Maktab direktori: U. Xoliqov


Download 16.94 Kb.
Sana14.03.2023
Hajmi16.94 Kb.
#1266847
Bog'liq
tavsiyanoma


Tavsifnoma
Men Roziqov Ijodbek Qosim o‘g‘li 1991-yil 25-aprelda tug‘ilganman. Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani XTB ga qarashli 34-sonli maktabda informatika fanidan dars berib kelaman. Ma’lumotim oliy. Ish faoliyatim davomida sizning Toshkent viloyati Nurafshon tumani Milliy gvardiya bo‘limingizda o‘z hizmat vazifasini Vatan oldidagi yigitlik burchini bajarayotgan 2003-yil 11-aprelda tug‘ilgan Hoshimov Muhammadjon Alijon o‘g‘liga sinf rahbarlik qilganman. Hoshimov Muhammadjon maktabda o‘zining a’lo baholari, namunali hulqi, tirishqoqligi, jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlaridan ajrab turardi. Tabiatan bosiq, vazmin, insonlar bilan tez muomilaga kirishuvchan, tushkunlikka tushmaydigan o‘quvchi edi. Maktabda o‘tkaziladigan tadbir va tanlovlarda faol ishtirok etardi. Hususan maktab va tuman miqyosida o‘tkazilgan “Yosh qutqaruvchilar” musobaqasida sinfimiz jamoasi bilan ishtirok etishib tumanda birinchi o‘rinni egallashgan. Bundan tashqari Hoshimov Muhammadjon maktab va sinf rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarni vaqtida bajara va topshiriqlarga ma’suliyat bilan qarardi, tirishqoq, izlanuvchan o`quvchim maktabdan tashqari sport va fan to‘garaklariga ham qatnashar edi. Ishonamanki hozir ham o‘z yigitlik vazifasini sitqi dildan bajarib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Uning Vatan oldidagi yigitlik burchini a’lo darajada bajarib, ishonchimizni oqlashiga ishonaman. Sizlarni va bizni, ota-onasini bergan bilim va tarbiyalarini yodda saqlagan holda Vatan oldidagi burchini chin yurakdan bajaradi. Hoshimov Muhammadjon Alijon o‘g‘li kelajakda vatanning munosib farzandi bo‘lishiga maktab jamoasi ishonadi.

Maktab direktori: U.Xoliqov


Sinf rahbari: I.Roziqov
11. 03.2022
Download 16.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling