Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet5/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

51-dars. X VA h UNDOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
X,x harfi chuqur til orqa undoshini ifodalaydi, H,h harfi esa bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan undoshni ifodalaydi.
52-dars. Z VA s UNDOSHLARINING TALAFFUZI
VA IMLOSI
Z tovushi so‘z boshida aniq talaffuz qilinadi. Jarangsiz undoshlardan oldin yoki so‘z oxirida kelganda, ko‘pincha, s tovushiga moyil aytiladi, ammo z yoziladi. Masalan: ischil emas, izchil; tussiz emas, tuzsiz.
S tovushi o‘zbek tilida so‘zning boshi, o‘rtasi, oxirida erkin kela oladigan eng unumli, ko‘p qo‘llanuvchi tovushdir.
Lug‘at: tuzuk – nizom; tamaddun madaniyat
54-dars. SH, sh VA CH, ch HARFLAR BIRIKMASI
VA ULARNING VAZIFALARI
Sh, sh harfl ar birikmasi bitta (til oldi, jarangsiz undosh) tovushni ifodalaydi. Eslatma: S va h harfl ari yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular orasiga tutuq belgisi (’) qo‘yiladi: Is’hoq (ism), as’hob (suhbatdoshlar), mus’haf (sahifalar). Ch, ch harflar birikmasi ham bitta (til oldi, jarangsiz) tovushni ifodalaydi.
55-dars. NG, ng HARFLAR BIRIKMASI
VA UNING VAZIFALARI
Ng, ng harfl ar birikmasi bitta (til orqa) undoshni ifodalaydi. Bu harflar birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harfl arning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng, ng harfl ar birikmasi bir bo‘g‘in tarkibida, n va g harfl ari boshqa-boshqa bo‘g‘inlar tarkibida keladi. Solishtiring: shud-ring, ko‘-ngil, sing-gan, ko‘rdi-ngiz; men-ga, osmon-ga sin-gan. Rus-yevropa so‘zlarida har doim alohida tovushlarni anglatadi: kon-gress, shtan-ga.
59-dars. QO‘SH UNDOSHLAR
TALAFFUZI VA IMLOSI
Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so‘zlar qo‘sh undoshli so‘zlardir.
Ba’zi so‘zlarda qo‘sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: quvvat, chaqqon. Ayrim chet tilidan o‘zlashgan so‘zlarda qo‘sh undoshlar bir undoshdek
talaffuz etiladi, lekin qo‘sh undosh bilan yoziladi: million, komissiya, artilleriya. Gramm, metall, kongress kabi so‘zlar oxirida kelgan qo‘sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so‘zlarga shunday tovush bilan boshlanadigan qo‘shimchalar qo‘shilganda, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi: metall+-larmetallar.

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling