddas kitoblari toʻplami.
Zardusht diniga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu taʼlimotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. «Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud.
«Avesto» oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda dastlab toʻqqiz hoʻkiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. 7-3 asr) davrida 21 kitob holida yigʻilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» nomi bilan sharhlar bitilgan.
«Avesto» toʻrt qismdan iborat:

  • Yasna («Diniy marosimlar»),

  • Yasht (maʼno jihatdan Yasnaga yaqin),

  • Visparad («Barcha Ilohlar haqidagi kitob»),

  • Vendidad («Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi»).
    Yasna tarkibiga kirgan madhlar «Gatlar» (ayrim manbalarda «gohlar») deb nomlanib, ularni Zardushtning oʻzi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Ertoʻnga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi.
    «Avesto» insoniyat sivilizatsiya tarixining ilk sahifalarini tashkil etgani uchun jahon olimlarining eʼtiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F. Shpigel, A. Mayllet, V. Bartold, E. Bertels, Yan Ripka, O. Makovelskiy, I. Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud.
    Oʻzbekistonda «Avesto»ni oʻrganish qadimdan boshlangan. Abu Rayhon Beruniy, Abu Jafar Tabariy, Abu Baxr Narshaxiy asarlarida «Avesto» taʼlimotiga va unda tilga olingan timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qoʻlyozma va bosma nusxalari O`R Fanlar Akademiyasi ShI jamgʻarmasida saqlanadi. Hozirgi oʻzbek olimlari A.Qayumov, H. Homidov, M. Is’hoqov, N. Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari eʼtiborli.
    Oʻzbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001-yilda «Avesto»ning 2700-yilligi nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bogʻ barpo qilindi, asarning oʻzbek tilidagi tarjimalari chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi.

Koʻpchilik tadqiqotchilar fikriga koʻra, A. Oʻrta Osiyoda, xususan Xorazmda miloddan avvalgi 1-ming yillikning 1-yarmida vujudga kelgan. A.da keltirilgan geografik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan, xudo yaratgan oʻlkalar sanab oʻtilar ekan, boyligi va koʻrkamligi jihatidan qadimgi Xorazm, Gava (Sugʻd), Margʻiyona (Marv), Baqtriya (Balx) birinchi boʻlib tilga olinadi, Orol dengizi (Vorukasha yohud Vurukasha) va Amudaryo (Daiti) tavsiflanadi. A.dagi xalqning dastlabki vatani Sirdaryo, Amudaryo etaklari va Zarafshon vodiysi boʻlgan.A. uzoq vaqt mobaynida shakllangan. Unda keltirilgan ma’lumotlarning eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri – 1-ming yillik boshiga oid boʻlib, ogʻzaki tarzda avloddan-avlodga oʻtib kelgan. Keyingi asrlarda tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va hokazo qoʻshilib borgan. A.ni Zardusht diniy asar sifatida bir tizimga solgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga bitilgan deb rivoyat qilinadi. U Persepolaa saqlangan. Aleksandr (Makedoniyalik Iskandar) Eronni zabt etganda, bu nusxa kuydirib yuborilgan. Arshakiylardan Vologes I davri (51–78)da qayta kitob qilingan, lekin u saqlanmagan. Sosoniylar davri (3–7-asr)da yaxlit kitob holiga keltirilgan. A. 21 nask (qism)dan iborat boʻlgan. A. hajmi katta kitob boʻlganligi sababli dindorlar kundalik faoliyatida foy-dalanish uchun uning ixchamlashtirilgan shakli – "Kichik A." (Xurdak A.) yaratilgan. Arablar Eronni fath etgach (7-asr) Zardusht dini ruhoniylarining bir qismi Hindistonga koʻchib oʻtgan. Ularning av-lodlari (parslar) Bombay shahrida oʻz jamoalarida hozirgacha A.ning asl nusxasini saqlab keladi. Fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Zardusht izdoshlari jamoasida yashab, A. tilini va yozuvini urganib, uni tarjima qilib nashr etgan (1771). A.ning bu nusxasi 27 jilddan iborat boʻlib, asarning yettidan bir qismidir. U Yasna, Vispered, Vendidad, Gatlar va Yashtlar nomi bilan yuritiladi-gan kitoblarni oʻz ichiga oladi. A.da bayon etilgan gʻoyalarga koʻra, olam ikki asosning, ikki ibtidoning, ya’ni yorugʻlik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning tuxtovsiz kurashidan iborat. Yaxshilik va ezgulik Xudosi Ahuramazda yer, oʻsimlik va boshqa hamma tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdaga qarshi toʻxtovsiz kurashadi, ammo uni yengishga ojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi. Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sathi esa kurash maydonidir. Hayotdagi turfa oʻzgarishlar qaysi kuchning gʻalaba qilishiga bogʻliq. Inson ham tana va ruhning, axloq esa yaxshi va yomon xulqning oʻzaro kurashidan iborat. Cheksiz, abadiy fazo va vaqt ham ikki qarama-qarshi qismdan: yaxshilik va Ahuramazda hukmron boʻlgan abadiy yorugʻlik bilan yomonlik va Anhramaynu hukmron boʻlgan abadiy zulmatdan tashkil topadi.A. ta’limotiga koʻra, birinchi inson Govamard (hoʻkiz-odam; forscha Qayumars) boʻlib, undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchi shoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunki unda oʻlim boʻlmagan, Ahuramazda doimiy bahor yaratgan. Ki-shilar bekamu kust, baxtiyor yashagan. 900 yil utgach shoh Yima gʻururga berilib, man etilgan sigir goʻshtini yeydi va yovuzlik ramzi Anhramaynu hukmidagi kuchlar bosh koʻtaradi. Olamni muzlik qoplaydi. Yima Ahuramazda amri bilan odamlar va hayvonlarni sovuqdan saqlab qolish uchun qoʻrgʻon (var) qurib, unga har bir jonzotdan bir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilk oltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) oʻrtasidagi kurash davri boʻlgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchi davrda Ahuramazda gʻalaba qilib, ezgulik salta-nati barqaror boʻladi, oʻlganlar tiriladi. A.ning axloqiy-falsafiy mohiyati "ezgu fikr", "ezgu soʻz" va "ezgu amal" Muqaddas uchlik (axloqiy triada)da oʻz ifodasini topadi. Zardusht izdoshlarining ibodat oldidan aytiladigan niyati, soʻzlari shu 3 ibora bilan boshlanadi.A. oʻzbek, umuman Oʻrta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining qadimgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, olam toʻgʻrisidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma’naviy madani-yatlarini oʻrganishda muhim va yagona manba. "Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oraligʻida, mana shu zaminda umrgoʻzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir" (I.A. Karimov, "Adolatli jamiyatsari". T., 1998, 39–40-betlar). Oʻzbekiston hukumatining tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 30-sessiyasi "Avesto" yaratilganining 2700-yilligini dunyo miqyosida nishon-lash haqida qaror qabul qildi (1999-yil noyabr). "Avesto"ning jahon madaniyati va dinlar tarixida tutgan oʻrnini hisobga olgan holda hamda yuqoridagi qarordan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror e’lon qilib (2000-yil 29-mart), "Avesto"ning 2700-yilligini nishonlash tadbirlarini belgiladi. Unga koʻra 2001-yilning oktabr oyida Oʻzbekistonda xalqaro ilmiy kon-ferensiya va tantanali bayram tadbirlari oʻtkaziladi.Ad: Kadirov M., Otrivki iz Avesti (perevod), Materiali po istorii obshe-stvenno-filosofskoy misli v Oʻzbekistane, T., 1976; Makovelskiy A. O., Avesta, Baku, 1960;Sagdullayev A.S.,Qadimgi Oʻzbekiston ilk yozma manbalarda, T., 1997.Muhammadjon Hodirov.
«Avesto» - qadimgi tariximizni o'rganishda noyob manba
O'z mazmuni, mohiyatiga ko'ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g'oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi'. «Avesto» kitobi miloddan avvalgi so'nggi ming yillik boshtari va o'rtalarida hududimizda yashagan qadimgi xalqlarning o'ziga xos turmush tarzi, xo'jalik mashg'uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu ma-rosimlari haqida ma'lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir.
Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan, degan savol ko'pchilikni qiziqtiradi. Tarixiy manbalarni chuquro'rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug'rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg'ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o'rganish asnosida olimlar bu buyuk ta'Iimotning haqiqiy Vatani O'rta Osiyo o'lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini isbotlagan. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko'pchiligi ham O'rta Osiyoga taalluqlidir.
«Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men - Ahura Mazda - yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt bu Doityo (Amu) daryosi sohilidagi xushmanzara iyron Vij (hozirgi Xiva o'rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan ikkinchi sarzamin va go'zal yurt So'g'd diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go'zal yurt qudratli va рок Man/ diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan to"rtinchi sarzamin va go'zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi. Men - Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go'za] yurt Balx va Marv oralig'idagi Nisoyadir».' Keltirilgan budalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo'lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. «Avesto» ta'limotining asoschisi, tarixga payg'ambar nomi bilan kirgan Zardusht (Zaratushtra Avesto tilida, Zoroastr yunon tilida) ismli shaxsdir. Zardusht «Oltin tuyali» yoki «Oltin tuya yetaklovchi» degan ma'noni bildiradi. Zardusht o'z dini zardushtiylik g'oyalarini aholi o'rtasida tashviq-targ'ibot qilgan. Bu jarayon nihoyatda qiyin, murakkab kechgan, hududma-hudud sarson-sargardon kezib yurishga majbur bo'lgan. Shu boisdan ham, Zardusht Eronmi, Midiya, Mesopotamiyami yoxud O'rta Osiyo o'lkasi bo'ylabmi, ishqilib, ko'p yurtlar kezib, o'z ta'limotini yoyishga intilganligi shubhasiz.
Bunda yana shu narsa e'tiborga molikki, Zardushtiylik (yunoncha /oroastrizm) dinini birinchilardan bo'lib qabul qilgan, uni o'z fuqarolari orasida yoyilishiga izn bergan yurt ham Baqtriyadir.
Buyak alloma Beruniy keltirgan rivoyatga ko'ra, Zardusht Baqtriya podshohi Gishtasp va malika Xutaosa huzuriga kelib, «Avesto» ta'limotining muqaddasligini isbot yetish uchun xudoga iltijo qilib, o'z tanasiga qizdirilgan misni bosishlarini so'raydi. Olovli mis uning tanasini zararlamagach, Gishtasp va uning xotini, ulardan so'ng esa butun Baqtriya aholisi zardushtiylik e'tiqodini qabul qiladi.
Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo'lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O'tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta'kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to'liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug'i bilan zardush-tiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologcz I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to'plangan. Sosoniylar davrida (\U- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltiriSgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gotlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtiar», «Vispirad», «Kichik Avesto* nomli kitoblari yetib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o'zbek tiliga tarjima qilinib,2001- yilda nashr etildi.«Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya'ni mil. av. so'nggi ming yillik boshiarida oMkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o'tib borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, So'g'diyona singari viloyatlarida urug'-qabila-larning o'troqlashuvi, sun'iy sug'orish tizimiga asoslangan dehqon-chilik madariiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, chorvachilikning mustaqil xo'jalik Tarmog'i sifatida o'sib borayotganligi, qishloqlardan shahar-qal'alar, so'ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko^zgatashlanmoqda edi.
Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida turli urug'-qabila va elatlarni ma'nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg'or qarashlar, mushtaraklik tuyg'ularini, e'tiqod tamoyillarini singdirib borish g'oyatda muhim edi.
«Avesto» ta'limoti bir tomondan, yerii qabila, elatlarni turli mahalliy ko'rinishdagi bid'at va xurofotlarta'siridan xalos bo'lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkam-lanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomil-lashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga, «Avesto»da zardushtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o'lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan.
Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig'ilishi - v'yaxa deyilgan.
Manbaning turli ma'lumotlariga ko'ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to'quvchiiik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o'ziga xos tarzda rivojlangan. «Avesto»dagi bosh ma'buda - ezgulik, yorug'lik, yaxshilik, baxt-iqbol xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong'ulik, razolat timsoli - Ahriman o'rtasidagi doimiy murosasiz kurash g'oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunmi tashkil qiladi. Zardusht payg'ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga yetkazishga da'vat etkuvchidir. Zero, Zardusht har bir masalada fikr yuritganda, Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o'rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug'laymiz, u chorvani, suvni va o'simlikni, yorug'likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg'ash, olovga tupirish eng og'ir gunoh sanaladi.
«Avesto» awalgi dinlarda rasm bo'lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat'iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta'kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo'lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo'q.
Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo'lib, u insonning baxt-u saodati ramzi sifatida ulug'langan. Shu bois, ajdodlarimizning ko'plab toLy-tomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, lining atrofida keng davra qurish bilan bog'liq holda o'tkazilgan. Bu odatlarning ba'zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, ahoii manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo'lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to'la bo'lgan.
Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, doimiy farog'atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emasn balki insoniar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo'ladi. Bu maqsad, marraga yetish uchun esa odamlar juda ko'p murakkab va jiddiy sinovlardan o'tishlari lozimdir.
Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o'tmishdoshla-rimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta'lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o'rganishimizda muhim dasturilamal manba bo'lib xizmat qiladi. Linda umumbashariy g'oyalarning chuqur aks etganligi sababli, bu asar keng hududlar bo'ylab yoyilib, Sharq-u G'arbda e'tirof etilib, turli xalqlarning ma'naviy yuksalishiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan.
Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta'limot g'oyalari o'z ta'sirchan ahamiyatini ko'rsatib, asl ma'naviyatimiz sarchashmala-ridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.
Reja:

  1. Zardushtiylikning paydo bo’lishi

  2. Zardushtiylik. Avesto -Oʻrta Osiyo xalqlari tarixini oʻrganishda muhim manba sifatida.

  3. Avestoning muqaddas yozuvi

  4. Avestodagi real, dunyoviy qadriyatlar

  5. “Avesto” va qadimiy dehqonchilik an’analari to’g’risida

  6. Xulosa

  7. Foydalanilgan adabiyotlar




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  • Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.-T.:1969

  • Abu Bahr Muhammad ibn Jaʼfar Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966

  • A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. – T.: 1971

  • H. Homidov. «Avesto» fayzlari. – T.: 2001

  • N. Rahmonov. «Avesto»ning paydo boʻlishi. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 26-may.

  • N. Rahmonov. «Avesto»: Zamin, vatan demakdir. – «Oʻzbekiston ovozi» gaz., 2001, 25-sentabr.

Xulosa
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Turon Zarmed Universitet
________________________________________fakulteti
_________________________________________guruh
_________________________________________ning
_________________________________________fanidan


Mavzu:Avesto va zardushtiylik
Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling