Maqsad: Kerakli jihozlar: akt,baliqlar turlari,yulen,kit, akula, pingvin,teleskop balig’I rasmi. Guash shakillar,plastilin,suv idishi,akvarin,o’yinlar


Download 17.91 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi17.91 Kb.
#1254474
Bog'liq
Baliq o\'zi nima


Mavzu:”Baliq nima o’zi”
Maqsad:
Kerakli jihozlar:AKT ,baliqlar turlari,yulen ,kit, akula, pingvin ,teleskop balig’I rasmi.Guash shakillar,plastilin ,suv idishi,akvarin,o’yinlar.
Mashg’ulotning borishi:Assalomu aleykum hurmatli mehmonlar .
Bolalar:Assalomu aleykum.
Tarbiyachi:Bolajonlar bugun biz sizlar bilan ajoyib bir faoliyat o’tamiz kelilar sizlarga topishmoq aytaman sizlar topishmoq javobini topasilar ho’pmi shu orqali biz bugungi faoliyatimizni nomini bilib olamiz.
Tanga tanga to’ni bor,
Mittigina ko’zi bor.
Suzsa suvlar jimirlar,
Qamishlar ham qimirlar.
Bu nima ekan bolajonlar?
Bolalar:Baliq. (Sug’diyona)
Demak bilajonlar bugun bizlar baliqlar haqida gaplashamiz .Baliqlar o’zi nima?
Bolalar: Suvda yashaydigon jonzod. ( Sevinch)
Tarbiyachi :To’g’ri ofarin ,Baliqlar daryo ko’l dengiz va okeanlarda yashaydi. Ularning turlari juda ko’p bolajonlar bizning daryolarimizda ariqlarimizda va ko’llarda suzib yuruvchi baliqlarni ko’ramiz bolajonlar .Bolalar biz yana turli hil baliqlarni ham ko’rganmiz faqat ular akvariumda yashaydigan baliqlarni bilamiz ularning turlari juda lo’ kelilar birgalikda AKT orqali tomosha qilamiz.
AKT orqali vidyorolik.
Tarbiyachi:Bolajonlar mana sizlar bilan birgalikda tabiatdagi barja jonivorlarni va baliqlarni ko’rib oldik qani kim menga baliqlar haqida sher aytib beradi?
Bolalar:
Men o’sha tanga baliq ,
Sirtlarimdir sip-siliq.
Suvda kechar hayotim.
CHuvalchangdir ovqatim.(Sevinch)

Delfin degan baliqman .


Juda sirli mahluqman.
Insonga do’st bo’laman.
Aytganini qilaman.(Bibisora)

Meni derlar akula,


Ko’zlari ola kula.
Juda o’tkir tishim bor.
Duch kelganga dunyo tor.(Lochinbek)

Men kit degan baliqman,


Judayam haybatliman.
Ammo o’zim beozor,
Tegina ko’rmeng bekor.(Bekzod)

Pingvingdur mening otim,


Muzda o’tar hayotim.
Lapanglab tik yuraman,
Suvga o’zim uraman.(Madina)

Tulendir mening nomim,


Dengizdir yashash joyim.
Suvda o’qdek suzaman,
Baliqdanham o’zaman.(Jasmina)
Tarbiyachi :Ofarin bolajonlar judaham chiroyli qilib aytib berdilaring.Mana bu baliq teleskop balig’i.Nima uchun teleskopligini bilasizlarmi?
Bolalar: CHunki uning ko’zi teleskopga o’hshidi.(Zahroxon)
Tarbiyachi:Baliqlar tanasi yasilagan ,duksimon,ilonsimon bo’ladi.Tanasi tangacha lar bilan qoplangan bo’ladi.Yana ularning tanasi silliq bo’ladi, bu esa suvda tez harakatlanish uchun yordam beradi.Harakatlanish uchun baliqlar asosan suzgichlaridan va dumlaridan foydalaniladilar .Baliqlar oilasiga bu mayda baliqchalardan tashqari, kata daryo,dengiz, okeanlarda yashaydigan baliqlar ham bor bolajonlar.Sizlarga baliqlar haqida malumotlarim yoqdimi ?
Bolalar:Ha.
Tarbiyachi :Bolajonlar zerikmadilaringmi kelilar birgalikda o’yin o’ynaymiz.
O’rnimidan turamiz ,
Qo’larimizni ko’taramiz ,
Yonimizga yoyamiz,
Oldinga uzatamiz ,
So’ngra pastga tushirib,
Joylashibham olamiz.
Baliq bo’lib suzamiz ,
Ayiqa o’hshab yuramiz,
Quyonga o’hshab sakraymiz
Joy joyimizga o’tiramiz.
Tarbiyachi:Ana endi bolajonlar oldimga lelinglar bir sizlar bilan o’yin o’ynaymiz meni qo’limda rangli doirqlar bor o’zlaringa qaysi rang yoqsa bitadan olinglar va olgan ranglaringa qarab markazlarga joylashilar
Markazlar: 1.San’at markazi.
2.Til va nutq.
3.Tabiat va ekalogiya.
Tarbiyachi:Bolajonlar kelilar san’at markazida sizlar bilan akuvarumdagi baliqlar rasmini chizamiz va loy ishidan baliqchani yasaymiz.
Til va nutq markazida turli hil o’yinlarimizni o’ynaymiz.
Tabiat va ekalogiyada baliqlarga g’amho’rlik ko’rsatamiz va o’yinlar o’ynaymiz .
Tarbiyachi :Bolajonlar judaham chiroyli qilib bajardilaring kelilar endi birgalikda multfilimtomosha qilamiz va faoliyatimizni yakunlaymiz
Ko’lning otini – balig’I chiqarar.(Sug’diyona)
CHangal ham –o’z joyida gullar.(Donyor)
El qurimasa- yer qurimas,(Samira)
Baliq suv bilan tirik –odam el bilan(Fayzbek)
Bulbul chamani sevar-odam vatani,(Xadicha )
Bulbulga bog’ yahshi-odamga vatani.(Zahro)
Tarbiyachi:Ofarin bolajonlar judaham yahshi bilar ekansizlar.Kelilar endi sizlar bilan birgalikda “Tilla baliqcha”ertagini tomosha qilamiz.
Mustahkamlovchi savollar:
1Baliq o’zi nima ekan?
2CHol kimga yahshilik qildi?
3Kampir ochko’zlik qilmadimi?
4Baliq unga nima vada berdi?
Tarbiyachi rag’batlantirishi.
Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling