Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet1/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma





NASHIDE” ONLINE O’QUV MARKAZINING


ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN
ASOSIY VA MAJBURIY BLOK UCHUN TAYYORLAGAN

O’QUV QO’LLANMASI

Tuzuvchi: Anvarova Zohida


Samarqand- 2022
5-sinf ona tili darsligi mavzulari qoidalari
(doimo yodlab borish shart!)
1-27-dars mavzularini qamrab olgan
1.Til kishilar o‘rtasidagi aloqa-aralashuv qurolidir. Shunga ko‘ra u ijtimoiy hodisa sanaladi. Til vositasida fi krlaymiz va boshqalarga fi krimizni uzatamiz. Tilni xalq yaratadi va unga sayqal beradi.
Lug‘at: ijtimoiy – inson va jamiyat hayotiga oid
2.1989-yilning 21-oktabr kuni o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab jamiyatimizda ona tilimizning obro‘yi oshdi. Majlislar, ish yuritish, asosan, o‘zbek tilida olib boriladigan bo‘ldi.
Mustaqillik tufayli bu ish yanada jadallashdi. Milliy qadriyatlarimizni, tariximizni o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. O‘zbek tilining xalqaro nufuzini ko‘tarish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.
Lug‘at: nufuz – obro‘-e’tibor, ta’sir
15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofi q yozish huquqiga egadirlar.
6-modda. Televideniye va radioeshitti rishlari davlat tilida, shuning dek, boshqa tillarda olib boriladi.
7-dars. TILSHUNOSLIK VA UNING BO‘LIMLARI.
FONETIKA
Til o‘z ichki tuzilishiga ega. Tilning ana shu ichki tuzilishidan qaysi birini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani ham bir necha bo‘limlarga bo‘linadi.Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harfl ar tizimi esa grafi ka bo‘limida o‘rganiladi.
So‘zlarni to‘g‘ri yozish qoidalari bilan orfografi ya (imlo)da, to‘g‘ri talaffuz qoidalari bilan esa orfoepiya bo‘limida tanishiladi. So‘z va uning ma’nolarini leksikologiya bo‘limi, so‘z turkumlarini morfologiya bo‘limi o‘rganadi.
Gap va gapda so‘zlarning bog‘lanishi bilan sintaksis bo‘limida tanishasiz. Sintaksis bo‘limi bilan uzviy bog‘liq bo‘lim punktuatsiyadir. Unda tinish belgilarining vazifalari o‘rganiladi.
Shunday qilib, tilshunoslik fonetika, grafi ka, orfografi ya, orfoepiya, leksikologiya, morfologiya, sintaksis va punktua tsiya bo‘limlarining uzviy bog‘liqligidan iboratdir.
Og‘zaki nutqning tovush tizimini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi fonetika deb ataladi. Nutq tovushlari, tabiatdagi boshqa tovushlardan farqli ravishda, ma’no farqlaydi.
Lug‘at:Odamiylik – odamga, chin insonga xos xislatlar
Lug‘at:ma’rifat – bilim, fan; ma’lumot; tanishish
mezon – o‘lchov
tamal toshi – poydevor

13-dars. UNLI TOVUSHLAR
Tovushlar o‘pkadan chiqayotgan havoning og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchrashi yoki uchramasligiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: unli tovushlar va undosh tovushlar. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasa, unli tovushlar hosil bo‘ladi. Tilimizda oltita unli tovush bor: a, o, e, o‘, u, i.
14-dars. UNDOSH TOVUSHLAR
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum
bir joyida to‘siqqa uchraydi va undan hosil bo‘lgan tovush undosh tovush hisoblanadi. Tilimizda quyidagi 24 ta undosh tovush bor: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‘, h, ng.
15-dars. NUTQ A’ZOLARI
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan inson a’zolariga nutq a’zolari deyiladi.
Nutq a’zolari: 1. O‘pka. 2. Tog‘aylar. 3. Un paychalari. 4. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i. 5. Og‘iz bo‘shlig‘i. 6. Burun bo‘shlig‘i. 7. Til. 8. Lablar. 9. Tishlar.
Qaysi nutq a’zosi ishtirok etishiga ko‘ra nutq tovushlari: lab (b, p,m, v, f), til oldi (t, l, s, z, d, sh, ch, j, dj, n, r), til o‘rta (y), til orqa (g, k,ng), chuqur til orqa (q, g‘, x) tovushlari va bo‘g‘iz (h) tovushi singari guruhlarga bo‘linadi.
Lug‘at: atmosfera – Yerni va boshqa planetalarni o‘rab turgan gazsimon qobiq; ozon – kislorodning bir ko‘rinishi, o‘ziga xos hidi bo‘lgan gaz; ozon qatlami – atmosferadagi kislorodli qobiq; ekologiya – odam va tabiat munosabatini
o‘rganuvchi fan; purviqor – go‘zallik va viqorga boy
Lug‘at: ta’na-dashnom – pand-nasihat, malomat; jarsolmoq – baland ovoz bilan e’lon qilmoq; majmua – to‘plam;
ko‘rgilik – kishi hayotida yuz bergan erk-ixtiyoridan tashqari ko‘ngilsiz voqea
21-dars. FONETIK HODISALAR.
SO‘ZLARDA TOVUSH ORTISHI
Lug‘at:preparat – dori-darmon; kardiolog – yurak shifokori;
xuruj – hujum, hamla; malham – davo bo‘ladigan
narsa; muqoyasa – qiyoslash, solishtirish
TOVUSH O‘ZGARISHI HOLATLARI
tov ush ortishi, tovush tushishi, tov ush almashishi

Tilimizda quyidagi kabi tovush orttirilishi hodisalari uchraydi.


Bular yozuvda aks etadigan tovush orttirilishi hodisalaridir:
bu, shu+-ga, -da, -dan bunga, shundan (- n tovushi)
mavzu+ -ing → mavzuying (-y tovushi)
Ba’zi tovush orttirilishi hodisalari faqat talaffuzda sodir bo‘ladi:
orzu, insho kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda y tovushi qo‘shib aytiladi, yozilmaydi (orzuyim emas, orzum)
– yonma-yon kelgan unlilar orasida ba’zan y undoshi qo‘shib aytilsa ham, yozilmaydi. Masalan: material, tabiat, biologiya, maishat, teatr, aeroport va hokazo.
Ayrim so‘zlarni talaffuz qilayotganimizda tovush tushishi hodisasiga duch kelamiz. Bu hodisaning ba’zilari yozuvda aks etadi, ya’ni talaffuz qilganimiz kabi yozamiz. Bu holat, ko‘pincha, so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shilganda sodir bo‘ladi.
Masalan: shahar, singil, burun, bag‘ir kabi so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilsa, ikkinchi bo‘g‘indagi unli tovush; qayir, ayir fe’llariga -il qo‘shimchasi qo‘shilganda i tovushi; ikki, olti, yetti so‘zlariga -ov, -ala, -ovlon qo‘shimchalari
qo‘shilganda i tovushi; men, sen so‘zlariga -ni, -ning, -niki qo‘shimchalari qo‘shilganda n tovushi; past, sust so‘zlariga -ay qo‘shimchasi qo‘shilsa, t tovushi
tushgan holatda yoziladi. (shahrim, ayrilmoq, ikkovlon, sening, pasay va h.k.)
Ba’zan so‘zlarda tovush tushishi hodisasi faqat talaffuzdagina sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarish yozuvda aks etmaydi.
Masalan: go‘sht, sust, Toshkent, baland, xursand kabi so’zlarning oxirgi undoshi deyarli aytilmasa-da, yoziladi.
24-dars. SO‘ZLARDA TOVUSH ALMASHISHI
Nutqimizda bir tovushning boshqa tovushga almashishi
hodisasi ham ko‘p uchraydi. Aytilgani kabi yoziladigan tovush almashishi hodisalari. – k tovushi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi k tovushi g ga aylanadi: tirgak + - i tirgagi; – q tovushi bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z oxiridagi q tovushi g‘ ga aylanadi:
tomoq + - i tomog‘i. Ammo ba’zi so‘zlar bu qoidaga bo‘ysunmaydi, ya’ni o‘zgarishga uchramaydi: idrok, ishtirok, axloq, ravnaq, huquq, ittifoq va hokazo. – ga, -gach, -gan, -gina kabi g tovushi bilan boshlanuv chi qo‘shimchalar uch xil aytiladi va yoziladi: yurakkinam, oqqan, quloqqa, bug‘ga. Eslatma: b va m tovushlaridan oldin kelgan n tovushi m shaklida aytilsa ham, n yoziladi: shamba-shanba, ko‘rimmas-ko‘rinmas.
25-dars. BO‘G‘IN VA UNING AHAMIYATI
Bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasiga
bo‘g‘in deyiladi. Bo‘g‘in unli tovushlar asosida hosil bo‘ladi. So‘zda nechta
unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in bo‘ladi: mak - tab - ga. Bo‘g‘inlar ochiq va yopiq bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Unli bilan tugaydigan bo‘g‘in ochiq bo‘g‘in, undosh bilan tugaydigan bo‘g‘in yopiq bo‘g‘in hisoblanadi. Masalan: U – mar so‘zida birinchi bo‘g‘in ochiq, ikkinchi bo‘g‘in yopiq hisoblanadi.



Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling