Ona tili va adabiyot fanidan asosiy va majburiy blok uchun tayyorlagan


Download 43.25 Kb.
bet12/14
Sana24.06.2023
Hajmi43.25 Kb.
#1652884
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-sinf darslik qo\'llanma

Lug‘at: juzlab – kitob varaqlarini mahkamlab tikmoq
114-dars. IZOHLI LUG‘AT
So‘zlarning ma’nosi keng izohlanadigan lug‘atga izohli lug‘at deyiladi.
Lug‘at: resurs – zaxira (saqlab qo‘yilgan narsalar)
117-dars. IMLO LUG‘ATI
Imlo (orfografi k) lug‘atida tilimizdagi so‘zlarning to‘g‘ri yozilishi ko‘rsatiladi. So‘zlar alifbo tartibida beriladi. Yurtimizda imlo lug‘atlari bir necha bor nashr etilgan. Eng oxirgisi 2013-yilda chop etilgan imlo lug‘atidir. Unda 85000dan ortiq so‘zning yozilishi qayd etilgan.
122-dars. PUNKTUATSIYA BO‘LIMI HAQIDA
MA’LUMOT
Lug‘at: qavm – bir urug‘ga mansub, mahalla; tavof qilmoq – muqaddas, aziz bilib e’zozlamoq
Tinish belgilarining yozma nutqda qo‘llanish qoidalarini o‘rga nuvchi bo‘lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo‘lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay bilish kerak.
O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud. Tire (–) bilan chiziqcha ( - )ni farqlash lozim. Tire tinish belgisi, chiziqcha (defi s) esa imlo qoidalarida o‘rganiladigan belgidir.
123-dars. NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI
Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi gaplardan so‘ng: Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la barvasta qariya edi. (I.Sulton)
2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng: Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon)
3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so‘ng: Nutq tovushlari 2 xil bo‘ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
Vergul quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Sanash ohangida aytiladigan bo‘laklar – uyushiq bo‘laklar orasida: Chetlarida jiydalar, majnuntollar o‘sgan anhorga havas bilan qaradi. (Said Ahmad)
2. Undov so‘zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir. (O‘. Hoshimov)
3. Biror shaxsga murojaat – undalmalardan keyin: O‘g‘rigina bolam, hoynahoy, biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan ko‘rinasan? (G‘afur G‘ulom)
4. So‘z takrorlansa: Shoir itoatkarona bosh irg‘ab: – O‘qiganmiz, o‘qiganmiz, – deb tan oldi. (O. Yoqubov)
5. So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fi krga qo‘shimcha munosabatini bildiradigan so‘zlarning ikki tomonida: Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki, yo‘qlab kelguvchi
sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan. (A. Qodiriy)

Download 43.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling