Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


-dars. QO‘SHTIRNOQNING ISHLATILISHI


Download 43.25 Kb.
bet14/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

126-dars. QO‘SHTIRNOQNING ISHLATILISHI
Qo‘shtirnoq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi: 1. Badiiy, ilmiy, musiqa, san’at asarlari; gazeta-jurnallar qo‘sh tirnoqqa olinadi: Sa’diyning “Guliston” asari, “Kichkina tabib” kinofi lmi, “Tong yulduzi” gazetasi.
2. Tashkilot, muassasa, korxona, jamiyat nomlari ham qo‘shtirnoq ichida yoziladi: “Kamalak” tashkiloti, “El-yurt umidi” jamg‘ armasi, “Toshkent” mehmonxonasi.
3. Sinf tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoqda beriladi: 5-“B” sinf, “5” baho.
Boshqalarning hech o‘zgarishsiz ishlatilgan gapi ko‘chirma gap deyiladi. Ko‘chirma gap maullif gapi bilan birga qo‘llanadi. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi: “Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan.
Yoshlarni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim”, degan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.
128-dars. ISH QOG‘OZLARI. E’LON, XAT
E’lon so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “bildirish, xabarnoma” degan ma’nolarni anglatadi.
E’lon ko‘pchilikka yetkazilishi zarur bo‘lgan xabar, buyruqni va shunday xabar yozilgan qog‘oz, hujjatni bildiradi.
Xat xabar berish, fi kr almashish maqsadida aniq manzilga yuboriladigan matn.
130-dars. ISH QOG‘OZLARI.
TABRIKNOMA
Tabriknoma so‘zi ( arabcha-forscha so‘z bo‘lib) tabrik yozilgan xat degan ma’noni bildiradi.
131-dars. ISH QOG‘OZLARI.
TAKLIFNOMA
Taklifnoma so‘zi arabcha taklif (tashrif buyurish haqidagi iltimos) va forscha noma so‘zlaridan olingan. Taklifnoma ma’lum bir tadbirga taklif etib yozilgan xat hisoblanadi.



Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling