O'ZBЕKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI
MA’LUMOTLAR BAZASI
fanidan laboratoriya ishi
Topshirdi : Shoraxmetov Shaxzod
Toshkent- 2022
Mavzu: Ma’lumotlarni tanlash va ular ustida amallar.
Ma’lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish va chiqarib tashlash imkonini beradi, odatda ma’lumotlami boshqarish tili (DML – Data Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma’lumotlarning markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ulaming tavsifi ba’zan so'rovlar tili (querylanguage) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar tilining mavjudligi o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki dasturiy ta’minotni boshqarishda ko'proq murakkab muammolar uchun doimiy ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan tillar. Ular bir-biridan ma’lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi. Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda MB da ketma-ket ravishda axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga birdan operatsiyaga kirishadi.
DML tili so’rovlari:
SELECT – Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM <jad_nomi> // jadvalni to’liq chiqarish
SELECT <ustun_nomi> FROM _nomi> // jadval ustunlarini chiqarish
INSERT – SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO <jad_nomi> VALUES (“ustun_info”, “ustun_info”, … );
DELETE – satrlarni jadvaldan o’chirish buyrug’i.
Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETE FROM <jad_nomi> WHERE qidiruv_sharti;
UPDATE – Maydon qiymatlarini o’zgartirish buyrug’i.
Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE _nomi> SET column=expression;
UPDATE _nomi> SET column=expression
WHERE qidiruv_sharti;
Ishni bajarish tartibi
Avvalo 3-laboratoriya ishida tuzgan jadvallarimizni esga olamiz. Endi o’sha jadvallarni MYSQL da yuqorida sintaksisini keltirib o’tganimizday komandalardan foydalanib yaratamiz.
1.Jadval ob’yektlariga qiymatlar beramiz:
So`rov: Insert into oltin_rudasi(id, ulushi, qazib_olingan_koni,sanasi) values(1, 75.5, ‘marjonbuloq_karyeri’,’27.09.2019’);
Natija:
4.1-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga ma’lumotlarning kiritilishi
2. Jadvalni tanlaymiz va SELECT operatori orqali ekranga chiqaramiz.
So`rov: Select * from oltin_rudasi;
Natija:
4.2-rasm. Oltin_rudasi jadvaliga kiritilgan ma’lumotlarni ko’rish
3.MB ga yangi jadval qo’shamiz va UPDATEdan foydalanib maydonga qiymat beramiz.
So`rov: Alter table oltin_rudasi add korpus varchar(20);
Update oltin_rudasi set korpus=’flotatsiya’ where id=1;
Natija:
4.3-rasm. Oltin_rudasi jadvalida UPDATE operatori orqali mavjud ma’lumotni o`zgartirish
4. DROP operatori orqali jadvalni o’chiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |