Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet9/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

75-dars. ANTONIMLAR
Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga antonim so‘zlar deyiladi.Ular zid ma’noli so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan: baland – past, yangi – eski, kecha – kunduz kabi.
Antonim so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi so‘z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari – barcha, achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq-yaqindan – hamma yoqdan.
78-dars. PARONIMLAR
Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma’nolari farqli bo‘lgan so‘zlarga paronimlar deyiladi. Masalan: yod – yot, bop – bob, xalos – xolos kabi.
Quyoshning bir yillik harakati yo‘lida joylashgan burjlar (o‘n ikki yulduz turkumi) O‘zbekcha aytilishi Qadimgi nomi Yil sanasi
1 Qo‘y Hamal 21-mart – 20-aprel
2 Buzoq Savr 22-aprel – 20-may
3 Egizaklar Javzo 21-may – 21-iyun
4 Qisqichbaqa Saraton 22-iyun – 21-iyul
5 Arslon Asad 22-iyul – 22-avgust
6 Parizod Sunbula 23-iyul – 23-sentabr
7 Tarozi Mezon 24-sentabr – 22-oktabr
8 Chayon Aqrab 23-oktabr – 22-noyabr
9 O‘qotar Qavs 23-noyabr – 19-dekabr
10 Tog‘ echkisi Jad(i)y 20-dekabr – 18-yanvar
11 Qovg‘a Dalv 19-yanvar – 21-fevral
80-dars. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING BOYISH MANBALARI.
O‘Z VA O‘ZLASHGAN SO‘ZLAR
Til doimiy ravishda boyib boradi. Uning boyishi ikki usulorqali amalga osh iriladi. 1. Ichki imkoniyat asosida. Bunda shevalardan so‘z olinadi, yangi so‘zlar yasaladi yoki so‘z ma’nosi o‘zgaradi. Masalan: mengzamoq (o‘xshatmoq), raqamlashtirish, dasturchi, sichqoncha kabi 2. Tashqi imkoniyat asosida. Chet tillаrdan so‘zlar oli nadi. Bunday so‘zlarga olinma so‘zlar deyiladi: Masalan: fayl, market, metro kabi. Tildagi so‘zlar ikki qatlamdan iborat: a) o‘z qatlam. Bu qatlamga
oid so‘zlar azaldan tilimizda qo‘llanib kelinayotgan ish, bosh, biz, yigirma kabi umumturkiy va o‘zbekcha so‘zlardir; b) arab, fors, yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar o‘zlashma qatlamni tashkil etadi. Qalam, bahor, telefon, parta, stol kabi so‘zlar shular jumlasidandir.

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling