Ma’ruza №14 qarshiliklar yordamida asinxron motor koordinatalarini rostlash


Download 45.97 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi45.97 Kb.
#114768

Ma’ruza №14
QARSHILIKLAR YORDAMIDA ASINXRON MOTOR KOORDINATALARINI ROSTLASH
Stator zanjiriga kushimcha karshilik R1K larni ulab asinxron mogtor koordinatalarini rostlash. Bu usul asosan rotori kisxa tutashtirilgan asinxron motorlarning utkinchi jarayonlarida tok va moment kiymatlarini rostlashda (cheklashda) kullaniladi. (4.3) formuladan kelib chikkan xolda, stator zanjiriga kushimcha R1K karshilikning ulanishi berilgan tezlikda (sirpanishda) stator va rotor tokining kamayishiga olib keladi. Boshkacha kilib aytganda, sun’iy elektromexanik tavsiflar koordinatalar tizimining 1 – choragida tabiiy tavsifdan chapda joylashadi. R1K karshilikning ulanishi ideal salt yurish tezligi w0 ni uzgartirmaydi va xosil buladigan sun’iy elektromexanik tavsiflar tuplamini kurishga imkon beradi (4.6 a – rasm). 1 tavsif asinxron motorning tabiiy elektromexanik tavsifi (R1K =0) kolgan tavsiflar kushimcha karshiliklarning R1K11K21K3 kiymatlariga mos ravishda tugri keladigan 2, 3, 4 sun’iy elektromexanik tavsiflardir.

Stator zanjiriga ulanadigan kushimcha karshiliklarning amaliy axamiyati shundaki, bu karshiliklarning kiymatiga proporsional ravishda asixron motorni ishga tushirishdagi kisxa tutashuv toki Ik.t. kiymatini cheklash imkonini beradi.

4.6 – rasm. Stator chulgamidagi kushimcha karshiliklar yordamida koordinatalari rostlanadigan asinxron motorning elektromexanik (a) va mexanik tavsiflari (b)


4.6 – rasmdagi mexanik tavsiflar taxlili shuni kursatadiki, R1K=nar bulganida w0 = const bulib, tabiiy va sun’iy tavsiflar uchun ideal salt yurish tezligi uzgarmaydi va barcha tavsiflar w0 nuktadan boshlanadi. 1 – tavsif asinxron motorning tabiiy tavsifi bulib (R1K =0), kolgan sun’iy tavsiflar karshiliklarning R1K11K21K3 kiymatlariga mos keluvchi 2, 3, 4 sun’iy tavsiflardir. Sun’iy tavsiflarning MK va SK kiymatlari R1K kiymatiga mos ravishda (4.9) va (4.10) ifodalar buyicha kamayadi. (4.8) buyicha esa s=1 kiymatda asinxron motorni ishga tushirish momenti xam R1K kiymatiga karab kamayadi. Mexanik tavsiflar taxlili shuni kursatadiki, bu usul tezlikni rostlashga yaramaydi, chunki tezlikni rostlash diapazoni juda kichik; M tavsiflarning bikrligi xam, MK ning kiymati R1K ga teskari proporsional bulib, R1K ning oshishi bilan yuklanganlik xususiyati xam kamayib boradi va kuvvat isrofi kup buladi. SHuning uchun xam bu usul amaliyotda kam kullaniladi.

Bu usul odatda asinxron motorning turli utkinchi jarayonlarida, ya’ni ishga tushirish, revers va tormozlash vaxtlarida tok va momentni cheklash maksadlarida kullaniladi.

Rotor zanjiriga kushimcha karshilik R2K larni ulab, asinxron motor koordinatalarini rostlash. Bu usul asinxron motor toki va momentini rostlash bilan bir katorda tezligini rostlashda xam kullaniladi. Sun’iy elektromexanik tavsiflari 4.6 a – rasmdagidek kurinishga ega buladi va ulardan ishga tushurish toki IKT=IIT ni rostlash (cheklash) uchun foydalanish mumkin.

(4.9) taxlilidan ma’lumki, bu usul bilan asinxron motorning sun’iy mexanik tavsiflarini kurganimizda R2K ning xar kanday kiymatlarida ideal salt yurish tezligi w0 va momentining maksimal (kritik) kiymati MK uzgarmay kolaveradi. Ammo (4.10) buyicha sirpanishning kritik kiymati SK uzgaradi. 4.7 – rasmda asinxron motorning rotor zanjiriga ulangan kushimcha karshiliklarni uzgartirib tezligini boshkarish jarayonining mexanik tavsiflari keltirilgan bulib, bu erda, 1 – tabiiy tavsif (R2K =0) va 2 – 3 (R2K3 > R2K2) sun’iy tavsiflardir.

4.7 – rasm. Rotori chulgamidagi kushimcha karshiliklarning turli kiymatlariga mos keluvchi faza rotorli asinxron motorning mexanik tavsiflari
Tezlikni rostlash diapozon MK UTM niki kabi D=(2 – 3) : 1; tezlikni chukurrok rostlaganimizda mexanik tavsifning bikrligi kamayib boradi; tezlik asosiy tezlikdan pastga karab rostlanadi; rostlanish sillikligi R2K kiymatining sillik uzgarishiga boglik; rostlash jarayonida elektr energiya isrofi katta. (4.5) buyicha karaganimizda sirpanish S ning oshishi rotor zanjirida kuvvat isrofini oshishiga olib keladi va bu esa FIK kamayishiga sabab buladi.

Bunday usulda tezlikni rostlash kichik diapozonlarda va elektr yuritma kiska muddatli ish rejimida ishlayotgan bulsagina maksadga muvofikdir. Masalan, yuk kutarish mashina va mexanizmlarining elektr yuritmalarida keng kullaniladi.
Download 45.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling