Mamlakatdagi qurilish mollari bozori
Download 15.42 Kb.
|
uplift analiz QZSM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moliyaviy ko’rsatkichlar
Mamlakatdagi qurilish mollari bozori. So’nggi o’n yillik davomida O’zbekistonda qurilish ishlari bir necha barobarga ko’paydi. Bu o’z navbatida 2020 yilga kelib 2019 yilga nisbatan sement ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning ishlab chiqarish kuchi ham o’sishiga olib keldi, ya’ni 2020 yilda Respublika bo’yicha jami 12 mln 537 ming tonna sement ishlab chiqarilgan bo’lsa bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 11% ga ko’pdir. Biz Bugungi tahlilimizda ko’rib chiqadigan “Qizilqumsement” (Tiker: QZSM) aksiyadorlik jamiyati esa bu ko’rsatkichda eng ko’p sement ishlab chiqaruvchi kompaniya bo’ldi – barcha ishlab chiqarilgan sementning 28.8%, ya’ni 3 mln 615 ming tonna sementni ishlab chiqardi. Biz o’z tahlilarmizga tayanib bunday o’sish tendensiyasi yaqin 3-4 yilda ham davom etishini ta’kidlashimiz mumkin. Moliyaviy ko’rsatkichlar Kompaniyaning aktivlari so’nggi 5 yilda o’rtacha 19% ga oshib 2020 yilning 4-kvartaliga kelib 2 trln 180 mlrs so’mni tashkil etdi va bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 29% ga hamda 2015 yilning shu davriga nisbatan 97% ga ko’pdir. Kompaniyaning invest jozibadorligini oshiradigan yana bir ko’rsatkicharidan biri bu uning majburiyatlaridir. Hozirgi kunga kelib QZSM ning uzoq muddatli majburiyatlari yo’q ya’ni QZSM 2018 yilgacham barcha uzoq muddatli majburiyatlarini to’lab bo’lgan. Lekin hozirda uning 140 mlrdlik qisqa muddatli majburiyatlari qolgan. O’z navbatida aytib o’tish kerakki, bu majburiyat hozirgi kunda kompaniyada qurilayotgan yangi ishlab chiqarish liniyasining bilan bog’liq bo’lgan kapital xarajatlari hamda ishchi kapitalni ta’minlab turish uchundir. QZSM ning qarzdorligini ko’rsatib turadigan multiplikatorlar esa barcha sement ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga nisbatan ancha yaxshi – Current Ratio = 4.4, Quick Ratio = 1.0, Cash Ratio = 0.21 Current Ratio - Koeffitsient kompaniyaning qisqa muddatli majburiyatlarni to'lash uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mablag'larga ega ekanligini ko'rsatadi. Tavsiya etilgan qiymatlar 1-2. Quick Ratio – Kompaniyaning eng likvidlik aktivlarni sotish orqali qisqa muddatli majburiyatlarni to'lash uchun kompaniyaning qobiliyatini tavsiflovchi koeffitsientdir. Tavsiya etilgan qiymatlar 0,3-1,0. Cash Ratio – Bu ko'rsatkich kompaniyaning resurslari muhim vaziyatda kreditorlarining kredit talablarini qondirish mumkin yoki yo'qligini aniqlash imkonini beradi. Tavsiya etilgan qiymatlar 0,2-0,5 ni tashkil qiladi. Minoritar aksiyadorlar uchun muhim bo’lgan ko’rsatkichlardan biri bo’lmish sof foyda – so’nggi 5 yilda o’rtacha 163% ga o’sdi va 2020 yilning 4 kvartal yakuniga kelib 589 mlrd so’mni tashkil etdi. Bu esa sof foydani 2019 yilning shu davriga nisbatan 115% ga oshganini bildiradi. Kompaniyaning multiplikatorlariga keladigan bo’lsak, P/E=3.6, P/B=1.01, EV/S=0.83, EPS= 1318.38. Bu ko’rsatkichlar bozorning boshqa sement ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga nisbatan ancha yaxshi. Kompaniya bir necha yildan buyon har yili dividend to’lab kelmoqda. 2020-yil – 205.86 so’m, 2019-yil – 227 so’m, 2018-yil – 60 so’m, 2017-yil – 73 so’m Kompaniya aksiyalari Bugungi kunga kelib O’zbekiston fond bozoridagi eng likvid aksiyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kundagi narxi 25.02.2021 yil – 4620 so’mdir va bu 2019 yilning shu davriga nisbatan 192% ga ko’pdir, ya’ni kompaniya aksiyalarining dividendlaridan tashqari bir yillik keltiradigan daromadi 192% ga tengdir. O’zingizni qiziqtirgan barcha savollar bilan @kapdepo ga murojaat qiling va biz orali daromadli bo’lgan O’zbekiston fond bozoridagi kompaniyalarni sotib oling. Download 15.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling