Marketing alifbosi


Download 67.08 Kb.
bet1/7
Sana17.09.2023
Hajmi67.08 Kb.
#1680245
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MARKETING ALIFBOSI2


MARKETING ALIFBOSI

MARKETING ALIFBOSI


Korxonalar, iqtisodiy va tijoriy xizmatlar rahbarlari, talabalar, mustaqil o‘rganuvchilar uchun materiallar to‘plami

Kirish


MARKETING – BOZORGA YO`NALTIRILGAN ISHLAB CHIQARISH FALSAFASI


Marketingning asosiy tushunchalari


MARKETING (inglizcha market – bozor) – muayyan iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish va bozorni tadqiq qilish va bashoratlash, korxona-eksportyorning ichki va tashqi muhitini o`rganish, marketing dasturlari yordamida bozorda o`zini tutish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish asosida foyda olishga yo`naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tashkil etishning kompleks tizimidir. Ushbu dasturlarda Tovar va uning assortimentini yaxshilash, xaridorlar, raqobatchilar va raqobatni o`rganish, narx siyosatini ta’minlash, talabni shakllantirish, sotish va reklamani rag`batlantirish, Tovar harakati kanallari va sotishni tashkil etishni optimallashtirish, texnik servisni tashkil etish va taqdim etilayotgan servis xizmatlari assortimentini kengaytirish bo`yicha chora-tadbirlar jamlangan. Marketing bozor iqtisodiyoti hosilasi sifatida ma’lum ma’noda iashlab chiqarish falsafasi bo`lib, to`lig`icha (ilmiy-tadqiqot ishlari va loyiha-konstruktorlik ishlaridan tortib to sotish va servisgacha) iqtisodiy, siyosiy, ilmiy-texnik va ijtimoiy omillarning keng qamrovli ta’siri ostida doimiy dinamik taraqqiyotda bo`ladigan bozor shartlari va talablariga bo`ysunadi. Ishlab chiqaruvchi va eksportyor korxonalar marketingni har bir aniq bozor va unung segmentlari bo`yicha qayd etilgan maqsadlariga eng yuqori samara bilan erishish vositasi deb qaraydilar. Biroq bu qachonki ishlab chiqaruvchi o`zining ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotish rejalarini bozor konyukturasining o`zgarishlariga muvofiq tizimli muvofiqlashtirib borish, marketing tadqiqotlari natijalaridan kelib chiqib, strategic va taktik masalalarni hal etishda egiluvchanlikni ta’minlash uchun o`zining moddiy va intellectual resurslarini boshqarish imkoniyatlariga ega bo`lsagina real tarzda mumkin bo`ladi. Bunday sharoitlarda marketing korxonaning ishlab chiqarish-tijorat faoliyatini rejalashtirish, ishlab chiqarishning eksport dasturlarini tuzish, ilmiy-texnik, texnologik, investitsion va korxona jamoasining ishlab chiqarish-sotish ishlarini tashkil etish uchun poydevor bo`lib qoladi, marketingni boshqarish esa – korxonani boshqarish tizimining muhim elementiga aylanadi.

Download 67.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling