Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet4/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

Lug‘at: maqom Sharq musiqasida musiqiy ohang, kuy yo‘li, tartibi, shakli; “Shashmaqom” – olti qismdan iborat o‘zbek musiqa asari


44-dars. Q VA g‘ UNDOSHLARINING
TALAFFUZI VA IMLOSI


Q undoshi bilan tugagan asosga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilsa, bu qo‘shimcha -qa tarzida aytiladi
va shunday yoziladi. Masalan: qaymoqqa, toshloqqa kabi. Xuddi shunday asoslarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa, so‘z oxi ridagi q undoshi g‘ ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan: bulog‘i, qishlog‘i.
G‘ undoshi bilan tugagan so‘zlarga jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi qo‘shilsa, asos va qo‘shimcha qanday aytilishidan qat’i nazar, o‘zgarmaydi: bug‘ga, bog‘ga. So‘z oxirida g‘ (jarangli) va q (jarangsiz) undoshlari o‘rtasidagi farq yo‘qolib, har ikki undosh bir xil q ho lida talaffuz qilinsa ham, yozuvda q va g‘ harfl ari orqali yoziladi.
46-dars. D VA t UNDOSHLARINING
TALAFFUZI VA IMLOSI
So‘z oxirida d–t singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yo‘qolib, bir xil – jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin d yoziladi.
48-dars. J, dj UNDOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI
J harfi jo‘ja, jajji kabi so‘zlarda til oldi, jarangli tovushni ifodalaydi. Bu tovush ch tovushiga moyil aytiladi. Jurnal, jirafa, sajda kabi so‘zlarda esa dj til oldi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo‘llaniladi, jarangsiz jufti sh tovushidir.
49-dars. F VA v UNDOSHINING TALAFFUZI
VA IMLOSI
F undoshi fi l, futbol, foyda singari so‘zlarda p holida o‘qilsa ham, f bilan yoziladi. Farg‘ona, afzal, afg‘on kabi so‘zlarda f undoshi, p yoki v ho lida o‘qilsa ham, f bilan yoziladi. V undoshi avtomat, avtomobil singari so‘zlarda f holida o‘qilsa ham, v bilan yoziladi.

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling