Ma’ruza №-2 Mavzu: Elektr apparatlarining asosiy elementlari. Magnitli ishga tushirgichlar


Download 114.72 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2023
Hajmi114.72 Kb.
#1254938
  1   2
Bog'liq
elektr apparatlari 2-maruza


Ma’ruza №-2
Mavzu: Elektr apparatlarining asosiy elementlari. Magnitli ishga tushirgichlar (yuritgichlar).
Maqsad: Magnitli ishga tushirgichlar (yuritgichlar).Magnitli ishga tushirgichning tuzilishi, ishlash printsipi va ularga qo’yiladigan talablar,magnitli ishga tushirgichning ulanish sxemalari, xisoblash formulalari bilan tanishtirish.
Reja:

  1. Umumiy maьlumot.

  2. Magnitli ishga tushirgichning tuzilishi, ishlash printsipi va ularga qo’yiladigan talablar.

  3. Magnitli ishga tushirgichning ulanish sxemalari.

Magnitli ishga tushirgich; issiqlik relesi; yuklama ortib ketishidan ximoya; kontaktlar tebranishi (vibratsiyasi); elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshlilik;yuritgich elektromagniti; elektromagnit o’zagi; xarakatlanuvchan kontakt detali; bosh (asosiy) va yordamchi kontaktlar; reversiv yuritgich; noreversiv yuritgich.


Magnitli ishga tushirgich deb, qiqsa tutashgan rotorli asinxron dvigatelpni (AD) ishga tushirib yuboruvchi kontaktorga aytiladi. Magnit yuritgich tarkibiga, kontaktordan tashqari, AD ni yuklama toki ortib ketishidan va «fazaning yo’qolib qolishi»dan ximoya qilish uchun belgilangan issiqlik relesi ‘am kiradi. AD larning uzoq muddat uzluksiz ishlashi ko’p ji’atdan magnit yuritgichning ishonchli ishlashiga bog’liq. SHuning uchun magnit yuritgichlariga yemirilishga bardoshlilik, kommutatsion qobiliyat, aniq ishlab ketish, yuklama toklari va iste’mol quvvati ortib ketishidan ishonchli ximoya kabilar nuqtai nazaridan yuksak talablar qo’yiladi.


Magnit yuritgichlarining asosiy xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.
AD manbaga ulanganda uning yuritish paytidagi toki («pusk» paytidagi) nominal tokning 6-7 barobari miqdorida ortib ketadi. Tokning bunday qiymatida kontaktlardagi yengil tebranish xam ularni ishdan chiqarib qo’yishi mumkin. Kontaktlarning tebranish (vibratsiya) vaqtini kamaytirish uchun kontaktlar va xarakatlanuvchi qismlar imkon darajasida yengil qilib yasaladi, xarakat tezligi kamaytiriladi va kontaktlarga bosish kuchi oshiriladi. Ushbu tadbirlarga amal qilish oqibatida katta kommutatsion (elektrik) yemirilishga bardoshlilikka ega bo’lgan (soatiga ulab-uzishlar soni 600 bo’lgani xolda jami 2 . 106 operatsiyaga mo’ljallangan) PA va PME seriyadagi magnit yuritgichlar yaratilgan.
Tok kuchi 100A gacha bo’lgan yuritgich kontaktlariga kumush yuritiladi, tok kuchi 100A dan ortiq bo’lgan xollar uchun esa kontaktlar kumush va kadmiy oksididan (SOK) iborat kompozitsiyadan tayyorlanadi.
Dvigatelni manbadan uzish paytida kontaktlardagi tiklanuvchi kuchlanish manba kuchlanishi bilan dvigatelp e.yu.k. si o’rtasidagi farqqa teng bo’lib, natijada kontaktlarda bor-yo’g’i nominal kuchlanishning 15-20% miqdorida kuchlanish bo’ladi, bu esa dvigatelpni manbadan uzishga yengil sharoit yaratadi. Lekin AD ishlashi davomida amaliyotda shunday xol uchraydiki, dvigtelpni yuritiboq manbadan uzishga to’g’ri keladi, bunday paytda yuritgich dvigatelpni nominal tokning yetti barobar katta miqdorida va nominal kuchlanishga teng bo’lgan tiklanish kuchlanishi miqdorida manbadan uzishiga to’g’ri keladi.
Magnit yuritgichi tormozlab qo’yilgan dvigatelpni 50 marta ulab-uzgandan keyin ‘am normal ishlashni tapminlashi kerak. Yuritgichning pasportida uning nominal toki miqdoridan tashqari, yuritgichning turli kuchlanishlarda ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelpning quvvati keltirilgan bo’ladi. Yuritgich tomonidan uzilayotgan zanjir toki kuchlanish ortishi bilan nisbatan sezilarli bo’lmagan xolda kamayishi munosabati bilan, yuritgich ishlashi mumkin bo’lgan dvigatelp quvvati nominal kuchlanish ortishi bilan ortib boradi. Ishchi kuchlanishning eng katta qiymati 500 V ga teng.
Tekshirishlarning ko’rsatishlaricha magnit yuritgichning elektrik (kommutatsion) yemirilishga bardoshliligi dvigatel quvvatining 1,5-2,0- darajadagi qiymatiga teskari proportsional ekan. Yuritgichning xizmat muddatini oshirish uchun, uni tanlashda nisbatan kattaroq quvvatgamo’ljallab tanlanadi.
Magnitli yuritgichning konstruktsiyasi va ulanish sxemasi.
PME va PA seriyadagi yuritgichlar amaliyotda keng tarqalgan.



Download 114.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling