Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari


Download 1.51 Mb.
bet1/4
Sana22.12.2022
Hajmi1.51 Mb.
#1041740
  1   2   3   4
Bog'liq
Маркетинг

Reja:

  • Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari
  • Marketing sohasining axborot tizimi sifatida shakllanishi
  • Marketingda axborotlar tizimi va korxonaning rivojlanishida axborotlar tizimining ahamiyati
  • Axborotlar yig’ish, qayta ishlash va boshqarish uchun tayyorlash

Marketingda axborotlarning ahamiyati va ularning manbalari


Mamlakatda iqtisodiyotni rivojIanishi boshqarish tlzimini mukam mallashtirish, axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotnlng barcha tarmoqIari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) o‘rtasida va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-texnlka taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo. Shuning uchun korxonada foydalanadigan axborotlaming miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko‘proq yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqarish talab qilinadi. Axborotlar yetishmasa, yoki ulardan to‘la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi 1996- yilda mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, bu korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarini 92.5 foizi zarur axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.
Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’Iumotlarga ega bo‘lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish — bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish — axborotga egalik qilishdir».
bozor to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbai
korxona xo‘jaIik faoliyati va uning raqobatchilari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar
mamlakat, rayon, tarmoq va boshqalarning umumiy ijtimoiy- iqtisodiy rivojIanlsh ko‘rsatkichIari
maxsus tadqiqot va kuzatish natijalari
Korxona xo‘jaIik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichIari bilan xarakterlanadi:
  • o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori;
  • xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xomashyo, zaxiralar darajasi, mehnat unumdorligi;
  • sotishni tashkil qilish, tovar harakatlari yo‘nalishlari;
  • savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;
  • kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, vazifalarning taqsimlanishi, yuqori lavozimlarning o‘rnini bosish imkoniyatlari, ishchi va xizmatchilarning soni;
  • bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol xususiyati; oxirgi va oraliq iste’molchilarning soni;

Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga
ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:
  • demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;
  • aholi va korxonalarning daromadi, xarajati iste’mol jamg‘armalarining tarkibi;
  • baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;
  • hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik faoliyatini rivoj- lantirish, nazorat qilish va tartibga solish shartlari;
  • qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;
  • raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling