Maktabgacha pedagogika


Download 11.43 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi11.43 Kb.
#1744923
Bog'liq
Pardayeva Maftuna Kurs ishi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAKTABGACHA TA'LIM KAFEDRASI
"MAKTABGACHA PEDAGOGIKA " FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu: Abdulla Avloniyning "Turkiy Guliston yoxud axloq" asarining komil inson tarbiyasidagi o‘rni.

"MAKTABGACHA TA'LIM "

Bajardi: Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi 1-bosqich 1-MT-22 guruh talabasi Pardayeva Maftuna Faxriddinovna

Kurs ishi rahbari: Achilov Obid.
REJA
KIRISH
I BOB. ABDULLA AVLONIYNING "TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ " ASARINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI O‘RNI.
1.1 " Turkiy Guliston yoxud axloq " asaridagi tarbiyaviy , axloqiy qarashlar.
1.2 Abdulla Avloniyning " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati.
II BOB. ABDULLA AVLONIYNING " TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ "ASARIDAGI KOMIL INSON TARBIYASIGA OID ILGARI SURILGAN G‘OYALAR.
2.1 " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining pedagogika taraqqiyotidagi o‘rni.
2.2 "Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining farzand tarbiyasidagi o‘rni.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
ILOVALAR

KIRISH

Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir.Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini,ma’naviy qiyofasini o’zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o’rni beqiyosdir.O’zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko’p. Ular yosh avlodni barkamol qilib voyaga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.Bu jihatdan,taniqli o’zbek adibi Abdulla Avloniyning. maktab uchun yaratgan to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”hamda “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq”, “Ikkinchi muallim”,“Maktab gulistoni” kabi darsliklari ham xarakterli bo’lib hisoblanadi.Buasarlardagi mukammal fikrlarning g’oyaviy to’liqligi, ta’lim-tarbiya tizimiga vatushunchalariga doir fikrlarning ilmiy-nazariy asoslanganligi yuqoridagi fikrlarimiz dalilidir.
MAVZUNING DOLZARBLIGI
Biz uchun hech qachon kun tartibidan tushmaydigan yana bir o’ta muhim masala borki,unga alohida to’xtalib o’tish zarur deb bilaman, u ham bo’lsa, unib-o’sib kelayotgan yosh avlodimiz, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog’liq. Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy aytganidek,bu masala biz uchun, haqiqatdan ham ,yo hayot-yo mamot,yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir.” 1Shu ma’noda Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirish- da axloqiy va ma’naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini o’rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.
KURS ISHI VAZIFASI
- " Turkiy Guliston yoxud axloq " asaridagi tarbiyaviy, axloqiy qarashlarni o'rganish.
- " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini o'rganish.
- " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining pedagogika taraqqiyotidagi o‘rnini o'rganish.
- " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining farzand tarbiyasidagi o‘rnini o'rganish.

KURS ISHI OBYEKTI
Komil insonni tarbiyalash.
KURS ISHI PREDMETI
Komil insonni tarbiyalashdtarbiyalashda Abdulla Avloniyning "Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining ahamiyati.

KURS ISHI METODI
Adabiyotlarni o'rganish, ma'lumotlar tahlili, kuzatish, suhbat.

KURS ISHI TUZISHI
Mazkur kurs ishida kirish, ikki bob, to'rt bo‘lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati hamda ilovalardan iborat.
I BOB. ABDULLA AVLONIYNING " TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ " ASARINING KOMIL INSON TARBIYASIDAGI O‘RNI.
1.1 " Turkiy Guliston yoxud axloq " asaridagi tarbiyaviy, axloqiy qarashlar.

1913-yilda quyida keltirilgan xususiyatlarni o’zida jamlagan A.Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. Ushbu asarida Abdulla Avloniy tarbiyada bolalarning fikrini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaratadi.
Avloniyning “Hayo dilni ravshan qiladirg’on bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy nurning ziyosiga muhtojdir” degan fikri ham o’rinli bolib, unda ma’naviy nurning ziyosi xususida to’xtaladi.
Avloniy xulq haqida so’z yuritganda masalaga shunchaki, umumiy yondashib qo’ya qolmay, balki aniq gap aytishga intiladi. Adibning diqqat markazida hamisha insoniylik mezoni turadi. Bu mezon esa doimo keng omma manfaatlari nuqtayi nazarini ifoda etadi.

1.2 Abdulla Avloniyning " Turkiy Guliston yoxud axloq " asarining komil inson tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyati.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida musulmon sharqi ahloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qо‘llanma vazifasini о‘tagan kо‘p pandnomalar, xalq kitoblari yaratilgan. Bu о‘rinda Prezidentning quyidagi sо‘zini eslash о‘rinli: “...bizning ulug‘ ajdodlarimiz о‘z davrida komil inson haqida butun bir ahloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona ahloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslashimiz kerak, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishga, sharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak ahloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi”.
Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida komil insonlar haqida shunday deydi3: «Yaxshi fazilatlarni o’ziga kasb qilib olgan insonlar yaxshi insonlar deyilur». Avloniy yaxshi insonlar deganda odamlarga yaxshilik qila oladigan, kamtar, saxiy, mehnatkash, mehr-shafqatli, bilmdon, o’zgalar uchun qayg’uradigan mard insonlarni ko’zda tutsa, «Yomon insonlar deb, yomonlik fazilatlari yaxshilik fazilatlaridan ustun turadigan insonlarga aytiladi», deydi.
II BOB. ABDULLA AVLONIYNING " TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ " ASARIDAGI KOMIL INSON TARBIYASIGA OID ILGARI SURILGAN G‘OYALAR.
2.1 " Turkiy guliston yohud axloq " asarining pedagogika taraqqiyotidagi o‘rni.
Uning pedagogik qarashlari bugungi kunda o`zbek milliy maktabini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi. Avloniy ijodiy merosini chuqur o`rganishga qiziqish ortib bormoqda.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Avloniyning adabiyot oldidagi muhim xizmatlaridan biri shu boʻldiki, u mardikorlik sheʼriyati deb atalgan yangi adabiy hodisaning yaratuvchilaridan boʻldi.
2.2 " Turkiy guliston yoxud axloq " asarining farzand tarbiyasidagi o‘rni.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrning oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog’cha, maktab va jamoatchiliktarbiyasidan iborat bo’ladi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida
g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi. “Turkiy guliston yoxud axloq “asari ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Adib kitobda ilm haqida shunday deydi: “ Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat oliy, muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur”,-deydi.

Yüklə 141,5 Kb.
XULOSA

Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy,balki noyob tarixiy-pedagogik,ta’limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi.Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz,yana bir bor shunga iqror bo’lamizki,uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy,tarbiyaviy g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi.Avloniy asarlarining tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan- parvarlik g’oyalari va axloq-odob tamoyilida hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoq joiz.
FOFOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Sh.M. Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-dekabr
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 1992 y
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2707-son Qarori2016 yil 29 dekabr
Minavvarov A. Pedagogika. — T., «O’qituvchi». 1
www.ziyonet.uz.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !
Download 11.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling