Markaziy Osiyoda yahudiylik


Download 23 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi23 Kb.
#1409327
Bog'liq
4-mavzu


Markaziy Osiyoda yahudiylik, buddaviylik va xristianlikning kirib kelishi (1-maʼruza)
Yaxudiydikning vujudga kelishi, ta’limoti va marosimlari
O‘rta dengizning sharqiy qirg‘oqlariga joylashgan qadimgi Iudeya va falastin davlatlari mantaqalarida arab va yahudiy qabilalari avlodlari istiqomat qilishadi.
Yaxudiylik avval yahudiy qabilalarining eng kuchlisi bo‘lgan Iuda qabilasining politeistik dini bo‘lgan. Yaxudiylik -qadimgi dinlardan bo‘lib, eramizdan oldingi XIII asrda yahudiylarning milliy dini sifatida vujudga keldi. Yaxudiylik o‘zining asosiy aqidalarini bevosita o‘sha davrda mavjud bo‘lgan totemizm, animizm, fetishizm, sehrgarlik va politeistik dinlarning qorishmasi sifatida, quldorlik davrining xususiy mulkchilik munosabatlariga asoslangan bazisi va yagona davlat hokimiyati, uning boshida turgan podshoning ilohiylashtirgan usqurtmaning in’ikosi o‘laroq ishlab chiqilgan dastlabki monoteistik din edi. Demak, Yaxudiylikning paydo bo‘lishi va mustaqil monoteistik din sifatida maydonga chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog‘liqir.
Arab davlatining hududlarida chorvachilik bilan shug‘ullangan ko‘chmanchi yahudiy va arab qabilalari eramizdan avvalgi 2 mingginchi yillarda osmon jismlarini, ayrim hayvonlarni ilohiylashtirib ularga sajda qilganlar, arvohlarga ishonganlar.
Diniy adabiyotlarda va din peshvolari ta’limotida yahu-diylar oliy nasl-nasabli xalq, shuning uchun ularga oliy irq mumtoz xalq bo‘lishini xudoning o‘zi ato qilgan, deydilar. Bunday qarashni isbotlash uchun asrlar davomida jamiyatdagi sodir bo‘layotgan juda ko‘p ijtimoiy hodisalar bu dinga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi, u milliy dinligicha saqlanib qoldi, degan fikr ta’kidlanadi.
Aslida esa hamma narsa va hodisalar o‘zgarib turganidek, Yaxudiylik ham o‘z mazmun va shakllarini o‘zgartirdi, zamonga moslashdi.
Yaxudiylik politeizmdan monoteizmga o‘tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirdi. Bu din tarixi ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga o‘tguncha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko‘p xudoga e’tiqod qilganlar. Har bir qabila, urug‘ alohida xudoning nomi bilan bog‘langan. Moddiy olam hodisalarning har bir guruhi, hatto shaharlarning ham o‘z xudosi bo‘lgan. Masalan, Yaxudiylik dinining muqaddas kitobi Tavrot yozuvlarida: «Sening shaharlaring qancha bo‘lsa, xudolaring ham shunchadir», deyilgan. Yaxudiylikda Yahudiy millatining yo‘lboshchilari va payg‘ambarlari hisoblangan Iso (Iisus Xristos), Navin, Ibrohim (Avraam), Muso (Moisey), Is’hoq (Isaak), Yoqub (Iakav), Yusuf (Iosif), Sulaymon, Dovud, Nuh(Noi) va boshqalarga politeistik dinlar hukmronlik qilgan davrlarda mahalliy qabilaviy xudolar sifatida e’tiqod qilingan. Masalan, Moisey (Muso) Iuda qabila-sining payg‘ambari, Yahve (Iegova) esa shu qabila xudosi edi.
Eramizdan avvalgi X asrda yahudiy qabilalari o‘rtasida sinfiy tabaqalanish ro‘y berishi va quldorlik munosabatlarining vujudga kelishi jarayonida mavjud qabilaviy dinlar asosida Yaxudiylik shakllandi.
Falsafa ta’limotiga ko‘ra, yer yuzida sodir bo‘ladigan vo-qea-hodisalar jamiyat hayotining o‘zgarishlari, ma’naviyatdagi barcha o‘zgarishlar tabiiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Din sohasidagi evolyusion o‘zgarishlar ham mana shu ob’ektiv dialektik tamoyilga bo‘ysinadi.
Shunga ko‘ra, yahudiy qabilalari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar taraqqiyoti bilan Yaxudiylikda bo‘lgan o‘zgarishlar o‘zaro bog‘liq edi. Qabilalar ittifoqi yuz berishi natijasida qabilaviy xudolar o‘rniga bitta xudoga e’tiqod qilish ham shakllana boshlagan. Bunda past va yuqori darajada turadigan xudolar pillapoyasi paydo bo‘ladi. Falastindagi Ruvit, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalari obro‘si ko‘tarilgan. Bularning ichida Iuda qabilasi kuchli bo‘lib, bu qabilarni o‘ziga bo‘ysindirgach, uning Yaxve xudosi ham barcha xudolardan yuqori turuvchi bosh xudo hisoblandi. Uni yakka-yu yagona xudo deb tan olindi. Bunga qadar politeizmda yaxve tog‘lar, chaqmoq, momaqaldiroq va suv xudosi hisoblanardi. Iudeya deb nom olgan quldorlik davlatining paydo bo‘lishi munosabati bilan Yaxve ham Osmon va Yer yuzini, barcha narsalar va hodislarni yaratgan, boshqarib turgan yagona xudo deb, tasavvur qilina boshlandi. Shu tariqa Yaxvedan boshqa xudolarga e’tiqod qilishga barham berildi. Yaxve sharafiga atab Quddus (Ierusalim) shahrida hashamatli ibodatxonasi Nogota qurilgan. Yahudiy milliy davlati Yaxudiylikni rasmiy davlat dini deb qabul qildi. Yaxudiylik sinfiy va ijtimoiy jihatdan yahudiy millatining hukmronligini muqaddaslash-tirdi. Yaxudiylikda dindorlar tepasida ravvin deb ataladigan ruhoniy «ota»lar turadi. Yaxudiylik ibodatxonalari sinogogalar deyiladi, bular islomdaga masjidlarga, xristianlikdagi cherkovlarga to‘g‘ri keladi.
Yaxudiylikning kelib chiqish tarixi, aqidalari (ta’limotlari, falsafiy-nazariy asoslari), marosim, urf-odatlari, ahloqiy qarashlari, huquqiy va qonun tizimlari, undagi payg‘ambarlar, avliyolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rivoyatlar, ibodat duolarining barchasi Tavrot kitobida (Tavrot - ilohiy qonun demakdir) bayon etilgan. Tavrot xudo Yaxve tomonidan payg‘ambar Musoga osmondan vahiy qilingan muqaddas kitob hisoblanadi. Qur’onda Tavrotni ilohiyligi va muqaddas kitobligi aytilgan. Masalan, Qur’onning «Baqara» (Sigir) deb nomlangan ikkinchi surasining 53-oyatida: «Sizlar haq yo‘lini topishingiz uchun Musoga kitob va furqonni (ya’ni Tavrotni) berganimizni eslanglar», deyil-gan. «Baqara» oyatlarining qariyb uchdan bir qismini «ahli kitoblar» (Tavrot va Injilga iymon keltirganlar), xususan yahudiylar haqidagi ma’lumotlar tashkil qiladi». (Qarang:Qur’oni Karim. O‘zbekcha izohli tarjima, Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. «Cho‘lpon» nashriyoti».Toshkent.1992 yil, 6-7 betlar). Tavrotni «Qadimiy ahd» ham deyiladi.
YaXUDIYLIKNING AQIDALARI
1-aqida: «Qadimiy ahd» va Talmudning (Talmud Tavrotdagi va xalq og‘zaki aytib yurgan duolar to‘plami) muqaddasligiga ishonish va ularga e’tiqod qilish to‘g‘risidagi ta’limot.
2-aqida: Yagona xudo Yaxve (Iegova)ga sig‘inish, unga iymon keltirib e’tiqod etish to‘g‘risidagi ta’limot.
3-aqida: Xudo Yaxve Isroil davlatini Yer yuzidagi jannat qilib yaratgan va Yahudiy millatini oliy irq, tanlab olingan mumtoz millat qilib yaratgani to‘g‘risidagi ta’limot. Shuningdek Yahudiy xalqi xudoning eng sevgan bandasi ekaniga ishonishdir.
4-aqida: G‘oyib bo‘lgan payg‘ambarlar madhining Yer yuziga yana qaytib kelishi, uning yomon odamlarni jazolashi ming yil davom etadigan adolatli jamiyat yaratish to‘g‘risidagi ta’limotlaridir.
Yaxudiylik o‘rta asrlarda o‘zining eski mazmunini saqlab qolgan holda biroz o‘zgargan. XI-XII asrlarda Yaxudiylikda hukmronlik qilgan davrlar uning ko‘p tomonlarini qayta ishlab chiqdilar. O‘rta asrning ko‘zga ko‘ringan faylasuflaridan biri bo‘lgan ravvin Maymond Yaxudiylikning 13 ta asosiy aqidasini tuzib chiqdi. Bu aqidalar quyidagilardan iborat: 1) olamni yaratuvchi xudo bor; 2) u bitta; 3) u jimsiz; 4) u ibtidosiz; 5) faqat xudoning bir o‘ziga sig‘inish kerak; 6) tabiiy sir - haqiqat; 7) Muso payg‘ambarlarning eng ulug‘i; 8) tora (tavrot), ya’ni injilning birinchi besh kitobi Musoga xudo tomonidan berilgan; 9) Musoning qonunlarini boshqa qonunlar bilan almashtirib bo‘lmaydi; 10) Koinot xudoning irodasi bilan boshqariladi; 11) yaxshilarga yaxshilik, yomonlarga jazo bor; 12) Isroilga haloskor keladi; 13) o‘lganning tirilishi haqiqat.
Maymond yozgan bu 13 ta aqida orqali Yaxudiylikning yanada kuchaytirish, uning feodalizm manfaatlarini kuchliroq himo-yachisiga aylantirish, dinni shakkoklik va kufrlardan himoya qilish Yaxudiylikni zamonaviy qilishga urinish edi. Yangi aqidalarda Yaxudiylikning haloskorlik vazifasini kuchaytirish ham maqsad qilib olingan.
Bu aqidalarda Yahudiylarning o‘z milliy dinlarida mustahkam turishlariga da’vat qilish ham ko‘zda tutilgan edi.
5-aqida: Oxirat mavjudligiga ishonish.
Tavrot rivoyatlariga ko‘ra, xudo butun olam, undagi jonli va jonsiz narsalarni olti kunda yo‘qdan bor qilib yaratgan. Jumladan, xudo Adam va Yeva (erkak va ayol) odamlarni ham loydan yaratib o‘z ruhidan jon ato etgan, ular dastlab jannatda yashashgan. So‘ngra ular shaytonning gapiga kirib jannat tartibini buzishib, gunoh qilishgan, xudo ularni jannatdan haydab yuborgan. Dastlabki odamlar gunohkor bo‘lgani uchun ulardan tarqalgan bolalar ham tug‘ma gunohkor bo‘ladilar, cho‘qintirish marosimi o‘tkazilib boladagi tug‘ma gunoh yuvib yuboriladi, degan tasavvurlar Yaxudiylikda keng tarqalgan, keyin bu tasavvurlar xristianlarga ham o‘tib qolgan.
Tavrotni «Qadimiy ahd» deyilishiga sabab esa quyidagi rivoyatda bayon etilgan. Go‘yoki er.av. XII asrda Sinay yarim orolidagi Sino tog‘ida yahudiy qabila boshliqlari bilan xudo Yaxve o‘rtasida kelishuv ahdnomasi tuzilgan. Unga ko‘ra xudo yahudiylarni oliy irq va yer yuzining hukmroni, Isroil mamlakatini esa Yer yuzidagi jannat qilib yaratgan. Buning evaziga esa barcha yahudiylar Yaxvega iymon keltirishlari, u yuborgan kitobga asosan payg‘ambar Musoga ummat bo‘lib yashashlari, buning belgisi sifatida sinagogalarda ibodat qilish, ravvinlarga hurmat ko‘rsatish, ularga xizmat qilish, o‘z hukmronlariga sadoqat ko‘rsatish majburiyatlari yuklangan. Bu ahdnoma 5 ta kitobda yozilgan, ya’ni Tora to‘plamida bayon qilingan. Bibliya (Injil)ning dastlabki 5 ta kitobidan iborat qismini «Qadimiy ahd» deyiladi.
Yaxudiylikda bir qator marosimlar mavjud, Yaxve bandalari o‘z diniy ibodatxonlarini «studiya»lar deb ataydilar, ular, asosan, diniy adabiyot, pand-nasihatlarni o‘qib o‘rganadilar.
Yaxudiylikdagi rasm-rusumlarning tartiblari, ijozat va taqiqlar, grajdanlik, oilaviy, turmush, nikohga oid ko‘rsatmalar, asosan, Talmud to‘plamida bayon qilingan. Unda 600 dan ziyod toat-ibodat, urf-odatlar ko‘rsatilgan. Masalan, xatna qilish qoidasi, ro‘za tutish tartiblari, janoza, dafn qilish, marhumning xotirasiga bag‘ishlangan marosimlar, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdogarlik sohalaridagi udumlar va boshqa muhim hayotiy marosimlar xususidagi fikrlar bayon qilingan.
Masalan, ro‘za tutgan yahudiy tuxum, sut, go‘sht iste’mol qilmaydi. Azador kishi qora kiyadi. Azador erkaklar qirq kungacha soqollarini oldirmaydi. Zino yo‘liga kirgan ayol jazolanadi, hatto u diniy jamoadan haydaladi.
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling