Maktabda til bayramini o'tkazish to‘g‘risida


Download 7.53 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi7.53 Kb.
#1729295
Bog'liq
Til bayrami


Maktabda til bayramini o'tkazish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-oktabrdagi “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kunini mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-1141-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 2023-yil 13-oktyabrdagi 06-06/2552-sonli xati hamda Jizzax viloyati Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 18-oktyabrdagi 01-602-sonli xat ijrosini ta'minlash maqsadida
B U Y U R A M A N
1.Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 18-oktyabrdagi 01-602-sonli xati ma'lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 18- maktadida 21-oktyabr-O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim faxrim” shiori ostida tadbirni tashkil etish manaviy -ma'rifiy ishlkar bo'yicha direktor o'rinbosari (D.Qo'ylonov)ga zimmasiga yuklatilsin.
3. Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi 18-maktadida “Ona tilim – faxrim!” shiori ostida til bayramiga bag‘ishlangan o‘zbek tilini ulug‘lovchi hikmatli so‘zlar, fikrlar, mulohazalar, she’rlar, maqolalar, matallar, qisqa hikoyalar va bahr-u bayt kechalarini tashkil etish (D.Qo'ylonov)ga yuklatilsin.
4. Maktabda tadbirni chiroyli, ko‘tarinki ruhda, bayramona o‘tkazilishida joylardagi mahalliy hokimliklar, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda o'tkazish.
5.Tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar vakillarini taklif etish.
6. Shuningdek, amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.
Asos: Jizzax viloyati Paxtakor tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining 18-oktyabrdagi 01-602-sonli xati
Download 7.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling