14-mavzu. Frazеologiya. O‘z va o‘zlashgan frazеmalar


Download 76.21 Kb.
bet1/9
Sana22.06.2023
Hajmi76.21 Kb.
#1649997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14-MT (1)


14-MAVZU. FRAZЕOLOGIYA. O‘Z VA O‘ZLASHGAN FRAZЕMALAR
Adabiyotlar: 11 [78-81], 27 [55-61, 74-79], 32 [82-88], 110 [3-5].


Reja:

  1. Frazeologiya. Frazemaning ifoda plani

  2. Frazemaning mazmun plani badiiy asar tilida qo‘llanishi

  3. Frazemalarning semantik tarkibidagi turkum semalari

  4. Frazeologik monosemiya

  5. Frazeologik polisemiya

  6. Frazemalarning semantik turlari

  7. Frazemalarning tarixan ikki qatlamga ajratilishi

  8. Frazemalarning ishlatilish doirasiga ko‘ra tavsifi ishlatilishi kasb-hunarga ko‘ra chegaralanish



Tayanch tushunchalar: Frazeologiya — tilshunoslikning frazemalar bilan shug’ullanuvchi bo‘limi. Frazema — ko‘chma ma’noli turg‘un konstruksiya. Frazemaning ifoda plani — frazemaning moddiy-material tomoni: shakli, tuzilishi, leksik va fonetik tarkibi. Frazemaning mazmun plani — frazemaning frazeologik ma’no va uslubiy bo‘yoqdan iborat semantik tarkibi. Frazeologik monosemiya — frazemalarda bir ma’nolilik hodisasi. Frazeologik polisemiya — frazemalarda ko‘p ma’nolilik hodisasi. Frazeologik butunlik — frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosini shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma’nolari bilan izohlash mumkin bo‘lgan ibora. Frazeologik chatishma — frazemaning umumlashgan ko‘chma ma’nosi shu frazema tarkibidagi so‘zlar ma’nolari bilan izohlanmaydigan ibora. Frazeologik omonimiya — omonimlar doirasidagi shakliy tenglik hodisasi. Frazeologik paronimiya — tarkibidagi birorta leksema bilangina farqlanuvchi frazemalar. Omofrazemalar — shaklan teng bo‘lgan frazemalar. Parafrazemalar — paronimik munosabatda bo‘lgan frazemalar. Frazeologik sinonimlar — bir ma’no asosida birlashgan sinonimlar. Uslubiy bo‘yoq — Frazemalarning ijobiy yoki salbiy baho ifodalovchi semalari. Frazeologik variatsiya — bitta frazemaning ikki xil ko‘rinishi. Leksik-frazeologik sinonimlar — so‘z va frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar. Leksik -frazeologik antonimlar — so‘z va frazema orasidagi ma’no ziddiyatiga asoslangan antonimlar. O‘z qatlam frazemalari — o‘zbek tilining o‘ziniki bo‘lgan frazemalar. O‘zlashgan qatlam frazemalari — boshqa tillardan kalka usulida yoki o‘zicha (o‘zgarishsiz) o‘zlashtirilgan frazemalar. Dialektizm-frazema — biror dialekt yoki shevaga mansub frazema. Istorizm-frazema — o‘tmish voqeligiga asoslangan frazema. Arxaizm-frazema — hozirgi o‘zbek tilida sinonimi bor bo‘lgan eskirgan frazema. Neologizm-frazema — yangi paydo bo‘lgan va yangilik bo‘yog‘ini yo‘qotmagan neologizm.



Download 76.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling