Ma`ruza №1 cad/cam/cae tizimlariga kirish Reja: cad/cam/cae tizimlari haqida tushuncha
Download 0.88 Mb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. CAD/CAM/CAE tizimlari haqida tushuncha
Ma`ruza №1 CAD/CAM/CAE tizimlariga kirish Reja: 1. CAD/CAM/CAE tizimlari haqida tushuncha 2. CAD/CAM/CAE tizimlariga ta`rif. Tayanch so`z va iboralar: CAD/CAM/CAE tizimlari; mahsulotning hayot sikli (product cycle); mahsulot haqida ma`lumotlar bazasi; ishlab chiqish va ishlab chiqarish bosqichlari; sintetik (umumlashgan) va analitik (tahliliy) operatsiyalar; prototip; jadal prototiplash texnologiyasi; computer-integrated manufactuung — CIM. 1. CAD/CAM/CAE tizimlari haqida tushuncha Hammaga ayonki, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari yuqori sifatli (quality, Q), kichik narxli (cost, C) va kam vaqt sarf qilib (delivery, D) yangi mahsulotlar ishlab chiqarmasalar, kuchayib ketayotgan raqobatga bardosh berolmaydilar. Shuning uchun bu korxonalar kompyuterlarning xotiralarini, tezkorligini va qulay grafik interfeysini mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va bir-biri bilan bog’lash uchun ishlatishga harakat qilishadi. Chunki bu jarayonlar oldin juda ham ko`p vaqt talab qilardi va ular bir-biri bilan bog’lanmagan edi. Shunday qilib, mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarish vaqti va narxi qisqaradi. Bu maqsadda loyihani kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (computer aided design — CAD), ishlab chiqarishni kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (computer aided manufacturing — CAM) va mahsulotni ishlab chiqish va konstruktsiyalashni kompyuterli qo`llab-quvvatlash (avtomatlashtirish) (computer aided engineering — CAE) texnologiyalaridan foydalanishadi. CAD/CAM/CAE- texnologiyalari tizimi rus tilida-“Системы автоматизированного проектирования”, o`zbek tilida “Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi” deyiladi. Birinchi avtomatlashgan loyihalash tizimlari (CAD) 1960-yillarda yaratilgan edi va asosan, elektronika va mexanikada eng ko`p ishlatilgan edi. Bunga sabab, bu sohalardagi loyihalash ob`ektlarini oson formallashtirish mumkin va loyihalash natijalari sonli dasturlar bilan boshqariladigan stanoklar dasturlar shaklida bo`lardi. Bu albatta, mahsulot ishlab chiqish va uni seriyali ishlab chiqarish orasidagi vaqtni kamaytiraydi. Hozir avtomalashtirilgan loyihalash tizimlari mashinasozlikda, arxitektura va qurilishda, kartografiya va kadastrda, elektrotexnika va elektronikada qo`llaniladi: Mashinasozlikda MCAD - Mechanical Computer Aided Design. Arxitektura va qurulish uchun CAD/AEC - Architectural, Engineering, and Construction. Elektron platalar uchun ECAD - Electronic CAD/EDA - Electronic Design Automation. Biz yangi mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarish jarayonlarida bajarilishi kerak bo`lgan ishlar va hal etilishi lozim bo`lgan muammolarni, har xil operatsiyalarni puxta o`rganishimiz kerak bo`ladi. Barcha bu vazifalar birgalikda olinganda mahsulotning hayot tsikli (product cycle) deyiladi. Qisman takomillashgan holda Zeyd tomonidan tuzilgan mahsulotning hayot tsiklini misol tariqasida qarab chiqamiz: Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling