Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o’rtasida
haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi
{date.day}«{date.month}»{date.year} yil.
|
{number}-son
|
Mingbuloq tuman 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (keyingi o`rinlarda – tashkilot) nomidan ustav asosida faoliyat yurituvchi direktori G’afforova Shahnoza Olimjonovna bir tarafdan va Xudoyberdiyeva Gulhayo Abduraxmon qizi (keying o`rinlarda bolaning qonuniy vakili) ikkinchi tarafdan, birgalikda taraflar deb yuritiladi, mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzdilar:
I. SHARTNOMA PREDMETI
Tashkilot mazkur shartnoma shartlariga asosan Maripjonova Mohinur Muxtorjon qizini (keyingi o`rinlarda tarbiyalanuvchi) to`liq kunli guruhga (kuniga 9 soat: soat 08:00 dan 17:00 gacha) qabul qilish, uning barcha huquqlarini ta’minlagan holda unga sifatli ta’lim – tarbiya berish, sog’liqni muhofaza qilish va mustahkamlash, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart – sharoit yaratib berish majburiyatini, bolaning qonuniy vakili esa tarbiyalanuvchini tashkilotda bo`lishini ta’minlash, tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun to’lovni o’z vaqtida amalga oshirish va tashkilotning ichki tartib - qoidalariga rioya qilish majburiyatini oladi.
II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
2.1. Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
- Tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota – onalarning istaklari, tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatiga ko’ra bolani tegishli guruhga taqsimlash;
- Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo’lgan davri uchun to’lanadigan badal to’lovi har oyning 15-sanasidan keyin 60 kun mobaynida uzrli sabablarsiz to’lanmagan taqdirda, ota – onalar bilan tuzilgan shartnomani tashkilot tomonidan bir tomonlama bekor qilish;
- Shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilot bola qatnovini tiklashni yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish;
- Tarbiyalanuvchini oilada tarbiyalash bo’yicha bolaning qonuniy vakiliga tavsiyalar berish;
- Tashkilotda zarur moddiy – texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo’lgan taqdirda, asosiy ta’lim – tarbiya jarayoniga halaqit bermagan holda pullik ta’lim – tarbiya xizmatlarini ko’rsatish;
- Tibbiyot hamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchilarni ertalabki filtratsiyadan o’tkazish jarayonida bolaning kasalligi aniqlangan hollarda tashkilotga qabul qilmaslik;
- Tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to’xtatilishi to’g’risida ota – onaning yozma arizasi bo’lmagan hollarda, to’lovni to’liq oy uchun hisoblash va umumiy asoslarda undirish;
- Tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotlarida to’lov to’langan davridan ortiq muddatda bo’lishiga, ushbu oy uchun to’lovning qolgan qismi to’langandan so’ng yo’l qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |