Ma’ruza-11: Fayllar bilan ishlash Reja


Download 48.57 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi48.57 Kb.
#1574014
  1   2   3   4
Bog'liq
Ma\'ruza-11 (1)


Ma’ruza-11: Fayllar bilan ishlash
Reja:

  1. Fayllar haqida ma’lumot va ular bilan ishlash

  2. Fayllarga yozishva ulardan oʻqish.

  3. Fayllar bilan ishlovchi standart funksiya va proseduralar


Fayllar haqida ma’lumot va ular bilan ishlash

Ma`lumotlarni saqlab qo`yish uchun, tashqi xotiraning nomlangan qismiga fayl deyiladi. Bunday fayllar fizik fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar. Fizik fayllar bilan ishlash uchun, programmalashtirish tillarida maxsus strukturalashgan, toifalangan fayllar kiritilgan. Bunday fayllar mantiqiy fayllar deyiladi. Mantiqiy fayllar, hech qanday fizik xotirani band qilmasdan ma`lumotlarning mantiqiy modelini o`zida saqlaydi. Fizik va mantiqiy fayllar bir - biri bilan fopen funksiyasi orqali bog'lanadi.
Fayl bir nechta elementdan tashkil topgan bo`lganligi uchun, faqat fayl ko`rsatkichi ko`rsatayotgan elementga murojaat qilish mumkin. Fayldan o'qish yoki yozish mumkin bo'lgan o'rinni ko'rsatuvhi elementga fayl ko'rsatkichi deyiladi. Fayldan ma'lumot o'qiganda yoki yozganda fayl ko'rsatkichi avtomat ravishda o'qilgan yoki yozilgan bayt miqdoricha siljiydi. Fayl ko'rsatkichini magnitafon galovkasiga o'xshatish mumkin.
Binar fayl - har xil ob'ektlarni ifodalovchi baytlar ketma - ketligidir. Ob'ektlar faylda qanday ketma - ketlikda joylashganini programmaning o'zi aniqlashi lozim.
Fayllarga yozishva ulardan oʻqish.
Nafaqat C++ dasturlash tili boshqa dasturlash tillarida ham fayllar bilan ishlash juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi. C++ dasturlash tilida fstream standart kutubxonadan foydalaniladi. fstream dan foydalanish uchun va standart kutubxonalardan foydalaniladi.
#include
#include
fstream standart kutubxonasi ichida 3 ta obyekt mavjud.

Fayl yaratish uchunofstream yoki fstream ob'ektdan foydalaning va fayl nomini ko'rsating. Faylga yozish uchun kiritish operatoridan ( <<) foydalaning
#include
#include
using namespace std;

int main() {
// Faylni tashkil etadi yoki ochadi.
ofstream MyFile("filename.txt");
// Faylga yozadi.
MyFile << "Barchaga Salom! Ushbu faylga yozishingiz mumkin!";
// Faylni yopadi.
MyFile.close();
}

Download 48.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling