Maktablarda besh tashabbus doirasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar va ularning natijalari Annotatsiya
Download 17.38 Kb.
|
Maktablarda besh tashabbus doirasida olib borilayotgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
Maktablarda besh tashabbus doirasida olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar va ularning natijalari Annotatsiya: Vatanimiz ertangi kuni va istiqbolini hal qiladigan hozirgi yosh avlodni munosib ravishda kamolga yetkazish ta’lim -tarbiya sohasini zamonaviy darajada uzluksiz takomillashtirib borish bilan bog‘liq. Kalit so’zlar: besh tashabbus, masofaviy ta’lim, onlayn rejimda uluksiz tashkil etilgan ta’lim, robototexnika, Mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi kunda ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilmoqda, ularning barcha huquq va erkinliklari, imkoniyat va manfaatlarini himoya qilishda tashkiliy-huquqiy asoslar zamon bilan hamnafas takomillashib bormoqda. Zero, masofaviy taʼlim, onlayn rejimida uzluksiz tashkil etilgan holda yoshlarning bilim olish huquqini taʼlimda taʼminlaganining oʻzi Oʻzbekistonning bugun yoshlarga berayotgan taʼlim-tarbiya va koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, eʼtiborning amaliy ifodasidir. Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov va vazirlikning masʼul xodimlari hamda jurnalistlar ishtirok etdi. Mazkur anjumanda oʻquvchi yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus boʻyicha Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, matbuot anjumani doirasida ayni kunlarda maktablar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “5 tashabbus maktabda” festivali jarayonlari haqida ham toʻxtalib oʻtildi. Umumtata’lim maktablarda 5 ta tashabbus asosida darsdan keyin har bitta fan yo‘nalishida o‘zlashtirish va bilimlarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar sonini oshirish, kasbga yo‘naltirilgan hamda fan to‘garaklarini joriy qilish, har bir o‘quvchining tashkillashtirilayotgan madaniy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash, maktab, tuman, viloyat va shahar miqyosida kitobxonlik tanlovlarini tez-tez tashkil etish, maktab binosida turli sport mashg‘uloti va to‘garaklarini ochish, kompyuter savodxonligi kurslarini tashkil etish o‘quvchi-yoshlarning samarali va mazmunli ish bilan band bo‘lishlariga xizmat qiladi. Natijada, ular maktab davrida, olayotgan bilim va ko‘nikmalari asosida, keng tafakkurli, biror hunar egasi va sport ustalari bo‘lib yetishadi. 5 ta tashabbusning, eng avvalo, maktablarda joriy etilishi, respublikamizdagi 5 milliondan ortik bolalarning o‘z kelajaklarini ishonch bilan qurishlari va vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan yetuk inson bo‘lib yetishishlariga zamin bo‘ldi. Xususan tumanimizda umumta’lim maktablari o’rtasida o’tkazilgan “Besh tashabbus” festivallarini yaxshi tashkil qilish va o’tkazish, shuningdek maktab o’quvchilari ongiga 5 tashabbus g’oyalarini singdirish va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish biz ma’naviyatchilarning asosiy vazifasi hisoblanadi. Asosan maktablarda olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, xususan Fan olimpiadalarida faxrli o’rinlarni egallash, ma’rifiy, ma’naviy tanlovlarda faol qatnashish, sport musobaqalarida yaxshi natijalarni qayd etish bugungi kunda asosiy vazifalarimiz hisoblanadi. Olib borilayotgan sa’y harakatlar o’z natijasini bergan holda “Besh tashabbus” festival doirasida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani 85-sonli maktab jamoasi kitobxonlik yo’nalishida printer (3x1), badiiy adabiyotlar to’plami bilan, komputer texnalogiyasi yo’nalishi bo’yicha robototexnika to’plami va noutbuk bilan, qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish yo’nalishi bo’yicha tikuv mashinasi va dazmollash doskasi bilan, jismoniy tarbiya va sport yo’nalishi bo’yicha sport ekipirovkasi, futbol, voleybol, basketbol to’plari bilan shaxsan vazir o’rinbosari D. Kenjayev tomonidan taqdirlanishdi. Biz maktab jamoasi uchun bu judayam katta yutuq ulkan natija. Foydalanilgan adabiyotlar: “Dehqonobod ovozi” gazetasi Download 17.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling