Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya


Download 36.82 Kb.
bet1/6
Sana22.01.2023
Hajmi36.82 Kb.
#1110241
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
malumolar ombori


Ma’lumotlardan foydalanish, ya’ni ularni ma’lum bir texnologiya
asosida yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish muhim masalalardan
hisoblanadi. Ma’lumot resurslarini shunday tashkil etish lozimki, undan
foydalanish maksimal qulaylik va foyda keltirsin. Masala yechishga
harakat qilish, ma’lumotlarni ishlash jarayonidagi yangicha yondashish,
yangi texnologiyani keltirib chiqardi. Mazkur texnologiyaning asosini
ma’lumotlar ombori va banklari tashkil etadi.
Ma’lumotlar ombori (MO) – kompyuter xotirasiga kiritilgan ma’lum
bir strukturaga ega, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan va tartiblangan
ma’lumotlar majmuasidir.
Ma’lumotlar modeli – bu ma’lumotlarning o‘zaro bog‘langan
tuzilishlari va ular ustida bajariladigan operatsiyalar to‘plamidir.
Ma’lumki, aynan bir axborotni mashina ichki muhitida joylashtirish
uchun ma’lumotlarni turli xil tuzilishlari va modellaridan foydalanish
mumkin. Ulardan qaysi birini tanlash MO yaratayotgan foydalanuvchining
zimmasiga yuklatilgan bo‘lib, u ko‘plab omillarga bog‘liq.
MO tuzishning asosiy usullari quyidagilardan iborat:
 Ierarxiv (shajara) model– bu modelda ma’lumotlar daraxtsimon
ko‘rinishda saqlanadi. Ishlash birligi yozuvdir;
 Tarmoq model – bu modelda daraxtsimon bog‘lanish bo‘lsada,
tugunlardagi tarmoqlanishlarga cheklanish yo‘q;
 Realyatsion (o‘zaro bog‘langan) model – bu modelda ma’lumotlar
jadval ko‘rinishda saqlanadi.
Ma’lumotlarni ikki xil usuldan foydalanib olish mumkin. Bular
tuzilmalashtirilmagan va tuzilmalashtirilgan.
Tuzilmalashtirilmagan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida
kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tuzilmalashtirilmagan deyiladi.
Tuzilmalashtirilgan – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi
kelishuv bo‘lsa, u holda ular tuzilmalashtirilgan deyiladi.
Ma’lumotlarni tuzilmalashtirilmaganiga quyidagicha misol keltirish
mumkin: o‘quvchi (Familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash manzili,
telefon raqami) haqidagi axborotdan iborat ma’lumotlarga quyidagicha
yozilgan axborotni ko‘rsatish mumkin: Familiyasi – Nazarov, Ismi – Nodir,
Otasining ismi – Axmedovich, Yashash manzili – Navoiy shahar, Telefon
raqami +998947777777.
Ushbu ma’lumotlarni jadval ko‘rinishga keltirsak tuzilmalashtirilgan
ma’lumotga aylanadi:

T/r

Familiyasi

Ismi

Otasining
ismi

Yashash manzili

Telefon raqami

1.

Nazarov

Nodir

Axmedovich

Navoiy shahar

+998947777777

Ma'lumotlar omboridagi ma'lumotlar, SQL so'rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MOBT'ga so'rov beriladi, bu so'rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma'lumotlar omboriga murojaat qiladi, u yerdan so'rovga mos ma'lumotni olib, so'rovga javob beradi:


So'rov berish:

Download 36.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling