Maqsad: a ta`limiy


Download 77.01 Kb.
bet1/24
Sana20.06.2023
Hajmi77.01 Kb.
#1628578
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5-sinf dars ishlanma


Sana: __________
Sinf: ___________

1-dars. Mavzu: Xavsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari




Maqsad:
a) ta`limiy : O`quvchilarda xavsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablari
haqida tushunchalar hosil qilish..
b) tarbiyaviy: O`quvchilarda mustaqil fikr yuritishga , olgan bilimlarini hoyot bilan bog`lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did, axloqiy sifatlarini tarbiyalash.
s) rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlashga va u orqali bilim olishga xotirani mustahkamlashga , tez fikrlashga o`rgatish, nutqni o`stirish.

Dars turi: Yangi bilim berish darsi


Dars uslubi: interfaol
Dars jihozi: Kompyuter, plakatlar, darslik.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
II. Yangi mavzu bayoni.
Reja :

  1. Xavsizlik texnikasi qoidalari

  2. Sanitariya-gigiyena talablari

  3. Ko`z va tana uchun jismoniy mashqlar.

Xavsizlik texnikasi qoidalar


Kompyuter xonasida quyidagilar mumkin emas:

  • Kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirish;

  • Kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o`cherish;

  • qurilmalardagi murvatlarni burash;

  • monitorga qo'l va boshqa narsalarni tek-kazish, himoya qopqoqlarini ochish;

- qurilmalarning ulanish joylariga tegish;
- kompyuter yaqinida* isitish asboblaridan foydalanish;
- qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish;
- xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta'sir etuvchi (kislotali, tarkibida xlor
bo'lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish;
- kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo'yish;
- kompyuterlar elektr manbaga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish;
- qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatish;
- ishlab turgan qurilmani qarovsiz qoldirish.

Sanitariya-gigiyena talablari


Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shunga ko'ra, kompyuterdan foydalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.


-O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorag'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qa-mashtirmaydigan bo'lishi kerak.


-Xonadagi havo harorati o'rtacha 20—24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim.


-V—IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 25—30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.


-O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50—60 sm narida o'tirishi kerak.


-Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2—3 minutdan iborat damberish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.


Ko'z va tana uchun jismoniy mashqlar



Download 77.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling