70-dars. O‘ZBEK TILINING LUG‘AT BOYLIGI
Tildagi barcha so‘zlar yig‘indisiga shu tilning lug‘at tarkibi yoki so‘z
boyligi deyiladi. Tilshunoslikning so‘z va uning ma’nolarini o‘rganadigan bo‘limiga
leksikologiya deyiladi. Leksikologiya yunoncha lexikos – so‘z va logos – ta’limot so‘zlaridan olingan. Abdurauf Fitrat “Adabiyot qoidalari” nomli asarida o‘zbek tili lug‘atboyligining taraqqiyoti masalasiga to‘xtalib, shunday yozadi: “Dunyo
o‘zgarib turadir. Hayot kundan yangilashib boradir. Yuz yil burungi otabobolarimizning tushlariga ham kirmagan bir ko‘b hodisalar, narsalar maydonga chiqib turadir. Bular uchun yangi-yangi otlar taqash lozim bo‘ladir. Biz bularning otlarini yo yangidan yasaymiz (uchg‘ich, uyushma, boshqarma kabi), yoxud yotlardan olarmiz (elektrik, telefon, poyizd kabi), yo unutilib ketgan eski so‘zlarimizni yangidan tirgizamiz (qurultoy kabi). Shul uch yo‘l bilan tilimizga yangi so‘zlar kirgizishni
qabul etmasak, tilimizni boyimoqdan to‘xtatgan bo‘lamiz.”.
71-dars. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO
MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI
So‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra sinonim, omonim, antonim
va paronim so‘zlarga bo‘linadi.
72-dars. SINONIMLAR.
SINONIMIK QATORDA BOSH SO‘Z
Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va undan ortiq so‘zlarga
sinonim (ma’nodosh) so‘zlar deyiladi. Bu kabi so‘zlarning bir qatorga
jamla nishiga sinonim (ma’nodosh) so‘zlar qatori deb ataladi.
Masalan: g‘alaba, zafar, yutuq. Qatordagi ma’nosi hammaga tushunarli
bo‘lgan, nutqda faol qo‘llanadigan, adabiy shakl sanalgan
so‘z bosh so‘z deb yuritiladi.
74-dars. OMONIMLAR.
NUTQDA OMONIMLARDAN FOYDALANISH
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan
so‘zlarga omonim so‘zlar deyiladi. Ular shakldosh so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan: un (tovush), un (mahsulot), un (fe’l).
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma’nolarini bildirgan so‘zlarga omonim so‘zlar deyiladi. Ular shakldosh so‘zlar deb ham yuritiladi. Masalan: un (tovush), un (mahsulot), un (fe’l).
Do'stlaringiz bilan baham: |