Maktab jamoasi meni juda yaxshi iliq munosabatda kutib oldi. Maktab jamoasi masʼul xodimlari bilan yaqindan tanishdik


Download 9.04 Kb.
Sana19.09.2023
Hajmi9.04 Kb.
#1681434
Bog'liq
Xulosa-WPS Office


Xulosa
Men Tōxtayev Sardor 2.1 kim-19 guruh talabasi belgilangan muddat davomida ya'ni 25-oktabrdan 24-dekabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻida Buxoro viloyati Shofirkon tuman 27-umumiy oʻrta taʼlim maktabida pedagogik amaliyot oʻtash uchun bordim.
25-oktabr kuni tabiiy fanlar fakulteti dekani E.D.Niyozov hamda pedagogik amaliyot rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan konferensiyaga amaliyot davrida tartib qoidalar boʻyicha ilmiy amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Men uchun biriktirilgan pedagogik amaliyot rahbarim Xoliqova Gulyayra hamda pedagog va psixologiya oʻqituvchilari bilan tanishdik. Ustozlarimiz tomonidan amaliyot oʻtash tartib-qoidalari barcha uchun barobarligi, unga doimo amal qilish kerakligi uqtirildi. Yigʻilganlarning sōzlari tinglangan holda talabalar tushunmagan savollariga javob oldilar, barcha oomad tilagan holda konferensiya nihoyasiga yetdi. Ertasi kuni barchamiz guruhlarga bōlingan holda ōzimizga belgilangan maktabda yoʻl oldik.
Maktab jamoasi meni juda yaxshi iliq munosabatda kutib oldi. Maktab jamoasi masʼul xodimlari bilan yaqindan tanishdik.
Ushbu maktabning direktor oʻrinbosari Otamurodova Abera tomonidan maktab tartib qoidalari tushuntirib oʻtildi, menga 7 A sinfi ajratib berildi. Maktab jamoasi bilan tanishib chiqdim.
Menga ajratilgan sinf bilan tanishtirildi va 9 hafta davomida ularda sinf rahbarlikni vaqtinchalik men olib borishim aytildi va men ular bilan yaqindan tanishib darslarni kuzatishni boshladim. Bir hafta davomida darslarni kuzatib oʻzim uchun tajriba hosil qildim.
Oʻquvchilar psixologiyasi, bilim saviyasi, ōquvchilar mahoratini batafsil kuzatib bordim. Darslarni kuzatish jarayoni yakunlangach, oʻqituvchilik mahoratini hiss qilib dars oʻtishni boshladim. Uslubshunos oʻqituvchilarim,pedagog hamda psixologiya ustozlarimiz har kuni maktabga tashrif buyurib, darslarni kuzatib oʻz fikr mulohazalarini bildirib kerakli maslahatlar berib turdilar.
Amaliyot davrimni 5-haftaligida 8 A sinfi bilan "Oksidlanish -qaytarilish reaksiyalari" mavzusida ochiq dars tashkillashtirdim.
Shu narsani taʼkidlamoq joizki, meni amaliyot kunimni hech bir kuni besamar ketmadi. Men oʻqituvchilik deya atalmish mashaqqatli va sharafli kasbning qiyinchiliklarini oʻz koʻzimiz bilan koʻrib, maʼlum maʼnoda bu narsani boshimizdan oʻtkazdim. Dars berish jarayonining qiyinchiliklari, ōquvchilar bilan ishlash, umuman har bir narsa menga oʻzgacha taassurot qoldirdi.
Amaliyot davrida shunday xulosaga keldimki, oʻqituvchilik mashaqqatli kasb, ular hamisha el ardogʻida, shogirtlar panohida yashaydi. Har birimizni ushbu sharafli kasbni egallash baxti nasib etsin. Bu jihatdan biz uchun mana shunday amaliyot olib borish ahamiyatlidir.
,


Amaliyot rahbari:. Xoliqova G
Amaliyotchi talaba:. Toʻxtayev S
Download 9.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling