60-dars. QATOR UNDOSHLAR
TALAFFUZI VA IMLOSI
Bir bo‘g‘inida yonma-yon ikki xil undosh kelgan so‘zlar qator undoshli so‘zlardir.
Qator undosh bilan tugagan ba’zi so‘zlar talaffuzida oxirgi undosh deyarli aytilmasa-da, yoziladi: go‘sht, do‘st, xursand, barg, monand… So‘z boshida qator undoshning kelishi faqat o‘zlashma (boshqa tildan kirgan) so‘zlarga tegishli: stol, broker, bloger…
61-dars. ASOS VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI
1. a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v, -q, -qi, -vchi qo‘shimchalari qo‘shilganda, a unlisi o aytiladi va yoziladi: sayla – saylov, qayna – qay noq, sayra – sayroqi. Shuningdek, o‘qi – o‘quv, sovi – sovuq, to‘qi – to‘quvchi so‘zlarida i unlisi u ga aylanishi mumkin.
2. g tovushi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar 3 xil aytiladi va yoziladi: borgan, eshikka, chiqqach. Eslatma: bargga, tog‘ga, og‘gan, sig‘guncha, pedagogga kabi so‘zlar,
qanday aytilishidan qat’i nazar, asliday yoziladi.
62-dars. ASOS
VA QO‘SHIMCHALAR IMLOSI (davomi)
1. -boz qo‘shimchalari -voz kabi aytilsa-da, asl shakli bo‘yicha yoziladi:
dorboz (dorvoz)
2. parvo, obro‘, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda y tovushi ortadi va shunday yoziladi: parvoyim, mavqeyi.
3. -da, -dan, -di qo‘shimchalari jarangsiz undoshlarga qo‘shilganda -ta, -tan, -ti shaklida aytilsa ham, asliday yoziladi: ketti → ketdi.
65-dars. QO‘SHIB YOZISH
1. Xona, noma, poya, bop, ham, baxsh, kam, umum, rang, mijoz, sifat, talab, aro kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: oshxona, tabriknoma, bedapoya, hammabop, xushbichim, hamshahar, qo‘ymijoz, maymunsifat, kamhosil, umumdavlat, bug‘doyrang, shaharlararo, hurmattalab, havorang va h.k. -ar, -mas qo‘shimchasi bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: o‘rinbosar, buzoqboqar, ertapishar, ishyoqmas kabi.
2. Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi: Oqtepa, Uchqo‘rg‘on, Davlatobod, Xo‘jaobod kabi, lekin Markaziy Osiyo, Ko‘hna Urganch, G‘arbiy Yevropa kabi joy nomlari ajratib yoziladi.
3. Ruscha, baynalmilal yoki tarjima qilingan qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi: telestudiya, fotoapparat, radioto‘lqin, elektrarra kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |