Maktabgacha ta’lim tashkiloti bugungi kun nigohida


Download 19.99 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi19.99 Kb.
#1516426
Bog'liq
gazetaga maqola


Maktabgacha ta’lim tashkiloti bugungi kun nigohida

Bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan hamma sohada qilinayotgan o`zgarishlar kabi maktabgacha ta’lim tizimi sohasida ham misli ko`rilmagan o`zgarishlarni har bir yutdoshimiz ko`rib, sezib turibdi. Avvallari maktabgacha ta’lim sohasi xalq ta’limi vazirligi tarkibida edi. Ilk o`zgarish maktabgacha ta’lim yo`nalishini xalq ta’limi tarkibidan ajratib alohida vazirlik tashkil etilgani bo`ldi. Maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta’limga bosqichma-bosqich qamrab olishni ta’minlash maqsadida Oz`bekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich 2017-yilning 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi Farmoni bilan Maktabgacha ta’lim Vazirligi tashkil etildi. Maktabgacha ta’lim vaziri etib Agrippina Vaseliyevna Shin xonimni tayinladilar. Vazirlik maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ma’suldir. Shu tufayli maktabgacha ta’lim sohasidagi yagona davlat siyosatini yuritayotgan tashkilot maktabgacha ta’lim yoshidagi 3-7 yosh bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olishi darkor. Bugungi kunda O`zbekistonda 14 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko`rsatmoqda. 2019- yilda Maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tizimiga bolalar qamrovini 52 foizga yetkazdi. 2020-yilda 59.5 foizni tashkil etdi. Shuningdek, 2020-yilda 85.2 foiz 6 yoshli bolalarni majburiy 1 yillik ta’lim bilan qamrab olishdi. 2022-yilda 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta’limk tizimiga qamrab olish ko`rsatkichi 69.4 foizga, 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazildi. 2022-yilda 5060 quvvatga ega 46 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi hamda 11970 quvvatga ega 342 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo`lga qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-dekabr kungi murojaatnomalarida bog`chalar sonini ko`paytirish, ulardagi ta’lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo`yicha besh yillik dastur ishlab chiqilganligini, bog`cha qamrovini 80 foizga yetkazish bo`yicha xuxusiy sektorga qo`shimcha sharoitlar yaratilishini ta’kidlab o`tishdi.


Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimiga 3-7 yoshli 2.5 mln bola qamrab olingan, Respublikada 6154 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ulardan 5586 tasi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, 568 tasi esa nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotidir. Bugungi kunda 859 141 nafar bola maktabgacha ta’limga qamrab olingan, bu umumiy hisobning 34 foizi demakdir. Jami 1 mln 600 dan ziyod bola maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan.
Ma’lumki Maktabgacha ta’lim Vazirligi tashkil etilmasdan avval tizimda bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha muqobil chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan, modellar yetarli darajada rivojlanmagan edi. Bolalarni ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy, ijodiy rivojlantirish, atrof-muhit bilan tanishuvga yo`naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturi tatbiq qilinmagan edi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi o`sib kelayotgan yosh avlodni zamon talablariga mos qilib tarbiyalashda eng quyi pog`onasiga qadar ahamiyat berilayotganligi yaqqol misol bo`la oladi, Jumladan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni, “O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qarori, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`grisida” PF-5198-sonli Farmoni, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar Strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to`g`risida”gi 802-sonli qarori, BMT ning bolalar jamg`armasi YUNISEFning O`zbekiston vakolatxonasi texnik ko`magi yordamida yaratilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining “Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi namuna bo`la oladi.
“Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi O`zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yosdagi bolalarni rivojlantirish borasidaga davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo`lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari o`quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g`oyalari, shuningdek, bolaning ta’lim olishida keyingi bosqichiga o`tishidagi asosiy kompetentsiyalari belgilangan.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarni jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantirish, ularning shaxsiy qobiliyatlarini, intilishlarini, iqtidorlarini, intilish va extiyojlarini qondirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy va o`zbek xalqiga mos an’anaviy urf-odatlarga, mustaqillik g`oyalariga sodiq holda tarbiyalash, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga qo`yilgan davlat talablariga muvofiq maktab ta’limiga mos va xos bo`lgan tarzda tarbiyalashdan iborat.
Avvallari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o`rta maxsus ma’lumotga ega hamda nomutaxassis kadrlar faoliyat ko`rsatar edi. Hozirgi kunga kelib esa maktabgacha ta’lim tizimida davlat talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shinning kun.uz sayti muxbiriga bergan intervyusida “O`tgan 27 yil davomida maktabgacha ta’lim tizimidagi tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim muassasa xodimlarining tarif stavkasi biror marta oshiruilmagan. 2018-yilning mart oyida Maktabgacha ta’lim vazirligi birinchi marta pedagoglarning bazaviy tariff stavkalarini 30 foizga oshirish taklifi bilan chiqdi. Shu yuilning sentabr oyidan boshlab oliy ma’lumotga ega pedagoglar uchun bazaviy tariff stavkalari 30 foizga oshirildi”-deydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o`rta maxsus ma’lumotga ega tarbiyachi va yordamchi tarbiyachilarni oliy ma’lumotli mutaxassis kadr qilish borasida O`zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida hozirgi kunda sirtqi bo`limning maktabgacha ta’lim yo`nalishi tashkil etilganligi pedagog kadrlarga bo`lgan e’tiborning yaqqol misoli bo`la oladi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bolarni maktabgacha ta’lim tashkilotida jahon talablariga mos tarzda tarbiyalanayotganligi, ularning vaqtlari unumli tarzda o`tayotganligi ota-onalarning xotirjam ishga, o`qishga borib kelayotganliklari O`zbekistonda yaratilgan zarur shart-sharoitlarning yaqqol dalilidir. Kelajak avlod tarbiyasi maktabgacha ta’lim yoshidan boshlanadi. Demak, bizning farzandlarimiz kelajakda yetuk, mustaqil fikriga ega bo`lgan shaxs sifatida voyaga yetishlarida maktabgacha ta’lim dargohining o`rni beqiyos.
Download 19.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling