Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


-dars. ANIQ FANLARGA OID TERMINLAR


Download 43.25 Kb.
bet11/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

95-dars. ANIQ FANLARGA OID TERMINLAR
Ilmiy тermin (atama)lar ikki xil yo‘l bilan hosil qilinadi: a) umumxalq tilidagi so‘zlardan ma’noni maxsuslashtirish orqali: qo‘shish, ayirish, tekislik, ildiz kabi; b) boshqa tillardagi ilmiy terminlarni o‘zlashtirish orqali: fonetika, biznes, virus va h.k.
101-dars. IBORALAR
Ma’nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplarga ibora deyiladi. Masalan: dimog‘i chog‘ bo‘ldi (xursand), yuzini yerga qaratmoq (uyaltirmoq), qo‘li baland kelmoq (g‘olib chiqmoq) va h.k. Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.
Ibora Ma’nosi
Adabini yemoq oshkor bo‘lmoq, siri fosh bo‘lmoq
Burni ko‘tarilmoq hamjihat bo‘lmoq, yakdillik bilan
Bu qulog‘idan kirib, u qulog‘i dan
chiqib ketmoq
kibrlanmoq, gerdaymoq
Misi chiqmoq e’tibor bermaslik, xotirasida tutib qolmaslik
Bir yoqadan bosh chiqarmoq uyatli holda qolmoq
Yuzi shuvut bo‘lmoq qilmishiga yarasha jazosini olmoq
105-dars. MAQOLLAR
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularda fi kr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.
Maqollar fi krni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisoblanadi. Bejiz “Ilm o‘lchovi – aql, zehn o‘lchovi – naql”, deyilmaydi.
Maqollar, asosan, bir, ikki misrali bo‘ladi. Ularda antonimlardan
keng foydalaniladi.
a) Bo‘ridan qo‘rqadigan podani uddalay olmaydi. (Fors maqoli)
b) O‘z kuchingga ishonmasang, yo‘qolasan. (Udmurt maqoli)
c) Muhimi tez yugurish emas, ertaroq yugurishdir. (Fransuz maqoli)
d) Qaysi barmog‘ingni tishlama, hammasi og‘riydi. (Qozoq maqoli)
110-dars. LUG‘AT, LUG‘AT TURLARI
So‘zlari alifbo tartibida joylashtirilgan, turlicha izohlar berilib, kitob shakliga keltirilgan to‘plamga lug‘at deyiladi. Lug‘atlar -ning turi ko‘p. Masalan, so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi imlo lug‘atida, ma’nosi izohli lug‘atda, boshqa tildagi shakli tarjima lug‘atda beriladi. Undan tashqari, ensiklopedik lug‘atlar, sinonim, antonim,
omonim, paronim so‘zlar lug‘ati ham bor.

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling