Ma’ruza №3 Mavzu: Raqamli qurilmalarning interfeys va yordamchi qurilmalari. Mikroprotsessorlar. Mikrokontrollerlar. Web Pack ise paketidagi raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalashtirish. Vertual Web pack ise dasturi yordamida xisoblovchi
Download 1.15 Mb.
|
mar 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikroprotsessor
Ma’ruza № 3 Mavzu: Raqamli qurilmalarning interfeys va yordamchi qurilmalari. Mikroprotsessorlar. Mikrokontrollerlar. Web PACK ISE paketidagi raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalashtirish. Vertual Web PACK ISE dasturi yordamida xisoblovchi triggerlar. Reja:
Raqamli qurilmalarning interfeys va yordamchi qurilmalari. Mikroprotsessorlar. Mikrokontrollerlar. Web PACK ISE paketidagi raqamli mantiqiy qurilmalarni loyixalashtirish. Vertual Web PACK ISE dasturi yordamida xisoblovchi triggerlar. Mikroprotsessor - kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompg‘yuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilmadir. U kompg‘yuterning ishlash tezligini belgilaydi. Kompg‘yuterlar mikroprotsessor turi bilan farqlanadi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: (Intel, Pentium va h.k.). Mikroprotsessor kompg‘yuterning eng muhim vositasi yoki boshqacha aytganda «miyasi» hisoblanadi. Uning hajmi aslida bir necha santimetrni tashkil etadigan elektron sxemadan iborat bo‘lib, barcha hisoblash va mahlumotni qayta ishlab berishga xizmat qiladi. Mikroprotsessor turiga qarab bir sekundda o‘nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni (amallarni) bajaradi. Bu operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, mantiqiy va boshqa amallar bo‘lishi mumkin. IBM RS kompg‘yuterlarida yuqorida aytilgandek Intel firmasining mikroprotsessorlari Intel-8088, 80286, 80386 (SX va DX modifikatsiyalari), 80486 (SX, SX2, DX2 va DX4 modifikatsiyalari) Pentium, Pentium Pro, 1,2,3,4 nomlari bilan kompg‘yuter tarkibiga kiradi. Mazkur mikroprotsessorlarning unumdorligi va bahosi keltirilgan ketma-ketlikda oshib boradi. Misol uchun, Pentium-4 unumdorligi Intel-8088-ra nisbatan minglab marta kattadir. Mikroprotsessorlar tezligini takt chastotasi belgilaydi. Bir turdagi mikroprotsessorlar turli takt chastotasi bilan ishlab chiqarilishi ham mumkin. SHu sababdan takt chastotasiga qarab mikroprotsessorning bahosi va unumdorligi har xil bo‘ladi. Takt chastotasi megagerslarda (Mgs) o‘lchanadi. Misol uchun, Pentium mikroprotsessori 75 Mgs-dan 200 Mgs takt chastotasi o‘rtasidagi farq taxminan 2.5 marta kattadir. Mikroprotsessorning nomi, odatda takt chastotasi bilan yuritiladi. Misol uchun, PentiumF75Mrs. Mikroprotsessorning ichki elementar operatsiyalarining bajarish tezligini takt chastotasi bildiradi. Boshqa-boshqa mikroprotsessor modellari bir xil komandalarni (misol uchun, qo‘shish va ko‘paytirish) turli sondagi taktlar bilan bajaradi. Mikroprotsessorning yuqori modellarida bu komandalar kamroq taktlar bilan amalga oshiriladi. SHu erda, bahzi bir firmalar (AMD, Gyrix) markirovkalari chalkashtiruvchi sonlardan foydalanishiga ehtibor berish kerak. Misol uchun, AMV5x86/133Mgs mikroprotsessori faqat Intel-80486(DX4) mikroprotsessori bilan o‘xshash, lekin uning unumdorligi eng sodda Pentium/75Mgs kabidir. Hozirda ishlab chiqarilayotgan kompg‘yuterlarning ko‘p qismi Pentium, yuqoriroq quvvatli kompg‘yuterlar esa — Pentium-4mikroprotsessorlarga asoslangandir. Faqat kompg‘yuterning eng arzon modellarigina 486DX4 yoki AMD5x86 mikroprotsessorlari asosida yig‘iladi. SHuni tahkidlash joizki, mikroprotsessorlarning Intel-8088, 80286, 80386, 80486SX turlarining har biriga Intel-8087, 80287, 80387, 80487SX nomerdagi soprotsessorlar qo‘shib ishlab chiqarilayapti. Bu soprotsessorlarning o‘zlari to‘g‘ridan-to‘gri ko‘pgina matematik hisoblarni (muhandislik hisoblari, uch o‘lchovli tasvirlar va boshqalarni) ayniqsa, haqiqiy sonlar bilan bajariladigan amallarni hisoblashga yordam beradi va natijada mikroprotsessorlarning tezligi oshadi. Hozirgi vaqtda mikroprotsessorlarning yangi turlarida (Intel-80486DX, Pentium va Pentium 4) haqiqiy sonlar bilan ishlash sistemalari kiritilgan, shu sababdan ular uchun soprotsessorlar ishlab chiqarilmaydi. 3.1- rasm. Ilk mikroprotsessor Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling