Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan
Download 43.25 Kb.
|
5-sinf darslik qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 68-dars. CHIZIQCHA BILAN YOZISH
- 69-dars. KO‘CHIRISH QOIDALARI
66-dars. AJRATIB YOZISH
1. Har, hech, bir, u, shu, o‘sha, hamma kabi so‘zlar o‘zi birikib kelgan so‘zdan ajratib yoziladi: har kim, hech narsa, bir zum, bu yerda, hamma vaqt (biroz, birpas, birvarakayiga so‘zlari qo‘shib yoziladi). 2. Yildan yilga, kundan kunga, ko‘pdan ko‘p kabi birliklar ham ajratib yoziladi. 67-dars. BOSH HARFLAR IMLOSI 1. Kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusi bosh harf bilan yoziladi: Abdulla Qodiriy, Fitrat. 2. Joy nomlari bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston (mamlakat), Navoiy (viloyat), Farg‘ona (shahar), Ko‘kcha (mahalla). 3. Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomi bosh harf bilan yoziladi: Xotira kuni, Yangi yil, Ramazon hayiti. 4. Har bir gap bosh harf bilan boshlanadi: Istiqlolim – istiqbolim. 68-dars. CHIZIQCHA BILAN YOZISH 1. Juft va takror so‘zlar orasida chiziqcha ishlatiladi: ota-ona, sekin- sekin. 2. Juft so‘zlar orasida -u, -yu qo‘shimchasi ishlatilsa, ular birinchi so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi: oy-u quyosh, erta-yu kech. 3. So‘zning -ma, ba- yordamida birlashgan qismlari chiziqcha bilan yoziladi: uyma-uy, dam-badam. Lekin so‘z tarkibida mustaqil ishlatilmaydigan qism qatnashsa, qo‘shib yoziladi: ro‘baro, darbadar. 4. -chi, -a (-ya), -ku, -u (-yu), -da, -e ,-ey kabi so‘zga qo‘shimcha ma’no yuklovchi qo‘shimchalar chiziqcha bilan yoziladi. Ammo shunday mazmundagi -mi, -oq (-yoq), -ov (-yov), -gina (-kina, -qina), -ki qo‘shimchalari o‘zidan oldin kelgan so‘zga qo‘shib yoziladi: sen-chi, keldi-da, ko‘rdingmi, ertagayoq. 5. Bilan va uchun so‘zlarining qisqargan -la va -chun shakli chiziqcha bilan yoziladi: onam-la, sen-chun. 69-dars. KO‘CHIRISH QOIDALARI 1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida ko‘chiriladi: tad-bir-kor, kol-lej, ma’-lum, ta’-lim kabi (tutuq belgisi birinchi bo‘g‘inda qoldiriladi). 2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmaydi. So‘z oxirida kelgan yolg‘iz unli bir o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: e’-lon emas, e’lon; u-ka → uka, mu-do-fa-a → mu-do-faa si n gari. 3. Sh, ch, ng harfl ari birikmasi doim birgalikda yoziladi: ko-shona, pi-choq, de-ngiz, sing-lim kabi. 4. 5-“B”sinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm kabi ko‘rinishdagi birikmalar ham bir-biridan ajratilmaydi. Download 43.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling