Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet3/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

Lug‘at: qatli om yoppasiga qirish
shahid – haqqoniyat yo‘lida qurbon bo‘lish


38-dars. I VA u UNLILARINING TALAFFUZI
VA IMLOSI
Lug‘at: e’tiqod – qattiq ishonch, dildan e’tirof etiluvchi tushuncha, nuqtayi nazar, qarash; iymon I tovushi bilan, bir, kir, qirg‘oq, zirapcha, likopcha kabi so‘zlarda qisqa talaffuz etilsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Kunduz, qovun, tovuq kabi so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indagi u tovushi i kabi aytilsa ham, u yoziladi.


39-dars. E VA o‘ UNLILARINING TALAFFUZI
VA IMLOSI
E harfi kecha, ekran, ne’mat kabi so‘zlarda to‘liq talaffuz qilinadi. Telefon, teatr, okean, material kabi so‘zlarda i ga monand aytiladi, lekin e yoziladi. O‘ tovushli ko‘l, o‘s, cho‘l, jo‘ra, mo‘tabar kabi so‘zlarda torroq, bo‘ri, qo‘ri, xo‘roz, ro‘mol kabi so‘zlarda esa kengroq eshitiladi, ammo har vaqt bir xil shaklda yoziladi. Mo‘tadil, mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlardagi tutuq belgisi yozuvda tushirib qoldiriladi.


41-dars. YONMA-YON KELGAN
UNLILAR TALAFFUZI VA IMLOSI

Yonma-yon kelgan unlilar ishtirok etgan so‘zlar, asosan, boshqa tillardan kirgan so‘zlardir. Bunday so‘zlardagi unlilarni og‘zaki nutqda yo bir cho‘ziq unliga aylantirish, yo o‘rtasiga undosh tovush qo‘shish yo‘li bilan tilimizga moslashtiriladi.


Masalan: muallim – ma’lim, saodat – sodat, soat – sog‘at (sohat), oila – oyila, doimo – doyimo, kauchuk – kavuchuk kabi.


43-dars. G VA k UNDOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
So‘z oxirida g (jarangli) va k (jarangsiz) undoshlari o‘rtasida gi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil k holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda g va k harfl ari orqali yoziladi: dialog.
K undoshi bilan tugagan asosga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilsa, bu qo‘shimcha -ka tarzida aytiladi va shunday yoziladi. M a s a l a n: bilakka, tilakka kabi.
G undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilsa, asos va qo‘shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar, o‘zgarmaydi. Masalan: bargga, pedagogga.

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling