Ma`ruza Suyuqlikda qattiq jism harakati Suyuqlikda jism harakatiga qarshilik
Download 152.59 Kb.
|
Mavzu 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqlik harakat rejimi Reynol’ds soni Arximed soni
- Re=0.15Ar 715
Ma`ruza 5. Suyuqlikda qattiq jism harakati Suyuqlikda jism harakatiga qarshilik. Kimyo va oziq-ovqat texnologiyalarida bir qator jarayonlar qattiq jismlarning suyuqdik yoki gazlarda harakati bilan bog’liq. Bunday jarayonlarga qattiq zarrachalarni suspenziya va changlardan og’irlik, inertsion kuchlar ta`sirida cho`ktirish va suyuqlik muhitlarida mexanik aralashtirishlar kiradi. Ushbu jarayonlar qonuniyatlarini o`rganish gidrodinamikaning tashqi masalasidir. Jismlar suyuqlikda harakat qilgan paytida qarshiliklar hosil bo`ladi. Bu qarshiliklarni engish va jismning tekis harakatini ta`minlash uchun ma`lum mikdorda energiya sarflanishi kerak. Hosil bo`layotgan qarshiliklar asosan harakat rejimi va jism shakliga bog’liqtsir. Laminar rejimda, ya`ni suyuqlik qovushoqligi yuqori yoki uning tezligi past va jism o`lchamlari kichik bo`lganda, jism atrofida chegaraviy qatlam hosil bo`ladi va suyuk,pik tekis, ravon oqib o`tadi. Jism harakat tezligi ortishi bilan (turbulent rejimda) inertsiya kuchlarining ahamiyati va roli ortib boradi. Bu kuchlar ta`sirida jismni o`rab turgan chegaraviy qatlam uzila boshlaydi va natijada harakat qilayotgan jism orqa tomonida bosim pasayadi va ushbu joyda tartibsiz, uyurmali oqimchalar hosil bo`ladi (2.23b-rasm). Jismning suyuqikda harakati paytida uning old va orqa tomonlaridagi bosimlar farqi o`sib boradi va laminar rejimdagidan ancha katga bo`ladi. Reynol’ds kriteriysining ma`pum bir qiymatidan boshlab old tomonidagi qarshilikni hisobga olmaslik ham mumkin. Trubalarda suyuqlik harakati paytidek, bunday hollarda avtomodel rejim boshlanadi. 2.24-rasmda suyuqlikda cho`kayotgan sharsimon zarrachaga ta`sir etuvchi kuchlar ko`rsatilgan. Diametri d va zichligi rz bo`lgan zarrachaning og’irlik kuchi G va u pastga qarab yo`nalgan bo`ladi: Arximed qonuniga binoan kutaruvchi kuch A ushbu tenglamadan topiladi: bu erda r - suyuqlik zichligi, kg/m3. Zarracha cho`kishiga sababchi kuch esa, kuyidagiga teng: CHo`kish jarayonida qattiq jismga suyuqlik qarshilik ko`rsatadi. Ushbu qarshilik R qiymati muhit qovushoqligi zichligi r, zarracha ko`ndalang kesim yuzasi G’ va shakliga bog’liq. Muhit karshilik kuchi R N’yuton qonuniga binoan ushbu tenglamadan topiladi: bu erda £ - muhit qarshilik koeffitsienti; Wcho`k - jism harakat tezligi, m/s. CHo`kish jarayonini o`rganish natijasida ko`pchilik olimlar tomonidan quyidagi rejimlar aniqlangan va ularni ifodalovchi formulalar tavsiya etilgan:
SHar shaklida bo`lmagan jismlarning suyuqlikda harakati paytida muhitning qarshiligi sharsimon shaklli jismga nisbatan katta bo`lib, Reynol’ds soni va shakl omiliga bog’liq bo`ladi. ya`ni: bu erda G’- jism yuzasi; G’sh - jism hajmiga teng sharning yuzasi. Turli shakldagi jismlarning F koeffitsienti qiymatlari.
Reynol’ds kriteriysini hisoblashda shar shaklida bo`lmagan jismlar uchun asosiy chiziqli o`lcham sifatida shu jism hajmiga teng ekvivalent sharning diametri qo`llaniladi. Agar, jismning hajmi V, uning massasi t va zichligi r bo`lsa, unda ekvivalent diametri d ning qiymati ushbu tenglamadan topilishi mumkin: Download 152.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling