Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini rejalashtirishda
Download 23.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Апрел 1-ҳафта фронтал
KIRISH MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA O‘QUV JARAYONINI REJALASHTIRISHDA FRONTAL MASHG‘ULOTLAR Frontal mashg‘ulotlar barcha bolalar uchun bir xil bo‘lgan tarbiyachining rejasi asosida olib boriladi. Frontal mashg‘ulotlarning o‘ziga xos xususiyati — bu butun guruh bilan ishlash, aniq jadval, yagona tarkib hisoblanadi. Ushbu shaklning afzalliklari: aniq tashkiliy tuzilma, oddiy nazorat, bolalar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish qobiliyati, ta’limning iqtisodiy sama- radorligi; kamchiliklari esa — mashg‘ulotlarni individualizatsiya qilishdagi qiyinchiliklar va vaqt cheklovlaridir. O‘quv jarayonini tashkil qilishda bolalarni rivojlantirish sohalari bo‘yicha mazmunni birlash- tirish foydalidir, bu o‘quv jarayonini bolalar uchun mazmunli, qiziqarli qiladi va rivojlanish samaradorligiga hissa qo‘shadi. Shu maqsadda integral (bolalarni rivojlantirish sohalarida) frontal mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar o‘quvchilarning salohiyatini rivojlantiradi, ularni atrofdagi borliqni faol ravishda anglashga, sabab munosabatlarini tushunishga va topishga undaydi, mantiqiy fikrlashni va muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi. Integratsiyalashgan mashg‘ulot- larni o‘tkazish shakli nostandart va qiziqarlidir. Dars davomida har xil ish turlaridan foyda- lanish, o‘quvchilarning e’tiborini yuqori darajada ushlab turadi, bu esa darslarning yetarli darajadagi samaradorligini ta’minlaydi. Integratsiyalashgan mashg‘ulotlar muhim pedagogik imkoniyatlarni ochib beradi, charchoqni ketkazadi, turli xil faoliyat turlariga o‘tish orqali o‘quvchilardagi tanglikni kamaytiradi, bilimga bo‘lgan qiziqishni sezilarli darajada oshiradi, tasavvur, diqqat, fikrlash, nutq va xotirani rivojlantirishga xizmat qiladi. Frontal darsga tayyorgarlik ko‘rayotganda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etishning maq- sad va vazifalariga, vaqt doirasiga, resurslarning mavjudligiga, guruh salohiyatiga, tarbiya- chining ijodiy va kreativ vakolatlariga asoslanishi kerak. Frontal darslarning misollarini bajarayotganda o‘qituvchi tezislardan to‘liq yoki qisman foy- dalanishi, shuningdek tarkibni o‘z hududiga xos boshqa o‘yinlar, topishmoqlar, she’rlar bilan almashtirishi mumkin, ammo bu darsning mavzusiga qat’iy mos bo‘lishi kerak. Frontal darslarning mazmuni, turlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni “Maktabgacha ta’lim muas- sasalarida dars shakllari” ilovasida topishingiz mumkin. Download 23.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling